O`zbekiston- mening vatanim!



Yüklə 39,95 Kb.
tarix19.06.2023
ölçüsü39,95 Kb.
#132814
bayonnoma сабрина




Buxoro viloyat Buxoro tumani 14-umumta`lim maktabida
“ O`zbekiston- mening vatanim!” tarbiyaviy tadbir

SSENARIYSI
05.05.2023 yil Buxoro tumani
Qatnashdilar: Maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari,,,Tadbirkor ayollar klubi ‘‘rahbari , maktab psixologlari M.Axmedova, amaliyotchi psixolog S.Sharipova va fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar.
Kun tartibi:
1. “O`zbekiston-mening vatanim!”- ma’ruzachi- Sabrina Sharipova
2. 8- sinf o‘quvchilari ishtirokida.
E SH I T I L D I:
Birinchi bo’lib so’zga maktabimiz psixologi Axmedova M chiqib, “O`zbekiston-mening vatanim!”borasida quyidagi fikrlarni ta’kidlab o‘tdi:Dunyoda shunday bir maskan borki, har birimiz unga intilamiz. Ishdan, mehnat jarayonlaridan shu oshiyon sari shoshamiz. Unda bizni chorlaydigan yaqinlarimiz mehri, umrimiz mazmuni boʻlgan jigargoʻshalarimiz yurak tafti mujassam. Bu albatta oilamiz, xonadonimizdir.Har bir inson baxtli boʻlishga haqli, u baxtni orzu qiladi, baxtga intiladi. Insonlar baxtli boʻlsa, oilalar baxtli boʻladi. Oilalar baxtli boʻlsa, jamiyat mustahkam boʻladi.
Oilani mustahkamlash nafaqat mamlakat, balki dunyo miqyosidagi ahamiyatli masala hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1993-yil 20sentyabrda 15-mayni Xalqaro oila kuni sifatida nishonlash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Mazkur hujjatning qabul qilinishidan koʻzda tutilgan asosiy maqsadlardan biri ham oilalar ahilligi va mustahkamligiga erishishdir.
Jahon hamjamiyatining teng huquqli aʼzosi sanalmish mamlakatimizda ham xalqaro meʼyorlarni jamiyatimiz hayotiga toʻliq tatbiq etilishi yoʻlga qoʻyilgan. Bunda oila tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, jamiyatda tutgan oʻrniga alohida eʼtibor qaratilganXususan, joriy yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining: “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni; “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori; “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Kabi goʻzal fikrlarni aytib oʻtdi.

So‘ngra so‘zga ,,Amalyotchi psixolog Sharipova Sabrina ochiq darsni boshladiva quyidagi fikrlarni bayon etdi, "Oila deb ataluvchi mustahkam qoʻrgʻonning ustuni ota boʻlsa, unga fayz kirituvchi onadir. Ona mehrining cheksizligi asrlar mobaynida oʻz isbotini topgan. Dunyoda ona mehrining, ayol muhabbatining bahosini oʻlchaydigan mezon, tenglashtiradigan boylik yoʻq. Bu xilqatda nozik taʼb, buyuk qalb, nazokatli koʻngil, betakror fidoiylik, onalik jasorati, rafiqalik masʼuliyati mujassam. Har bir ayol oʻz oilasi, qoʻrgʻoni, koʻngli tinch, yurti va farzandi omon, boshida turgan bosh panohi-turmush oʻrtogʻi sogʻ boʻlsa, hamisha oʻzida yashashga, turmushda katta oʻzgarishlar yasashga kuch topa oladi.


Hayotimizga mazmun bagʻishlaydigan, bizni hamisha oʻz bagʻriga chorlaydigan oilamiz mustahkam boʻlsin. Oʻz oilasini, farzandlari tarbiyasini oʻrniga qoʻyish barobarida jamiyat hayotida, fan, taʼlim, madaniyat, sanʼat, boringki, barcha sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning baxt maskanlarida tinchlik va totuvlik hukm sursin"..ochiq dars ikkita guruhga boʻlinib oʻtildi guruhlar darsga qatnashish davomida ball toplab bordilar .Darsda interfaol metodlar yordamida amalga oshirilad ochiq darsdam oʻquvchilar faol qatnashdilar. oila haqida sherlar ,maqollar aytdilar.Soʻngra darsga faol qatnashgan oʻquvchilar baholandi.


Qaror qiladi:


  1. Berilgan ma’lumotlar axborot uchun xabar qilinsin.

  2. Maktab psixologi Axmedova M targ’ibot va tashviqot ishlarini, shuningdek, davra suhbati va sayohatlarni tashkillashtirsin.



Maktab direktori: Axmedov N


Maktab psixologlari: Axmedova M
Amaliyotchi psixolog: Sharipova S


Oʻqituvchilar: Ma`murova D
Yüklə 39,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin