Parijda saqlanayotgan nodir durdona Temuriylar davridan qolgan, o`zbek kitobat san`ati tarixida o`ta qimmatli va nodir sanalgan yodgorliklardan biri o`z davrining yirik madaniyat markazlaridan bo`lgan Hirotda Abu Malik baxshi ko`chirgan uyg`ur yozuvli qo`lyozmadir. Qo`lyozma kitob hozir Parijdagi Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.
Muqovasi qalin charmdan, qog`ozi yupqa, silliq, sarg`ish, o`rta asrlarda Sharqda dovrug` qozongan Hirot qog`ozi. Biror matn bitish mo`ljallangan chog`i, kitobning boshlanishida, orada ham bir-ikki o`rinda bo`sh varaqlar tashlab ketilgan.
Qo`lyozmaga ikki asar kiritilgan: biri “Me`rojnoma” bo`lsa, ikkinchisi Farididdin Attor qalamiga mansub “Tazkiratu-l-avliyo” asarining turkiy tarjimasidir.
Payg`ambarimizning buyuk mo``jizalariIslom olamida “Me`roj”, “Isro” nomlari bilan ataladigan ushbu hodisa payg`ambarimiz (s.a.v) berilgan buyuk mo``jizalardanbiridir. Bu hodisa xususida Qur`oni karimda, bir qatorda sharafli hadislarda, islom tarixiga oid manbalarda ham to`xtalb o`tilgan.
Muashshar janri Muashshar (arab. — oʻnlik) — har bir bandioʻn misrali, bir necha oʻnlik bandlardan tashkil topuvchi sheʼr shakli. Musammatlarnknt boshqa turlarida boʻlgani kabi M.larning ham birinchi oʻnlik bandi misralarida oʻzaro ohangdoshsoʻzlar qofiyalashadi (a—a—a—a—a—a—a—a—a—a), qolgan bandlarining 8 yo 9 misrasi oʻzaro qofiyalashib, oxirgi 9- yoki 10misra 1banddagi misralar bilan qofiyalashadi. Fuzuliyning kator shunday sheʼrlarida, Nodiraning "Firoqnoma" deb yuritiluvchi M.ida har bir oʻnlikda oxirgi bir bayti nakarotdek aynan takrorlanib turadi. Bunday M.larning qofiyalanish tartibi: a—a—a—a—a—a—a— a—b—b, v—v—v—v—v—v—v—v—b—b... tarzidadir. Ular tarjeʼ baytli M.lar deyiladi. M.lar musammatlar tarkibida eng koʻp oʻxshash qofiyalar topib ishlatishni, ularni poetikmazmunni ochishga xizmat qildira olishni talab qiluvchi murakkab usullardan biridir. Shuning uchun M. namunalari mumtoz adabiyotimizda koʻp emas. Oʻzbek adabiyotidagi ayrim namunalari Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy, Nodira, Tabibiy Ahmad, barmok, vaznidagi namunalari esa Fafur Gʻulom ("Emukdoshlar musobaqasi"), Abdulla Oripov ("Tabiat") kabi shoirlarijodida uchraydi. Masnaviy o‘zbek mumtoz adabiyotida, xususan, dostonchiligida keng qo‘llanilgan janrlar-dan biri. Unda yonma-yon turgan ikki misra o‘zaro qofiyalangan bo‘ladi. Aniqrog‘i, masnaviy o‘zaro qofiyadosh ikki misrali bandlardan yoki baytlardan tashkil topgan. Katta epik dostonlarni bitishda masnaviy keng qo‘llanilgan. Alisher Navoiyning «Xamsa»si masnaviyda yozilgan. Masnaviy shaklini tasavvur qilmoq uchun «Hayrat ul-abror» dostonida keltirilgan vafo haqidagi hikoyatdan quyidagi parchani o‘qish kifoya: Qay birining qatlig‘a qilg‘ach shitob, Yona biri aylar edi iztirob. Kim meni qatl ayla burun tez bo‘l, Toki men o‘lguncha tirik bo‘lsun ul. Bazl qilurlar edi bir-biriga bosh, Boshlarig‘a tig‘ uchun erdi talosh. Masnaviyning qofiyalanish sxemasi quyidagicha bo‘ladi: aa, bb, vv va hokazo. Kattaroq epik she’riy asarlarni yozishda masnaviy shakli boshqa turdagi qofiya usullariga nisbatan qulayroq bo‘lganligi uchun ham Navoiy masnaviy to‘g‘risida so‘zlab, uning maydoni keng, «uslubi xo‘b», deb ta’kidlagan: Masnaviy kim burun dedim oni; So‘zda keldi vase’ maydoni. Vus’atida yuz o‘lsa ma’rakagir, Ko‘rguzur san’atin bori bir-bir... Lekin ul barchadin dag‘i xubi Bor erur masnaviyning uslubi. 3. Fard. Fard mumtoz adabiyotimizdagi eng kichik janrlardan biri. U ko‘pincha, bir baytdan iborat bo‘ladi va unda muayyan fikr, his-tuyg‘u ixcham holda ifodalanadi. Fard ko‘pincha axloqiy-ta’limiy, didaktik xususiyatga ega. Shunga ko‘ra ayrim fardlar aforizmga aylanib ketadi. Odatda, farddagi misralar o‘zaro qofiyadosh bo‘ladi. Fardning qofiyalanish sxemasi quyidagicha: aa. Bu she’riy shaklning yorqin namunalari sifatida Alisher Navoiyning quyidagi fardlarini keltirish mumkin: Tama’ etma, ko‘p o‘lsa el moli, 2 / 12 Lirik janr Ko‘rmayin haq xazinasin xoli. Takalluf erur tang‘a farsudaliq, Aning tarkidur jong‘a osudaliq. Ayrim axloqiy-ta’limiy fikrlarni alohida ta’kidlab ko‘rsatish maqsadida mumtoz adabiyotdagi nasriy asarlar ichida ham fardlar keltirilgan. Navoiy «Mahbub ul-qulub» asarida yomonlik haqida muayyan fikrni ilgari surib, unga alohida urg‘u berish maqsadida fard keltiradi: «Yomonlarg‘a lutfu karam, yaxshilarg‘a mujibi zarar va alam. Mushkka rioyat kabutarg‘a ofatdur. Shag‘ol jonibin tutmoq tovuq tuxmin qurutmoqdir. Fard: Bo‘rini qo‘zi bilan qilgan semiz, Kiyik jam’u xaylig‘adur rahmsiz. 4. Ruboiy. To‘rt misrali banddan iborat bo‘lgan lirik janrlarning biri ruboiydir. Ruboiyda ko‘pincha 1-2 va 4-misralar o‘zaro qofiyadosh bo‘ladi. Unda ruboiyning qofiyalanish sxemasi quyidagicha: aa ba. Ayrim hollarda ruboiyning to‘rttala misrasi ham o‘zaro qofiyalanadi. Bunday she’riy shakl «taronai ruboiy», deb ataladi va uning qofiyalanish sxemasi: aaaa. Ruboiyda insonning muayyan his-tuyg‘ulari, kechinmalari teran falsafiy mushohadalari bilan omuxtalashtirib yuborilgan bo‘ladi, inson, hayot, yashashning ma’nosi, borliq haqidagi falsafiy umumlashmalar katta o‘rin tutadi. Ruboiyning dastlabki namunalari qadimgi fors-tojik xalq og‘zaki ijodida mavjud. Uning yozma namunalari esa IX—X asrlardagi fors-tojik adabiyotida, xususan, Rudakiy ijodida maydonga kelgan. XI—XII asrlarda yashagan fors-tojik shoiri Umar Xayyom esa ruboiy taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan. Navoiy va Boburlar o‘lmas ruboiylar yozganlar. Navoiyning quyidagi ruboiysi bu she’riy shakl haqida yorqin tasavvur hosil qilishga imkon beradi: