Kirish
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bilim olishga, matematika fani sirasrorlarini o‘rganishga bo‘lgan talablarni ham kuchaytirdi. Bu esa, o‘z navbatida, to‘g‘ri qaror qabul qilish malakasiga ega bo‘lgan matematiklar tayyorlashnigina emas, balki ularni o‘qitadigan pedagoglar tayyorlashni ham talab qiladi. Matematik fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo‘llay olishi talab etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo‘ladi.
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi (pedagogika yunoncha paidagogike) bo‘lib, insonni shakllantirishda muayyan maqsad sari qaratilgan sistematik faoliyat to‘g‘risidagi hamda ta'lim-tarbiya berishning mazmuni, shakli va metodpari (uslublari) haqidagi fandir. Metodologiya esa (metod va logika so‘zlaridan) faoliyatning tarkibi, mantiqiy tuzilishi, metod va vositalari haqidagi ta'limotdir. Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o'z ichiga olgan odat va normalar shaklida, ikkinchidan, amalda bajarilgai faoliyatning ta'siri sifatida yuzaga chiqadi. Xozirgi zamoy adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo ilmiy bilish metodologiyasi, ya'ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi. Metodika, qisqacha qilib aytganda,ma'lum bir fanni o‘rganish, o‘qitish metodlari to‘g‘risidagi ta'limot. Boshqacha aytganda metodika - bu dars o‘tishda o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarni realizatsiya qilishni amalga oshiradigan turli metodlarning majmuyidir.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi:O’qitishda predmetlararo bog’lanish, matematik va kibernetik metodlar, matematika o’qitishning konkret metodikasi, suhbat metodi, matematika metodikasi haqidagi tushuncha.
I-BOB. Matematika o‘qitishni tashkil etish uslublari, sinf dars sitemasi
1.1. Matematikani o‘qitishni tashkil etish metodlari.
Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida asosan sinf dars sistemasi ishlatiladi, ayrim boshlang‘ich hunar ta’limi maktablarida hamda alohida kolllejlarida ustoz-shogird sistemasi ishlatilishi mumkin. Lekin birinchi tur sistemada asosan – o‘tilganlarni faollatirish yangi tushunchani va amallarni shakllantirish ko‘nikma va malakani tadbiq etish va shakllantirish – didaktik sistemadan foydalaniladi. Bu didaktik sistemani amalga oshirish uchun bevosita dars turlari ishlatiladi.
Ular :
Yangi o‘kuv materialini o‘rganish darsi – a) leksiya darsi b) suhbat darsi v) nazariy va amaliy o‘kuv materialini mustaqil o‘rganish darsi g) aralash dars d) kino –dars
Bilim, ko‘nikma va malakani takomillashtirish darsi – a) Reproduktiv mustaqil ishlash darsi b) laboratoriya darsi v) amaliy dars g) ekskursiya darsi d) seminar darsi.
Umumlashtirish va sistemalashtirish darsi.
Kombinatsiyalashgan darslar bo‘lib bu ikki tur darslar ham o‘zida besh xil ko‘rinishni saqlaydi.
Bilimni nazorat qilish darsi – a) Og‘zaki so‘rash b) yozma ish o‘tkazish darsi v) zachet darsi (reytingini aniqlash) g) aralash dars (birinchi uch tasi ham ishtirok etadi). Bu darslar asosan o‘quvchilar reytingini ko‘tarish darslari orqali ma’lumdir. Bu darslarni tashkil etish va o‘tkazishda foydalaniladigan metodlar mavjud bo‘lib u metodlar quyidagicha bo‘limlarga bo‘linadi.
O‘qitish metodlari:
a) monologik, b) dialogik, v) ko‘rsatmalilik, g) evretik, d) tekshirish, ye) algoritmik, r) dasturlashgan.
II. O‘rgatish metodlari:
a) bajaruvchanlik, b) reproduktiv, v) qisman izlanuvchanlik, g) izlanuvchanlik, d) amaliy
III. Dars berish metodlari: a) Axborotlarni bayon qilish, b) tushuntirish, v) stimullashtirish, g) faollashtirish, d) muammoli, ye) Blokli-modulli metodlar bo‘lishi bilan birga dars berish jarayonida binar metodlardan ham foydalaniladi, ya’ni A-o‘qitish metodlar V-o‘rgatish metodlari desak (A,V) yoki (A,V) – kortej binar metodni anglatadi. Agar dars berish metodlaridan muammoli metodni misol sifatida o‘rganilsa
7 holda
sxematik joylashishini ko‘rish mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki xar bir dars berish metodi o‘zining strukturaviy tuzulishiga ko‘ra tarkibida o‘qitish va o‘rgatish metodlaridan u yoki bu ko‘rinishda saqlashi mumkin ekan.
Dostları ilə paylaş: |