Qadimgi turkiy adabiy istilohlar



Yüklə 214 Kb.
səhifə1/20
tarix06.04.2023
ölçüsü214 Kb.
#93987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-20 sher


Qadimgi turkiy adabiy istilohlar
So'z san'atining dastlabki janrlari insonning nutq madaniyati rivojlanishi bilan tug'ilgan. Demak, turkiy xalqlar adabiyotining tarixi juda qadimiy bo'lganidek, adabiy janrlarining tug'ilishi va shakllanish jarayoni ham uzoq tarixga ega. Badiiy adabiyotning har bir shakli ma'lum bir janr asosida yuzaga kelishi qommiyatdir. Bas, shunday ekan, turkiy xalqlarning islomgacha bo'lgan davrdagi adabiyotida ham rang-barang janr va vazn xususiyatlari mavjud. Turkiy xalqlar og'zaki ijodiga islomdan so'nggi yoki hozirgi davrda adabiyotshunoslikda mavjud atamalar bilan yondashish maqsadga muvofiq emas. Chunki bugungi adabiyotshunoslikdagi mavjud janr, shakl hamda vaznni qadimgi turkiy adabiyotdan izlash yoki hozirgi davr atamalari bilan nomlash masalaning mohiyatini murakkablashtiradi.
O'zbek adabiyoti tarixining qadimgi davrlari yoki eng qadimgi adabiy yodgorliklarini o'rganishga bag'ishlangan darslik va qo'llanmalarda, shuningdek. boshqa tadqiqotlarda ham «maqol», «marsiya». «munozara», «afsona», «asotir», «rivoyat» kabi janrlar to'g'risida so'z yuritiladi. Aslida bu adabiy atamalar arab tili mahsuli bo'lib, bu tushunchalar turkiy xalqlarning adabiy-madaniy hayotida islomdan so'nggi davrlarda yuzaga kelgan. Lekin qadimgi turkiy adabiyotda yuqoridagi atamalarni ifodalaydigan turkiy tildagi so'z, iboralar mavjud edi. Demak, har bir davrning adabiyotidagi janrlar yoki vaznlari o'rganilganda shu davrga xos atamalardan foydalanish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Qadimgi turkiy xalqlar og'zaki ijodining janr va vazn xususiyatlarini aniqlash hamda adabiy atama sifatida nomlashga asos bo'ladigan manbalar mavjuddir. Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» kitobidagi adabiy atamalar hamda ayrim adabiy janrlarning nomini ifodalashi mumkin bo'lgan so'zlar, qadimgi tosh va yozma bitiklar, shuningdek, qadimgi turkiy xalqlar og'zaki ijodidagi mazmun, g'oya hamda obrazlarning tadrijiy takomili natijasi: Yusuf Xos Hojibning«Qutadg'ubilig» dostonidagi ayrim tasvir va atamalar mavzuni yoritishga xizmat qiladi.
Qadimgi turkiy xalqlar og'zaki ijodining janr xususiyatlarini o'rgamsh mavzusi adabiyotshunosligimizda qisman bo'lsa-da yoritilgan. Bu sohaning ilk tadqiqotchisi ham Mahmud Qoshg'ariydir. Bizning zamonamizda bu masalada akademik B.Valixo'jayev, professor B.To'xliyev, N.Rahmonov va boshqalarning e'tiborga loyiq qarashlari mavjud. Quyidagi izlanishlar ham bu mavzuni yoritishga ko'maklashadi, degan fikrdamiz.
BILIG
«Devonu lug'otit turk»da bilig so'ziga «bilim», «hikmat» va «aql» deb izoh berilgan (1., 367-bet). Bilga hikmat aytuvchi, hikmatshunos, oqil, dono, aqlli, olim kishiga nisbatan qo'llanadi. Demak, bilig - hikmat ma'lum ma'noda hozirgi o'zbek tili lug'at boyligidagi maqol jamming mazmunini ifodalaydi. Maqoldaxalqning, ijtimoiy tabaqa yoki guruhning dunyoqarashi, hayotda to'plagan tajribalari, kuzatishlan ifodaianadi. Qadimgi turkiylarning bilgalari aytgan biliglar ham shunday xususiyatga egadir.
«Devonu lug'otit turk»da biliglardan ko'plab namunalar keltirilgan.
Ag'iz yesa, ko'z uyazur - og'iz esa, ko'z uyalur.
Etli, tirinaqli ezirmas - et tirnoqdan ayrilmas.

Yüklə 214 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin