Mavzu: Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari



Yüklə 30,32 Kb.
səhifə1/6
tarix21.03.2023
ölçüsü30,32 Kb.
#88991
  1   2   3   4   5   6
Mavzu Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Mavzu: Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


( 2 soat videodars ma'ruza matni)
Reja:



  1. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga oid qonun hujjatlar.

  2. Imkoniyati cheklangan bolalarga (IChB) ta’lim-tarbiya berishning psixologik jihatlari. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb etishga qaratilgan tadbirlar.

  3. Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullari.

Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik –bu bilimsizlikdir!”


Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.”
Sh. M. Mirziyoyev

  1. Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishga oid qonun hujjatlar.

Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday etiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ta’lim tizimiga alohida ahamiyat berilgan. Birinchi Prezidentimiz tomonidan boshlangan ta’lim sohasidagi isloxotlar bugungi kunda Sh. M. Mirziyoyev tomonidan izchil davom ettirilmoqda. Jahon sivilizasiyasi shuni korsatadiki, ta’lim tizimini yuqori darajaga ko‘tarmasdan turib boshqa sohalarda yutuqlarga erishib bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi hamda ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi, qonunning 9-moddasida esa “Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.” deb, ko‘rsatib o‘tilgan. Dunyo mamlakatlarida nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, ularning jamiyatda o‘ziga munosib o‘rinni egallashlariga ko‘maklashish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining “Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi”, “Aqliy jihatdan orqada qolgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi Deklarasiyasi” “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi, “Ta’lim hamma uchun” reja-dasturi to‘g‘risidagi Dakar deklaratsiyasi, “Osiyo va Okeaniya mamlakatlari nogironlar huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari dasturi”, “Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash bo‘yicha Standart qoidalar”, “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya va boshqa xalqaro miqyosda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy maqsadi nogiron bolalarni himoyalashga qaratilgan bo‘lib, bu xalqaro-huquqiy asoslar ta’lim jarayoniga inklyuziv yondashuvni samarali joriy etishni nazarda tutadi.
Umumjahon miqyosida alohida e'tiborga muhtoj bolalarning ruhiy holatini inobatga olgan holda psixologik korreksiyalash metodlari, oila, jamoa va guruhlarda insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish, texnologik ko‘maklashuvchi vositalar imkoniyatlarini oshirish borasida samarali ilmiy, ilmiy-texnik, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda. Umumiy o‘qitish tizimida inklyuziv ta’limning pedagogik-psixologik jihatlari, nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish, ularning huquqiy tengligi sharoitini yaratish, jamiyat a’zosi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga oid muammolar bu izlanishlarning asosini tashkil etib, ular nogiron bolalarning individual xususiyatlari va adaptiv imkoniyatlarini inobatga olish, ijtimoiy moslashuvini texnologik ta'minlash hamda qo‘llab-quvvatlash o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik tizimini takomillashtirishda alohida o‘rin egallamoqda.
Mamlakatimizda bolalarning jismoniy salomatligini ilk yoshidan boshlab tashxislash, sog‘liqlarini doimiy nazorat qilish va mustahkamlash, har bir bolaning sifatli bilim olishlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar inklyuziv ta’limni ham rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Alohida e’tiborga muhtoj bolalarni umumiy ta’lim jarayoniga samarali jalb etish milliy pedagogikada bugun yechimini kutayotgan muhim masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, nogiron aholining, boshqa ehtiyojmand toifalarning to‘laqonli hayot faoliyatini ta'minlash uchun ularga tibbiy, ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish” kabi vazifalar belgilanib, bu borada nogiron bolalarga ta’lim-tarbiya berishga dunyoviy yondashuvlarni o‘rganish, ular asosida milliy inklyuziv ta’lim jarayonini tashkil etish va takomillashtirish, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini baholash texnologiyalari, moslashuv va muloqotni tashkil qilishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 24-sentabrdan kuchga kirgan yangi taxrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonli Farmoni, 2017-yil 1-avgustdagi “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5006-sonli Farmoni hamda 2017-yil 1-dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–5270-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 2020-yil 13-oktyabrda “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-son qarori va Qarorga 1-ilova sifatida qabul qilingan “2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish KONSEPSIYASI va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar ushbu mavzuni yoritishga oid huquqiy asoslardir.
Inklyuziv ta’lim alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarning tengdoshlari bilan bir xil sharoitlarda o‘qishi, ular bilan o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini yengillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Uzluksiz ta’lim tizimi uchun esa quyidagi talqin ko‘proq to‘g‘ri keladi. Inklyuziv ta’lim – inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion – uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirilgan, o‘ziga tortuvchi, qamrab oluvchi ma'nolarini, lotinchada esa includ – qamrab olaman, jalb qilmoq, ya'ni alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan va oddiy bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etishdir. Inklyuziv ta’lim – davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masalalardan biridir. Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan, voyaga yetayotgan o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoniga jalb qilishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Umumta’lim maktablarda joriy etilgan inklyuziv ta’limning maqsadi alohida yordamga muhtoj bolalarning oddiy tengdoshlari bilan bir xil sharoitlarda o‘qishi, teng huquq va imkoniyatlar tengligini berish, ular bilan o‘zaro do‘stona munosabatda bo‘lishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini yengillashtirish, o‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun zaruriy pedagogik-psixologik va korreksion sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Umumta’lim maktablarga oddiy bolalarning barchasi borsa, alohida e'tiborga muhtoj bolalar ham jalb etilishi kerak. Inklyuziv ta’limning oiladan, maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab yo‘lga qo‘yilayotganligi muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolalarning keyinchalik atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishiga, ijtimoiy muhit talablariga javob bera oladigan va shu bilan birga, kundalik-maishiy ehtiyojini qondirish ko‘nikmalarini erta egallashlariga, hayotga moslashib, umumta’lim maktablarida tengdoshlari qatori darslarni o‘z vaqtida o‘zlashtirishiga, topshiriqlarga mas'uliyat bilan yondashish ko‘nikmasini egallashlariga ko‘maklashadi. Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’lim – alohida e’tiborga muhtoj bo‘lgan bolalar yoki boshqa sabablar tufayli tarbiyasi og‘ir, yetim bolalar uchun moslashuvchan, individuallashgan va barcha bolalarga teng xuquq va imkoniyatlar tengligini beradigan ta’lim tizimidir. Shuningdek, inklyuziv ta’lim – millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy va ma'naviy ahvoli, oilasining jamiyatda tutgan o‘rni, jismoniy yoki rivojlanishda kamchiligi bo‘lishidan qat'iy nazar barcha bolalarni teng ko‘rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadigan ta’lim hisoblanadi.
Inklyuziv maktab – inklyuziv ta’lim tashkil etilgan maktablar bolalarning bilim olishi shaxsiy huquqlarini himoyalaydi. O‘quvchilari turlicha, sog‘lom va yengil darajada nogiron bo‘lgan, ularning barchalariga har birlari uchun o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda teng sharoit yaratilgan maktabdir.
Inklyuziv ta’lim faoliyati dasturi Ispaniyaning Salamanka shahrida dunyoning 92 davlati va 25 ta xalqaro tashkilot vakillari ishtirokida maxsus ehtiyojlar ta’limi Butunjahon konferensiyasida qabul qilingan. Unda alohida e'tiborga muxtoj bolalar, yoshlar va yoshi kattalarga oddiy ta’lim tizimi doirasida ta’lim berish zarur va kerak ekanligini tan olgan holda, barcha uchun maxsus ta’limning tamoyillari, islohotlari bo‘yicha “Salamanka bayonoti” qabul qilingan. Unda hammaga: “Biz barcha davlatlarni chorlaymiz va murojaat qilamiz: inklyuziv ta’lim tamoyilini qonun yoki islohot, deb qabul qiling”1, deb da'vat qilingan. Uning maqsadi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, milliy yordam uyushmalari, nodavlat tashkilotlar va boshqa bo‘limlarni maxsus ehtiyojlar ta’limi amaliyoti, islohoti va tamoyillari bo‘yicha bayonotni hayotga tatbiq etishning islohotlari va faoliyatlari bilan tanishtirishdir. Dastur Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan va konferensiyada qatnashgan davlatlar tajribalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlar chop etgan
_______________________________________________
1Ture Yonsson. Inklyuziv ta’lim. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. YuNESKO Xalqaro tashkiloti. Opereyshen Mersi Xalqaro tashkiloti, Respublika ta’lim markazi. – T., 2003.

qo‘lyozmalar, maslahatlar va turli masalalar yechimlari, ayniqsa, nogiron shaxslar imkoniyatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha standart qoidalar asosida ishlab chiqilgan. Har bir bolaning ta’lim olishi uchun butunjahon “Inson huquqlari” dekloratsiyasida qabul qilingan va butunjahon “Ta’lim barcha uchun” dekloratsiyasida qayta qat'iy qayd etilgan. Agar talab etilsa, har bir nogiron shaxs o‘z xohishini o‘zlashtirgan ta’limiga asosan bildirish huquqiga ega. Ota-onalar bolalarining xohishi, holati, ehtiyojlariga mos keluvchi ta’lim shaklini tanlash bo‘yicha maslahatlar olish huquqiga egadirlar. Inklyuziv ta’lim alohida e'tiborga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab o‘zgaruvchan, g‘amxo‘rlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, me'yorda rivojlangan bolalar o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Buni amalga oshirish uchun har bir bolaga nuqsonidan kelib chiqqan holda individual yondashish, ular uchun qulay sharoit yaratish kerak. Alohida e'tiborga muhtoj bolalar uyiga yaqin, o‘ziga qulay ommaviy bog‘cha yoki maktabga qatnaydi. U yerda asosiy ishni tarbiyachi yoki sinf rahbari amalga oshiradi.


Umumta’lim maktablarda inklyuziv ta’lim jarayoni o‘ziga xos murakkabliklarga ega bo‘lib, shu sohada ishlaydigan mutasaddilar, o‘qituvchilar zimmasiga jiddiy talablar qo‘yiladi. Bunday ta’limda sinf rahbari, fan o‘qituvchilari, tarbiyachilar, kasbiy mahorat ustalari yordam ko‘rsatish borasidagi xizmatlarni bajaradilar. Sog‘lom bolalar bilan alohida e'tiborga muhtoj bolalar orasidagi tafovut o‘zidagi jismoniy imkoniyatining cheklanganligi sababli o‘z tengdoshlariga qo‘shilmaslik, tortinchoqlik, uyalgan yoki kamsitilgan ba’zilarining esa oilada haddan tashqari avaylanganliklari sababli qaysar, injiq bo‘lib qolganliklari tufayli yuzaga keladi.
Har bir inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim maktablarda maxsus tayyorgarlikga ega (resurs) pedagog bo‘ladi. Inklyuziv ta’lim tashkil etilgan muassasalar nufuzining qanchalik muhimligi, mana shu maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga bog‘liqdir. Chunki, u guruh tarbiyachisiga maslahatlar beradi va ko‘maklashadi, maxsus o‘qitish uskunalari, jihozlari bilan ta'minlaydi, ota-onalar, o‘qituvchilar bilan tushuntirish ishlari o‘tkazadi, dars jadvali, dasturga, kerak bo‘lsa, o‘zgartirishlar kiritadi, ularni asoslab beradi. Shuningdek, shu yo‘nalishda ishlaydigan o‘qituvchilarning malakasini oshiradi, bilim mahoratini boyitadi, sog‘liqni saqlash xizmatlarini tashkil etadi, qulay psixologik muhitni yaratadi. Bu ta’lim faoliyat dasturi birqancha maxsus, hududiy, bosqichli omillarga bog‘liq bo‘ladi. Ular jamiyat istiqbolini, ehtiyojini, resurs talablarini, mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, inklyuziv ta’limga jalb kilingan va alohida e'tiborga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda ta’lim-tarbiyada yuqori muvaffaqiyatlarga erishishda uchraydigan turli muammolar bolalarning individual ruhiy kechinmalarining qanchalik hisobga olinishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarda o‘ziga ishonch hissini orttirish, umidsizlikka berilishining oldini olishda o‘qituvchi faoliyati ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilishi zarur. Inklyuziv ta’limda oddiy o‘qituvchilar treningi va maktabning barcha uchun faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash zarur bo‘lgan boshlang‘ich holatni yaxshilash uchun o‘qituvchilar sinflarda barcha bolalarda javobgarlik hissini uyg‘otishlari kerak bo‘ladi. Alohida e'tiborga muhtoj o‘quvchilarning qiziqishlariga mos, bilim va qobiliyatlariga monand ta’lim berish sinf xonasida umumiy tarzda olib boriladigan faoliyatdir.
Alohida e'tiborga muhtoj bo‘lgan bolalarga asoslangan inklyuziv ta’lim jamiyatga ham foydalidir. Bu esa o‘z navbatida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolani oddiy bog‘cha yoki maktabga joylashtirish integratsiya yo‘lidagi birinchi qadamdir. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng huquqga ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta’lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi va barcha bolalar uchun foydali bo‘lgan samarali pedagogika tamoyillarini targ‘ib etadi. Insonlarning turli xilda bo‘lishi normal holat, deb qabul qilingan va o‘rganish jarayonining tabiati va bosqichlaridan kelib chiqib, bola mazkur jarayon talablariga emas, balki ushbu jarayon bola talablariga moslashtirilishi lozim.


  1. Yüklə 30,32 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin