I kirish. I. bob Asosiy qism



Yüklə 141 Kb.
səhifə1/9
tarix25.09.2023
ölçüsü141 Kb.
#148571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA QAYTA HIKOYA QILISHNI O`RGATISH METODIKASI


MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA QAYTA HIKOYA QILISHNI O`RGATISH METODIKASI


I.KIRISH.
I.bob Asosiy qism:
1.1.. Bolalarga monologik nutqni o’rgatish
1.2. Qayta hikoya qilishni o’rgatish metodikasi
1.3. Hikoya qilishni o’rgatish. Hikoyalar turlari va ularning izchilligi. Hikoya to’kishni o’rgatish
II.bob. MAKTABGACHA YOSHDAGI KICHIK BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR VAZIFALAR
2.1. MAKTABGACHA YOSHDAGI KICHIK BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR VAZIFALAR.
2.2. Nutqiy rivojlanishda til qobiliyatini ahamiyati
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Mustaqil taraqqiyot yo'lidan dadil borayotgan, huquqiy demokratik jamiyat qurishga intilayotgan Respublikamizda har bir insonning ozod va erkin, farovon yashashini ta'minlovchi jamiyat barpo etilmoqda, yoshlarning ilm - ma'rifatli bo’lishiga barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tilining asosiy o’quv predmeti ekanligini, fanlarni egallash uchun avvalo, ona tilida to’g’ri, ifodali, tartibli va ijodiy fikrlash zarurligini aniq namoyon etmoqda. Chunki bizning ertangi kunimiz Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti

  1. Prezident Sh.Mirziyoyev aytganlaridek: “Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy mutaxassislarni talab etadi”.

Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Korsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o’zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar tilda o’z aksini topadi.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o’z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi fanining o'qitilishi, nutq o’stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o’stirish vazifalarini to’g’ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o’zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda.
Respublikamiz mustaqilligi o’zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirish ularga ona tilini amaliy o'rganish demakdir.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashda buyurtmachi sifatida, ilmiy izlanishlar asosida yaratilgan “Ilk qadam” tayanch dasturini o’quv jarayoniga joriy etish, nutq o’stirish metodikasi bo'yicha bilim va malakalarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatdan mutanosibligini ta'minlaydi, nutq o’stirish usullarini ishlab beradi. Uni takomillashtirish, eng qulay usulni qo'llash orqali bolalarga ona tilini amaliy o’rgatish, nutqda til birliklaridan foydalanish, o’zaro nutqiy muloqot munosabatida ona tilida fikrni to’g’ri, ifodalay olish, tengdoshlari nutqini tinglab tushunish nutqda til birliklarini ajrata bilish (tovush, so’z) nutq meyyorlarini ishiga mos holda o'rganib borish, unga amal qilish kabi faoliyatini shakllantiradi.

Yüklə 141 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin