Kurs ishining maqsadi va vazifasi



Yüklə 133,5 Kb.
səhifə9/9
tarix10.11.2022
ölçüsü133,5 Kb.
#68442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tipp

2.4.Ko‘rsatmali metodlar.
O‘qitishning ko‘rsatmali metodlari – o‘quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir, bundan o‘qitishda, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda keng foydalaniladi. Tevarak atrofdagi predmet va hodisalar va ularning turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko‘rsatma-qo‘llanmalar) kuzatish ob’ektlari hisoblanadi. o‘qitishning ko‘rsatmali metodlarini o‘qitishning og‘zaki metodlaridan ajratib qo‘yib bo‘lmaydi. Ko‘rsatma-qo‘llanmalarni namoyish qilishni har doim o‘qituvchining va o‘quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O‘qituvchining so‘zi bilan ko‘rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:
1) o‘qituvchi so‘zlar yordamida o‘quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2) og‘zaki tushuntirishlar ob’ektning bevosita ko‘rin-maydigan tomonlari haqida ma’lumotlar beradi;
3) Ko‘rsatma-qo‘llanmalari o‘qituvchining og‘zaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustrasiya bo‘lib xizmat qiladi;
4) o‘qituvchi o‘quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.
3. Amaliy metodlar. Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar o‘qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og‘zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo‘llaniladi.
Mashq deb biror amalni, shu amalni o‘zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Ijodiy xaraktyerdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo‘yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko‘ra masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi.

INDUKSIYA, DEDUKSIYA, ANALOGIYA


Bu uch metod yangi bilimlarni egallashning asosida yotuvchi xulosalarning xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qilinadi.


Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi. Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir. Bu metoddan foydalanib biror qonuniyatni ochish yoki qoidani chiqarish uchun o‘qituvchi misollar, masalalar, ko‘rsatmali materiallarni puxtalik bilan tanlaydi.
Boshlang‘ich sinflarda induksiya metodi bilan uzviy bog‘liq holda deduksiya metodidan ham keng foydalaniladi. Boshlang‘ich sinflarning yangi o‘qitish dasturi talablariga o‘tishi munosabati bilan deduksiya metodidan foydalanish chegaralari ancha kengaydi. Odatdagi metodika deyarli induktiv metoddan foydalanishni, deduktiv metoddan foydalanishning cheklanganligini uqtirib turardi.
Deduksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bu yo‘l umumiyroq bilimlar asosida yangi xususiy bilimlarni
olishdan iboratdir.
1+2=3 3 - 2=1 3 - 1=2
Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret qoidalarga o‘tishdir.
Induktiv va deduktiv xulosalarga misollar keltiramiz. Birinchi sinf o‘quvchilariga yig‘indi bilan qo‘shiluvchi orasidagi bog‘lanishni tushuntirish uchun bolalarni xulosaga induktiv yo‘l bilan olib kelamiz. ko‘rsatmalilikdan (har xil doirachalardan) foydalanib, oldin hamma doirachalar qanchaligi topiladi (1 +2 =3)
Shundan keyin 1 ta qizil doiracha (birinchi qo‘shiluvchini ifodalovchi) surib qo‘yiladi, bunda bolalar 2 ta ko‘k doiracha ya’ni ikkinchi qo‘shiluvchi qolishiga ishonch hosil qilishadi. (3 – 2 = 1) Shundan keyin 3 ta doirachadan 2 ta ko‘k doiracha (ikkinchi qo‘shiluvchini ifodalovchi) ayirilsa, 1 ta qizil doiracha, ya’ni birinchi qo‘shiluvchi qolishiga ishonch hosil qiladilar (3 –1 =2). Shundan keyin boshqa sonlar hamda boshqa ko‘rsatmali materiallar bilan bir qatorda shunday mashqlar bajariladi va bolalarning o‘zlari ushbu umumiy xulosani ifodalashadi: agar birinchi qo‘shiluvchi, ayirilsa, ikkinchi qo‘shiluvchi qoladi, agar yig‘indidan ikkinchi qushiluvchi ayirilsa, birinchi qo‘shiluvchi qoladi.
Bolalar tomonidan induktiv yo‘l bilan chig‘arilgan xulosa 5,6,7,8,9 sonlarini ayirish qaralayotganda deduktiv mulohazalar yuritish uchun foydalaniladi.
Analogiya – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”, bir konkret faktdan boshqa konkret faktlarga boradigan xulosadir.
Masalan, uch xonali sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma usullarini ko‘p xonali sonlarni qo‘shish va ayirishga o‘tkazish analogiya usulini qo‘llashga asoslangan. Shu maqsadda metodik adabiyotlarda ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish bilan tanishtirishda shunday misollarni yechish tavsiya qilinadiki, bunda har bir navbatdagi misol oldingisini o‘z ichiga oladi. Masalan:

126 4752 54752 837 6837 76837


+172 + 3246 +43246 - 425 - 2425 - 52425

Bunday misollarni yechgandan keyin o‘quvchilarning o‘zlari ko‘p xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirish uch xonali sonlarni yozma qo‘shish va ayirishdek bajariladi, deb xulosa chiqaradilar.


Yuqorida qaralgan metodlardan (induksiya, deduksiya, analogiya) foydalanishzamirida analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish va abstraksiyalash kabi aqliy operasiyalar yotadi.
Butunni uning tashkil etuvchi qismlariga ajratishga yo‘naltirilgan fikrlash (tafakkur) usuli analiz deb ataladi.
Predmetlar yoki hodisalar orasida bog‘lanishlar o‘rnatishga yo‘naltirilgan tafakkur usuli sintez deb ataladi.
100 sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor, degan savolga javob berishda o‘quvchilar sonni analiz qilishadi.
Shu so‘zlarga amal qilishadi (ya’ni noto‘la analiz o‘tkazishadi), bunday qilish esa ko‘pincha xatoga, ya’ni xato sintezga olib keladi.
Тaqqoslash usuli qaralayotgan sonlar, arifmetik misollar, masalalarning o‘xshash va farqli alomatlarini ajratishdan iborat.
Matematika boshlang‘ich kursi taqqoslash usulining qo‘llanilishi uchun katta imkoniyatlar ochib beradi: sonlarni, ifodalar va sonlarni taqqoslash; ikkita ifodani taqqoslash; masalalarni taqqoslash va h.k.
Yangi matematika tushunchalarni, qonunlarni tarkib toptirishda bolalar umumlashtirishga duch keladilar.
Umumlashtirish – bu o‘rganilayotgan ob’ektlardan umumiy muhim tomonlarini ajratish va ularni muhim emaslaridan ajratishdan iborat.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda jamiyatimizda barkamol insonni tarbiyalash uchun har bir o’qituvchi o’z kasbiga sodiq jonkuyar va fidoiy bo’lmog’i kеrak deb o’ylayman. O’qituvchi muammoli vaziyat tanlashda juda aniq ma’lumotlarga tayangan holda, fikrlashga yo’naltirilgan maxsus vositalar qo’llab, o’quvchi muammoli vaziyat mazmunmoxiyatini aniq anglab yetadigan metodlardan foydalanishi, texnik jihatdan to’g’ri jihozlanishi zarur. Agar o’qituvchi o’quvchiga ma’lum bir topshiriq berib uni bu topshiriqni bajaraolishga undasa bu muammoli vaziyatbo’la olmaydi. Bu vazifani yakka o’zi yechishni o’rganadi, xolos. Muammoli vaziyat orqali fikrlashga o’rgatish esa, uni muammodagi o’zidagi nazariy va amaliy bilimlar orqali muammoli yechimini o’zi o’ylaganidek tugallashiga olib borishi zarur. Bu jarayonlar davomida murakkab tushunchalar mazmuni aniqlashtirib ko’rsatish orqali unga tizimli ravishda muammolar qo’yib boriladi. O’quvchilarning fikriy faoliyati faqatgina ijodiy jarayonlarda faolllashadi. Bu natija uchun esa quyidagi shartlarning bajarilishi muhimdir. 1.O’qituvchi tanlagan mavzu mazmuni o’quvchilar uchun qiziqarli bo’lishi. 2.Har bir jarayonda yuzaga keladigan vazifalarni bajara olish imkoniyatini ta’minlash. 3. Muammo yechimida kelib chiqadigan xulosa hozirgi davr uchun muhimligi. 4.O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatni mustaqil tashkil etish, har bir fikr va faraz e’tiborsiz qolmasligi va rag’batlantirilishi. 5.Fikrlar bildirish jarayonida kelib chiqqan noaniqliklar o’qituvchi tomonidan ochib berilishi va to’ldirilishi lozim. Quyidagi talablar asosida mazkur maqsadlarga erishish mumkin. a) fikrlashni o’stirish qobilyatini rivojlantirish; b)yechim topish maqsadida olinadigan bilim va ko’nikmalarni boyishi; c) nosdandart muammolarni ko’ra oluvchi, qo’ya oluvchi,yecha oluvchi o’quvchilarni kashf qilish; d)kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish. Muammoli vaziyatn tashkil qilishda tarix (tarixiy voqea hodisalar) keng ko’lamli manba hisoblanadi. Yechim esa ijodiy faollik, ham jamoaviy, ham shaxsiy hissalari hisobga olinadi.O’quvchi muammoni ijodiy yechimini topishda axborotni tavsiflash, tashkil etish, baholashni o’rganadi. O’zi uchun qaysi muhim axborot yetishmasligini va uni qanday topish yo’llarini o’rganib boradi. Keys usulidan foydalanish shuni ko’rsatadiki talabaning fikricha muammoning yechim usulidan ko’ra ular insonning xulq-atvori bo’yicha ko’proq bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi keys-stadi , asosan, mutaxasislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ayniqsa boshqaruv sohasida qo’llaniladi.Keyingi yillarda oliy o’quv yutrlarida ham o’quvchilarning keys ishlab chiqish va amalga oshirishga qiziqishi oshayotganligi kuzatilyapdi.Yuqoridagi fikrlardan 33 ko’rinib turibdiki muammoli vaziyat (keys-stadi) texnologiyasi hozirgi davrda qo’llanilish ko’lami kengayishi kerak bo’lgan texnologiyalardan biri hisoblanadi. Bu usulni O’zbekiston ta’lim tizimining har bir bosqichida qo’llanilish samaradorligini oshirish, XXI asr rivojlangan davlatlar safiga kirish uchun bir omil bo’lib xizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Sh. Alinov, O. R. Xolmuhammedov, M. A. Mirzaxmedov. algebra 2006- yil
2. Shavkat Mirziyoyev “ERKIN VA FAROVON, DEMOKRATIK O’ZBEKISTON DAVLATINI BIRGALIKDA BARPO ETAMIZ”. Toshkent - 2016
3. K.Hashimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent— 2005, 304 b.
4. Yuldashev Z.Kh., Ashurova D.N. Innovative-didaktic program complex and new formalized model of educftion. Malaysian Journal of Mathematical Sciences 6(1):, 2012, 97-103 p.
5. www.bilimdon.uz
6. uz.wikipedia.org
7. www.tdpu.uz


Yüklə 133,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin