Amaliy mashg‘ulot
RADIATSIYA DARAJASI VA YUTILGAN NURLANISH MIQDORINI
O‘LCHOVCHI ASBOBLARINING TUZILISHI VA ISHLASH ASOSLARINI
O‘RGANISH. (1-qism)
Ishning maqsadi
: Talabalarga radiometr va rentgenmetrlarning
tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rgatish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
O‘zbekiston Respublikasi “Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Toshkent, 1999
2.
O‘zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni, Toshkent , 2000 y.
3.
O‘zbekiston Respublikasi “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni, Toshkent, 2000 y.
4.
M.Yu.Yunusov, Z.F.Ilyosova, F.A.Obidova va boshqalar. Fuqaro muhofazasi asoslari (ma’ruzalar
to‘plami). Mualliflar jamoasi.Toshkent, FMI., 2003 y., 344 b.
5.
Kimyoviy, radiatsion va biologik (bakteriologik) vaziyatlarni baholash yuzasidan uslubiy
qo‘llanma. M.Yu.Yunusov., I.G.Axmedov va boshqalar. Toshkent -2005 yil. 33 bet.
6.
Tojiev M. X., Nigmatov I., Ilxomov M. X. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi»
O’quv qo’llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2005. -195 b.
7.
Yormatov G‘.YO. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009 yil. – 348 b
Dunyo jamoatchiligi radiatsiya xavfidan xabardor bo‘lsada ayrim mamlakatlar yadro
qurollari yaratishda davom etmoqdalar. AQSH da 1054, SSSRda 715, Fransiyada 196,
Buyuk Britaniyada 45, Xitoyda 45, Hindiston va Pokistonda 5 martadan yadro qurilmalari
portlatilgan
i ma’lum. Hozirgacha yer yuzida 170 dan oshiq
yadroviy avariyalar
sodir
bo‘lgan. Har biri turli darajadagi salbiy oqibatlar keltirgan. Hozirgacha dunyo
mamlakatlarida yaratilgan bir necha ming yadro qurollari yer yuzidagi barcha tirik
mavjudodlarni bir necha marta yo‘q qilib yuborish quvvatiga ega, hatto yer sharini o‘z
o‘qidan chiqarib yuborish ehtimoli bashorat qilinadi. Radioaktiv moddalardan tinchlik
maqsadlarida foydalanish keng rivojlanmoqda. Energetika va boshqa maqsadlarda yadro
parchalanish jarayonidan foydalanib kelinmoqda, xususan, O‘zbekistonning “O‘rta buloq”
(Buxora viloyati) va “Pamuk” gaz konlarida 1532 m va 2440 m chuqurliklarda yong‘inni
o‘chirish maqsadida yadro portlatishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
O‘zbekistonda asosan 27 ta uran konlari (ular 40 atrofida sanaladi) ishga tushirilgan.
Olimlarning
aytishicha,
inson
har
kuni
turli
xil
radiatsiyaga
uchraydi.
Masalan,
rentgen
yoki
quyosh
nurlariga. Hattoki, banandan ham nurlanish mumkin ekan.
Ionlashgan
nurlar
inson
organizmiga
zararli
ta'sir
ko'rsatib , og'ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi
bo'lishi
mumkin.
Uning
ta'sirida
inson
og'ir
kasallik
hisoblanadigan
nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar,
teri kasalliklariga
duchor bo'lishi mumkin. Shuningdek,
ionlashgan nurlar ta'sirida genetik ta'sirlanish, ya'ni keyingi
avlodlarga ham ta'sir ko'rsatuvchi
nasliy kasalliklar
kelib
chiqishi mumkin.
1-rasm. Yadroning parchalanish jarayoni:
Dostları ilə paylaş: |