I kirish. I. bob Asosiy qism


Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi



Yüklə 141 Kb.
səhifə3/9
tarix25.09.2023
ölçüsü141 Kb.
#148571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA QAYTA HIKOYA QILISHNI O`RGATISH METODIKASI

1.2. Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi
Qayta hikoya qilib berish va hikoya to’kish monologga o’kitish metodi hisoblanadi. Bolalar monologik matnlarni qayta hikoya qilib beradilar, real va xayoliy vokealar haqida hikoya kiladilar, hikoyalar to’kiydilar. Monologik nutqni o’kitish metodini o’zlashtirib olish pedagog uchun quyidagilarni anglatadi: bolalarni tinglashni o’rganish; qayta hikoya qilish va hikoya qilish, shuningdek hikoya to’kishda bolalarga yordamlashishni o’rganish.
Monologik nutq ustidagi ishlar har bir yosh guruhida eng avvalo matn hajmi va uning mazmunining murakkabligi bilan farklanadi (har ikkalasi ham bolalar bog’chasida tarbiyalash dasturi bilan belgilanadi).
So’zli obrazlarga tayanish barcha yosh guruhlarida monologni o’kitishning asosiy usuli hisoblanadi. Real narsalar va suratlarga tayanish - ko’shimcha usullardir.
Hikoya qilishni o’rgatishning vazifasi bolalarning og’zaki monologik nutqning qayta hikoya qilish, hikoya qilish, hikoya to’kish kabi turlarini o’zlashtirishlarini ta’minlashdan iboratdir.
Qayta hikoya qilish – eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib berish.
Qayta hikoya qilish nisbatan oson nutqiy faoliyatdir, chunki, bola tayyor mazmunni qayta aytib beradi, bunda u muallifning tayyor nutqiy shakllaridan (lug’at, so’z oborotlari, tuzilish), uni o’kiyotgan tarbiyachining nutq ifodaliligi usullaridan foydalanadi. Ammo bu mexanik ravishdagi takrorlash emas, balki matnni tushungani holda erkin va emotsional aytib berishdir.
Qayta hikoya qilib berishni o’rgatish vazifasi ilk yosh guruhlarida asta-sekin kiyinlashtirilib boriladi –yaxshi tanish ertaklar, hikoyalarni aytib berish, yangi o’qib chikilgan asarlarni aytib berish, hikoyachi shaxsini o’zgartirgan holda (birinchi shaxs nomidan emas, balki uchinchi shaxs nomidan va aksincha) aytib berish, tarbiyachi rejasi asosida aytib berish, bolalar bilan birgalikda tuzilgan reja asosida aytib berish, o’xshashlik asosida (analogiya bo’yicha) aytib berish (kahramonni, mavsumni o’zgartirish va h.k.), sahnalashtirgan holda aytib berish (o’yinchoqlar siluetlar), bolalar tanlovi bo’yicha aytib berish. Hikoya qilib berish uchun quyidagilar matn sifatida xizmat qilishi mumkin:
Maishiy tusdagi axborot, uni tarbiyachi har kuni erkin muloqot choђida bolalarga beradi, so’ngra bolalar uni bir-birlariga va oila a’zolariga so’zlab beradilar;
 Badiiy adabiyot matnlarini aytib berish, uni bolalar monologik nutqni o’rgatishga oid maxsus Mashg’ulotlarda aytib beradilar;
 Tarbiyachi bilan ishga kelishda yo’lda, do’konda, sayrda yuz bergan (yoki yuz berishi mumkin bo’lgan) turli xil vokealar uning axboroti mavzusi bo’lib xizmat qilishi mumkin. SHuningdek, bu insonni o’rab turgan jonzotlar, gullar, o’simliklar va hashorotlarga oid har kanday ko’rinishdagi bayonlar bo’lishi ham mumkin. Ushbu hikoyalar bayon qilish monologi, tavsiflash monologi shaklida bo’lishi lozim.
Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bolalarga mo’ljallangan axborotlar esa mulohaza-monologlar bo’lishi lozim.
Har bir axborot o’zining didaktik vazifalariga ega:
-sof bilish tusidagi hikoyalar bolalarning dikkat e’tiborini biron-bir hodisaga jalb qilish va ayni paytda ularning leksikasini boyitish, ularga yangi grammatik, sintaktik shakllar berishga mo’ljallangan;
-axborot – bolalarga hikoya qilishni o’rgatish uchun maxsus didaktik material, ya’ni, monologik nutq namunasi bo’lib, u bolalarda nutqdan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, ularning leksik va grammatik ko’nikmalarini faollashtirishga mo’ljallangan.
Ushbu toifadagi monologlarga tarbiyachi fakat bolalarga tanish bo’lgan leksik va grammatik shakllarni kiritishi, ya’ni bolalar bilan fakat ularga tanish bo’lgan narsalar va hodisalar haqida so’zlashishi mumkin.
SHunday qilib, bolalar o’zlari uchun ancha kiyin bo’lgan monolog-nutq shaklini o’zlashtirib olmagunlaricha ana shunday qilish zarur.
Borlikning so’zli tasvirlari, hayotda ro’y bergan vokealarni pedagog do’stlar bilan so’zlashgandagi kabi ishonchli ohangda yoki aksincha, kuvnok, yumor bilan aytib berishi lozim, fakat shundagina tarbiyachining nutqi (axboroti) bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatadi, va ular uni boshka bolalarga ham ishtiyok bilan so’zlab beradilar va shu bilan o’z nutqlarini yanada rivojlantiradilar. Pedagog ota-onalarga o’z farzandlarini bolalar bog’chalaridan olib ketayotganlarida yo’lda uning so’zlarini dikkat bilan tinglashni va bola aytib berayotgan hikoya mazmuni juda kizikarli ekanini ko’rsatishlarini tavsiya qilishi zarur. SHu tarika barcha bolalarning hikoya qilishlari natijasida nutqiy mashklar ham bajariladi.
Badiiy asarlarni hikoya qilib berishda bolalarga yordamlashish so’zli kabul qilish vositalari va asosan, turli xil savollar orkali amalga oshiriladi.
Savollarning quyidagi turlari mavjud. Monologik matnni hikoya qilib berishga yordam beruvchi savollar:
-birgalikda hikoya qilishga yo’naltiruvchi savol (iboradagi so’nggi so’zga ko’yilgan savol);
-aytib turuvchi savol;
-yo’naltiruvchi savol;
-to’g’ridan-to’g’ri savol;
-to’g’ridan-to’g’ri savollar zanjiri (reja);
-kidiruv savollari;
-ko’rsatma savollari.
Qayta hikoya qilib berishdan oldin bolalarga ushbu asar matni o’qib beriladi. Hayotining ikkinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalar bilan o’tkazilayotgan Mashg’ulotlarda pedagogga birgalikda hikoya qilishga yo’naltiruvchi savollarni ko’llash, ya’ni iboradagi so’nggi so’zga savol ko’yish tavsiya etiladi: - Bir bor ekan, bir …. Bir… nima ekan? – yo’k ekan.
Ko’pincha pedagogga o’z savoliga o’zi javob berishga va bolaning ushbu javobni qaytarishiga erishishga to’g’ri keladi. Bolaning tarbiyachi aytayotgan iborani oxiriga yetkaza olishi uchun unga badiiy asarni necha marta o’kish kerakligi uning nutqiy rivojlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Birinchi sanok she’rni bola taniy boshlashi, undagi ayrim so’zlarni yodda saklab kolishi uchun u sanok she’rni besh yoki o’n marta eshitishi mumkin. Birok bola bilan anik maksadni ko’zlagan holda ish olib borilsa, uning yoshiga mo’ljallangan ikkinchi sanok she’rni u birinchisidan ancha tez o’zlashtirib oladi.
Uch yoshli bolalarga hikoya qilishda yordamlashar ekan, tarbiyachi aytib turuvchi savollardan foydalanadi (Boђda mo’ylovli mushukcha yuribdi. Boђda nima yuribdi? Muylovli mushukcha boђda yuribdimi?).
Aytib turuvchi savollar asosida hikoya qilishni yana aks ettirilgan hikoya qilish deb ham atashadi. Ushbu usulning maksadi – bolalarning alohida so’zlarni takrorlashiga emas, balki badiiy asarning butun iboralarini takrorlashlariga erishish, ularga matnni erkin yodlab olishda ko’maklashishdan iborat.
Hayotining to’rtinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarga hikoya qilishda tarbiyachi hikoyani yo’naltiruvchi savollar, ba’zida esa aytib turuvchi savollar bilan osonlashtirgani holda to’g’ridan-to’g’ri savollar bilan yordam berib turadi.
Agarda she’r qayta aytib berilayotgan bo’lsa, bolalarning uning tez-tez ko’llaniladigan, oson esda saklab kolinadigan ayrim kismlarini yoddan bilganlari ma’kul. SHunda ular tarbiyachining savollariga she’rdan tsitatalar bilan javob berishlari mumkin, lekin bularni ular bilan oldindan kelishib olish lozim.
Nasriy asarlarni qayta aytib berishda ham bolalarning javoblari iloji boricha badiiy matnga yakin bo’lgani yaxshi. SHuning uchun tarbiyachining to’g’ridan-to’g’ri savollari bolalarga nafakat lug’atdan, balki matn sintaksisidan ham iloji boricha to’larok foydalanishda yordam berishi lozim. Agarda bolalar matnni unutib ko’ygan bo’lsalar, tarbiyachi uni aytib turadi.
To’rt yoshli bolalar tomonidan bayon qilish va tavsiflash tusidagi asarlarni hikoya qilishda ularga so’zli usullar orkali yordam ko’rsatish zarur. Bu yoshdagi bolalarga tavsiflash uchun mulohaza yuritishni bilish talab etiladigan asarlarni tanishtirish tavsiya kilinadi. Ular bilan tanishtirish, keyinrok esa qayta hikoya qilish uchun mustaqil mulohaza yuritishga tayyorgarlanish hisoblanadi. Bunday asarlarni hikoya qilishga o’rgatishda real obrazlarga tayanish lozim: so’zli usullarni didaktik o’yin yoki real narsalarni ko’rsatish bilan birgalikda amalga oshirish mumkin.
Besh yoshli bolalarga ham tarbiyachi to’g’ridan-to’g’ri savollar berish orkali qayta hikoya qilishda yordamlashishi lozim, ammo ayni paytda u mavzuni rivojlantiruvchi savollar turkumi (zanjiri)ni berishi, ya’ni hikoya qilishning oddiy rejasini tuzishi darkor. Dastlab reja bor-yo’ђi 2-3 ta savoldan iborat bo’lishi mumkin. Keyinchalik esa, bolalarning vokealarni vakt bo’yicha izchillikda bayon qilish zaruratini o’zlashtirishlari(bayoniy matnlar), tavsifiy matnlarni hikoya qilib berishni o’rganishlariga karab, bayon mavzusi murakkablashtirilib borilishi lozim.
Birincha marta pedagog bolalar asar mohiyatini kabul qilishlari, undan estetik zavk olishlari uchun butun matnni o’qib beradi. Uni kismlari bo’yicha qayta aytib berish mumkin:
tarbiyachi asarning tugallangan bir kismini o’qib beradi, so’ngra uning butun mazmunini kamrab olgan savollar turkumini beradi va bolalar ushbu parchani hikoya qilib beradilar. Ayni paytda tarbiyachi bolalarning nafakat so’zlarning to’g’ri aytishlari va gap tuzishlari, balki asarda ishtirok etayotgan shaxslarning suhbatlarini ifodali qilib aytishlarini nazorat qilib boradi.
Ushbu yoshdagi bolalarga asta-sekin kidiruv savollarini, ya’ni mulohaza yuritishga yordam beruvchi savollarni o’rgatish zarur. Odatda bu savollar so’rok so’zlaridan iborat bo’ladi, ya’ni: Nima uchun? Nega? Kanday? Kay tarzda? Nega endi? Hayotning oltinchi va yettinchi yilini boshdan kechirayotgan bolalarga badiiy asarlarni hikoya qilib berishda pedagog yordamlashishi zarur, bunda u savolllarni nima uchun va nimani so’zlash zarurligi; narsalarni kanday tartibda tavsiflash va vokealarni kay tartibda bayon qilishni belgilab beruvchi ko’rsatma tusida berishi zarur.
Hikoya qilishni o’rgatishda pedagog bolalarning dialogik nutq bilan birgalikda asar kahramonlarining kechinmalariga mos ravishda ovoz ohangini o’zgartirishni o’rganishlari zarurligini unutmasligi lozim.
Bolalarning katta badiiy asarlarni butunlay hikoya qilib berishlari shart emas: hikoya qilib berish uchun ayrim lavhalarni, narsalar yoki vokealar tavsifini ajratib olish mumkin.
Agarda tarbiyachi maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarga ahyon-ahyonda kidiruv savollarini bersa, yetti yoshli bolalar bilan ishlashda va ularga badiiy asarni nafakat aytib berishni, balki uning mazmunini tushungan holda mulohaza yuritishni o’rgatishda u bolalarga ko’proq shunday toifadagi savollarni berishi zarur, ayni paytda tarbiyachi to’g’ridan-to’g’ri, yo’naltiruvchi va hatto aytib turuvchi savollardan ham voz kechmasligi lozim.


Yüklə 141 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin