Mavzu: Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Pedagogik qarovsizlik quyidagi darajalarda tavsiflanadi



Yüklə 30,32 Kb.
səhifə4/6
tarix21.03.2023
ölçüsü30,32 Kb.
#88991
1   2   3   4   5   6
Mavzu Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari

Pedagogik qarovsizlik quyidagi darajalarda tavsiflanadi:
1. Past. Hatti-harakat, xulq-atvordagi beqarorlik. O‘z “men”iga ortiqcha baho berish. Asosan yoshiga xos bo‘lgan xarakter belgilarining ustunlik qilishi.
2. O‘rta. Kattalar va tengqurlari bilan aloqaning buzilishi. O‘qish va mehnatga qiziqmaslik, nizolar egoistik yo‘nalishga asoslanishi. Pedagogik ta'sir choralari to‘g‘ri qabul qilingan holda unga amal qilmaslik.
3. Yuqori. Salbiy xarakter xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlik oshkora qilinadi. Kattalar bilan o‘zaro munosabatda tajovuzkor bo‘ladi. O‘zlari to‘g‘ri deb qabul qilgan “ahloq normalari”ni oqlashga urinadilar. Ular huquqbuzarlik chegaralarini tushunib yetmaydilar.
4. Kriminal. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar bo‘lib, ularning hulq-atvorini boshqarib bo‘lmaydi. Bundaylar har qanday tarbiya vositalariga qarshilik ko‘rsatadilar. Hatti-harakatlarida tajovuzkorlik ko‘proq uchraydi. Ular o‘zlarining huquqbuzarlik motivlarini o‘zlari belgilagan “ahloqiy me'yorlar” bilan o‘lchaydilar, natijada jinoyatga qo‘l uradilar.
Amaliyotchi psixolog avvalo bolalarning oilaviy ahvolini o‘rganish, maktab bilan ota-ona o‘rtasida uzviy aloqani o‘rnatish, fan o‘qituvchilari bilan aloqani mustahkamlash, o‘quvchining darsga qatnashini kuzatish, darsdan tashqari faoliyatini nazorat qilish, turli savol-javoblar o‘tkazish orqali tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash dasturi va rejalarini belgilab olishi lozim.
Bundan tashqari psixolog maktab shifokori, tashxis markazi shifokori bilan hamkorlikda bolaning tibbiy varaqasi bilan ham tanishib chiqishi kerak bo‘ladi. Agar bola sog‘lom rivojlangan bo‘lsa-yu, maktab va oila tarbiyasiga bo‘ysunmasa, bunday vaziyatlarda psixolog yordamga kelishi va. avvalo bola bilan suhbatlashib, nima uchun uning hulqida bunday o‘zgarishning yuzaga kelganligi, ko‘cha ta'siriga berilishi, salbiy norasmiy guruhlarga a’zo bo‘lib qolishi, darsni sababsiz qoldirishi, past o‘zlashirishi, jamoat ishlarida qatnashmaslik sabablarini aniqlaydi.



Yüklə 30,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin