TEMURIYLAR DAVRIDA MUSIQA Temuriylar davrida , nafaqat o’zbek xalqining , balki butun Yaqin va O’rta Sharq xalqlarining musiqa san’ati jadal rivoj topdi va chinakam cho’qqisiga chiqqan Uyg’onish davri desak bo’ladi. Bu xalqlar yagona davlatni tashkil etib , o’zaro samimiy va madaniy aloqalar o’rnatib qolmay, Osiyo va Yevropaning eng yirik mamlakatlari bilan madaniy aloqa o’rnatish imkoniyatiga ham ega bo’lgan.
Manbalarda keltirilishicha, o’zbek xalq musiqasi bilan birga harbiy-rasmiy musiqa turlari , mumtoz maqom san’ati , mintaqaning boshqa turkiy hamda arabzabon , forsiygo’y xalqlarining musiqaviy folklori ham gullab yashnadi. Eng ahamiyatlisi, musiqiy asboblar jasorat va mardlikning timsoliga aylandi10.
O’rta asrlar an’anasi shahar aholisi kasb-koriga ko’ra mahalla bo’lib yashashini taqozo etgan. Xalq ichida tanilgan san’atkorlar ham hokimlar farmoniga ko’ra yoki qulaylik yaratish maqsadida kasbdoshlari bilan birgalikda yashashni afzal bilishgan. Shunga binoan “ xonandalar mavzeyi” , “ sozandalar mahallasi” , “ bastakorlar ko’chasi” joriy etilgan va ularning alohida obro’si bo’lganligi sababli atroflarida maxsus ijod , ijro va ilm borasida mavqega ega bo’lgan maktablar ochilgan.
Musiqa ustozini hammadan ustun qo’yib , “ ustozlar ustozi” , deb ulug’lagan Alisher Navoiyning musiqa san’ati oldidagi ulkan xizmatlaridan biri soz ahliga qilgan rahnamoligi va homiyligidir.” Boburnoma” da bu haqda e’tibor berishga arziydigan ma’lumotlar keltirilgan: “ Ahli fazl va ahli hunarga Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma’lum emaskim, hargiz paydo bo’lmish bo’lg’ay.Ustoz Qulmuhammad va Shayxi Noyi va Husain Uddiykim, sozda saromad edilar , bekning tarbiyat va taqviyati bila muncha taraqqiy va shuhrat qildilar.”11 Musiqiy tarbiyaning ahamiyatini doimo diqqat markazida tutgan Navoiy o’z davrining ko’zga ko’ringan donishmandlariga murojat qilib , bu ilmga oid 5 ta risola yozilishiga sababchi bo’lgan. Shulardan uchtasi- Jomiyning “Risolai musiqiy”, Zaynulobiddin Husayniyning “ Qonun”, Kamoliddin Binoiyning “ Musiqa haqida” risolalari hozir ham istifodada.
Temuriylar davri musiqa asboblari turli tumanligi va serqirraligi bilan ko’zga tashlanib turgan. Masalan, ud (yog’ochidan foydalanilgan daraxti nomiga ko’ra)sozini arablar faqat Sharqqa emas , balki G’arbga ham tarqatishgan (lyuto, lyutnya, va boshqalar shu asbobdan kelib chiqqan. Bu davrning musiqiy nazariyasida interval , tetra-pentaxordlar , tovushqatorlar belgilash uchun hamda yakkaxon va ansambl ijrochiligida qo’llanilgan.
Amir Temur saroyida mashhur musiqachi Xoja Abdulqodir Marog’iy ijod etgani ma’lum. Bu alloma umrining ko’p qismini Temuriylar saroyida o’tkazdi. Marog’iy bastakor sifatida 200 dan ortiq asar yaratgan. Ular qatorida ko’p qismli turkum asarlari, shu bilan birgalikda usullarning yangi talqinlari- “ Zarb al-fath” , “ Chaxor zarb” , “ Mayatayin” , maqom bo’limlaridan “ Taenif-I Xoja Abduqodir” , “ Amal –i Guliston” , “ Amal –i Horiston” kabi asarlarni misol qilishimiz mumkin.
Temuriylar zamonida yashab ijod etgan yana bir yirik musiqashunos Abdurahmon Jomiydir. Aniqki , Jomiy musiqiy asarlar “ Naqshi Imoma” va “ Risolai musiqiy” ning muallifi hisoblanadi. Uning risolasi asoszamin ma’noga ega bo’lib ikki qismdan iborat: “Ilmi ta’lif” va “Ilmi-iqo”.Asarning birinchi bo’limida an’anaviy ravishda musiqaning kelib chiqishi , “musiqa” so’zining mazmuni , san’atlarning burji kabi muommolar bayon etiladi. Risolaning ikkinchi qismida esa o’sha davr mutaxasssislari orasida keng tarqalgan usullar batafsil berilgan. Risolada 20 dan ortiq usullar haqida ma’lumot bor.
Temuriylar davrida , saroylarning bosh darvozalari tepasiga maxsus nog’ora xonalar qurish odat tusini olgan , bu hol esa musiqa san’atiga bo’lgan yuksak e’tiborning yana bir isboti hisoblanadi. Malumki, saroy musiqiy guruhlarining asosan karnaychi va nog’orachilardan iborat yetakchilarini hukmdorini shaxsan o’zlari tanlaydig lar va ular “ mehtar” deb nom oladilar12.
XIV asrdan boshlab “Shashmaqom” turkumining shakllanish jarayoni boshlandi. “ Duvozdaxmaqom”ham mustaqil ravishda davom etgan bo’lsa-da , uning tarkibiy qismlari yangi turkumga singdirila boshlandi.Ilk davrda “ Duvozdaxmaqom” butun Yaqin va O’rta Sharq xalqlari madaniyatiga birday xos bo’lgan. Temuriylar davridan boshlab esa bu jarayonga mahalliy hislarlar ta’sir eta boshlagan. Natijada yaxlit tizimdan muayyan darajada ajralgan. Milliy xususiyatlarga ega bo’lgan turkum asarlar shakllana boshladi. Birlamchi tizimdan farqli o’laroq ularda tuzulish-kompozitsiya jihatdan hamda soniga ko’ra erkinlik ustuvor bo’ladi. Shu holatda 12 ta arab maqomi , 12 ta uyg’ur maqomi , 7 ta eron dastgohi , 7 ta ozorbayjon mug’omi, 6 ta o’zbek va tojik maqomi yuzaga keldi. Bu turkumlar ham mahalliy sheva tasirida ma’lum bir turkumlarga ajralishiga to’g’ri keldi.
Temuriylar davri musiqa san’ati bobidagi nufuzli manbaalardan yana biri ko’p qirrali olim Darvesh Ali Changiyning “ Tuhvatus – surur” idir. Uning yana bir nomi “ Risolai musiqi” . Bu asarda davrning an’anaviy muommolari qatori 350 taga yaqin bastakor , xonanda, sozanda, ularning homiylari, shuningdek Temuriylar haqida qimmatli bo’lgan ma’lumotlarni o’zida mujassam etgan13.