Hozirgi kunda sanoat qorxonalarida changli tashlamalardan tashqari turli kimyoviy xususiyatga ega bo`lgan zararli gazlar ham hosil bo`ladi va atrof-muhitga tashlanadi. Bunday gazlar turkumiga oltingugurt angidridi, azot oksidlari, vodorod sulfid, uglerod oksidi, serovodorod va turli organik birikmali tashlamalar kiradi. Chunki bunday gazlar biror-bir moddaga biriktirilishi, bog`lanishi yoki boshqa zararsiz modda ko`rinishiga aylantirilishi lozim. Buning uchun fizik-kimyoviy tozalash usullari – adsorbsion, absorbsion va katalitik hamda termik usullar ishlab chiqilgan. Albatta, har bir usul o`ziga xos afzallikka va kamchilikka ega. Tanlanadigan usullar chiqindi gaz manbasiga, uning fizik-kimyoviy xususiyatlariga, miqdoriga, korxonaning imkoniyatiga, talab etiladigan tozalash darajasiga va shu kabi boshqa talablarga bog`liq.
Adsorbsiya usuli.H2S, CS2 gazlarini quruq usulda ham tozalash mumkin. Bunda sorbent sifatida temir gidrooksidi, seolit, aktivlangan ko'mir kabi qattiq materiallar qo'llanilishi mumqin.
2Fe(OH)3+3H2S → Fe2S3 +6H2O Tozalanadigan gaz tarkibidagi kislorod hosil bo'lgan Fe2S3 ni oksidlaydi:
Fe 3S3 + O2 + 3H2O →2Fe(OH) + 3S Bunda qayta hosil bo'lgan Fe(OH)3 tozalash jarayonida yana ishlatiladi, oltingugurt moddasi esa xomashyo sifatida qayta ishlashga yuboriladi.
Aktivlangan ko'mir ham H2S gazini yutishda yuqori samara beradi. Bunda havo tarkibidagi kislorod avval H2S ni oksidlaydi, shunda aktivlangan qko'mir katalizator vazifasini bajaradi: