Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshekent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali



Yüklə 10,58 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü10,58 Kb.
#202588
akademik yozuv 1-mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHEKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI



KOMYUTER INJIRINGI FAKULTETI 1-BOSQICH
DI-11_23 GURUH TALABASI NAZAROVA FERUZANING
AKADEMIK YOZUV FANIDAN BAJARGAN


1-MUSTAQIL ISHI
Bajardi: Nazarova F.
Qabul qildi: Xo’jayev A.
Qarshi 2023
MATN TURLARI VA TARKIBI. MATN TAHLILI VA TAHRIRI.
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi. Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir. Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi.
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn. Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida oddiy axborot beriladi. Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir. Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) - 1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat; 2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki, bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin; 3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi.
Dialog janriga antik davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini dialog janri namunasi sanash mumkin. Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.
Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Jumladan, Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi.
Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ) . Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud ( q. badiiy nutq, ichki monolog). Matn tahlili va tahriri. Matn tahlili - bunda xilma-xil vazifalar bajariladi. Chunki bu tahlildan kuzatiladigan maqsad asarning xususiyatlarini o‘rganishdir. Matndagi voqealarda davrning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ahloqiy hayoti o‘z aksini topadi. Matnning adabiy tahlilida quyidagi maslalarga alohida e’tibor berilishi lozim: 1.Matn tahlilida tasvirlangan voqelik va shu voqelikka muallifning munosabati aniqlanadi. Masalan: Alisher Navoiyning "Farhod va Shirin" dostonida olijanob fazilatlarini ulug‘lash, adolat va xalqparvarlik, do‘stlik va qahramonlik, muhabbat erkinligi va unga sadoqati asarni g‘oyaviy mazmunini tashkil qiladi.
Asarda Xisrav, Yosumon kabi yovuz kuchlar bilan Farhod, Shirin, Mehnbonular o‘rtasidagi kurash ko‘rsatiladi. Shoir Farhod, Mehnbonu, Shirinlarning barcha harakatlariga xayrixohlik bildiradi. Shohni adolatli bo‘lishiga undash g‘oyasini ilgari suradi. 2. Tahlilda asarning mazmuniga ham shakliga ham e’tibor berish va mazmunning yetakchi rolini ta’kidlab o‘tish zarur. 3. Matn tahlilida tahlilning yuqoridagi u yoki bu turidan foydalaniladi. Matnni sharhlash so‘z va so‘z shakllari badiiy tasvir vositlarining asar g‘oyaviy va estetik mazmunini oshirishdagi roli izohlanadi. Matnni sharxlashda lingvistik aspekt asosiy o‘rinni egallaydi. U traditsion adabiiy tahlilda ham yetakchi sanaladi, chunki u matnning estetik strukturasi va badiiy tasvir vositlarini o‘rganishga ko‘maklashadi.
Yüklə 10,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin