4R-SH+O2→2R-S- S- R+2H2O Absorbsiya gazlarning 0,3-0,4 m/s tezligida, 1 MPa bosimida olib boriladi. Gazda CO2 ning mikdori ko’p bo'lsa absorberda soda hosil bo'lishi ro'y berib, uni to'xtovsiz ajratib olish lozim bo'ladi. Tozalash jarayonini ikki boskichda olib borish maksadga muvofik, birinchi boskichda monoetanolaminga CO2 ni absorbsiyalash, ikkinchi boskichda merkaptanni ishkorga yuttirish.
Sorbentning regeneratsiyasi etilmerkaptanni bug' yoki kizdirilgan havo bilan ishlov berib, 70-900C gacha kizdirish orkali amalga oshiriladi. Regeneratsiya nasadkali yoki tarelkali kolonnalarda amalga oshiriladi.
Etanolaminlar yordamida tozalash. Ushbu usulda vodorod sulfid va uglerod dioksidi monoetanolamin yoki trietanolamin eritmalariga yutiladi. Asosan monoetanolaminning 15-20% li eritmasi sanoatda keng ko'llaniladi, chunki u yukori yutuvchanlik va regeneratsiyalanish kobiliyatiga ega. Monoetanolamin yordamida tozalash texnologik sxemasi kuyidagi rasmda keltirilgan.