FeSO4+Na2CO3+H3O→Fe(OH)2+Na2SO4+CO2 Eritma orkali havo o'tqazilganda temir gidrooksidi oksidlanadi va uch valentlikka o'tadi:
4Fe(OH)2+O2+2H2O→4Fe(OH)3 Vodorod sulfidning absorbsiyasi quyidagi reaksiyalar asosida boradi:
H2S+Na2CO3→NaHS+NaHSO3 3NaHS+2Fe(OH)3→ Fe2O3+3NaOH+3H2O 3NaHS+2Fe(OH)3→FeS+S+3NaOH+3H2O Eritmani regeneratsiya qilish uchun u orqali havo o'tkaziladi, bunda elementar oltingugurt hosil bo'ladi:
2Fe2S3+6H2O+3O2→4Fe(OH)3+6S 4FeS+6H2O+3O3→4Fe(OH)2+4S NaHCO3+NaOH→Na2CO3+H2 2NaHCO3→Na2CO3+H2O+CO2
Imzo
Sana
MALAKAVIY BITIRUV ISHI
Bеt
Bаjardi:
O’tkirov Q
19
Rahbar:
Muxamedjanov M
Regeneratsiya natijasida yutilgan H2S ning 70% i elementar oltingugurt moddasiga aylanadi, kolgani (NaHS ko'rinishida) natriy tiosulfat ko'rinishiga o'tadi:
NaHS+2O2→Na2S2O3+H2O Usulning tozalash darajasi 80% ni tashkil etadi.
Gazlarni merkaptan va serougleroddan tozalash. Gazlar tarkibida oltingugurtning organik birikmalari uchrashi mumkin. Ularga
serouglerod - CS2 , sulfooksid - COS va merkaptanlar R- SH kiradi.
Serouglerod oddiy haroratda kam faol bo'ladi. Shuning uchun uni xemosorbsion usullar yordamida havodan ajratish mushkuldir. CS2 va COS larni ushlab kolish uchun avval ular katalizator ishtirokida vodorod sulfidga aylantiriladi. Bunda katalizator sifatida 400-6000C haroratda temir-xrom yoki mis katalizatorlari ishlatiladi. Keyin hosil bolgan H2S ishkoriy absorbentlar bilan ushlab kolinadi. Ammo gazlarni CS2 va COS lardan tozalash uchun absorbsion usullar iktisodiy tejamli hisoblanadi.
Past merkaptanlar ishkorlarda yaxshi eriydi, lekin molekular massani oshishi bilan ularni erishi sezilarli kamayadi. Jarayon kuyidagi reaksiya asosida boradi:
NaOH + R-SH=NaRS+H2O Uzoq vaqt ishkorlar bilan kontakt kilganda (kisiorod va uglerod dioksidi ishtirokida) merkaptanlar disulfid va polisulfidlargacha oksidlanadi.