594
PUBLISISTIKA USLUBIDA MAQOL VA MATALLARNING IFODALANISH
XUSUSSIYATLARI
Madaminova Gulsora Mirxamidovna
Farg’ona davlat universiteti chet tillar kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Maqollar va matallar oz xususiyati bilan o`zbek tilining ajralmas
bir bolagi hisoblanadi. Ayrim maqollarning kelib chiqish tarixi
uzoq tarixlarga borib
taqaladi va insonlarning yashagan davri, osha paytda qamrab turgan muhit, davr
mentaliteti, dunyoqarashlari ham ahamiyatlidir. Ushbu maqolada maqol va
matallarning xalq so’zlashuv hayotidagi o’rni va ahamiyati,
uning ijodkorlar
asarlaridagi tutgan o’rni haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, publisistika sohasining
maqol va matallar bilan chambarchas bog’liq ekanligi ko’rsatib o’tiladi.
Kalit so’zlar:
Majoziy ibora, ritmik shakl, antiteza, ong, qarash, estetik tuyg’u,
poetic shakl.
Matal—muayyan hayotiy hodisani aniq va to`g`ri belgilab beradigan obrazli
ifoda, ibora. Matallarda asosan kinoya qochiriq,
taqqoslash, o`xshatish kabi badiiy
vositalardan oqilona foydalaniladi. Bunda asosan majoziy iboralarning o`z asl manolari
bilan bir vaqtda ularning ko`chma ma`nolari o`rtasidagi yaqinlik, mantiqiy bog`lanilishi
lozim. Maqollar va matallar bir yoki bir necha jumladan tuziladi, ular orasida
qofiyalanish hamisha saqlanmaydi.
Misol uchun:
“Shamol bo`lmasa, daraxtning shoxi qimirlamas”
“Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit.”
1
Maqol va matallar muayyan ritmik shaklga ega bo`ladi. Maqol –xalq og`zaki
ijodi janri; qisqa va lo`nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma`noli hikmatli
ibora, chuqur mazmunli janr hisoblanadi. Maqol ham matallar singari muayyan ritmik
shaklga egadir. Maqollarda asosan avlod ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatdagi
munosabati, tarixi,
ruhiy holati, etik va estetik tuyg`ulari, ijobiy fazilatlari
mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixchamlanib sodda
poetik shaklga keltiriladi.
1
O`Zme.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil.
595
Maqol va matallar mavzular jihatdan rang barangdir. Vatan, mehnat, ilm-hunar,
do`stlik, ahillik, donolik, hushyorlik,
til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi
mavzularda, shuningdek, salbiy xislatlar xususida rang-barang maqol va matallar
vujudga kelgan. Maqollarda antiteza hodisasi ko`p uchraydi.
Misol uchun:
“Kattaga hurmatda bo`l, kichikka izzatda bo`l”
“Uzoqni somonidan yaqinning poxoli yaxshi”
Publisistika uslubi va unda maqol va matallarning ifodalanishi,
xususiyatlari
haqida gapiradigan bo`lsak, avvalo publisistika uslubi nima? Uning xususiyati nima?
Uning ahamiyati nimadan iborat? degan qator savollarga javob berishimiz kerak.
Publisistika(lotincha: publicus- ijtimoiy) – davrning ijyimoiy- siyosiy va boshqa
dolzarb masalalariga bag`ishlangan adabiy ijod turi hisoblanadi. Publisistikaning
vazifasi ijtimoiy fikr uyg`otish va uni shakllantirish, ma`lum maqsadga yo`naltirish,
hujjatli fakt, ma`lumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan iborat. Hozirgi
zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador o`tmish va kelajak
faktlari publisistikaning
ma`lum bir predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ong, qarashlarning salmog`i ortgan
sari publisistning, ya’ni ijodkorning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora,
dangal ifodalash tamoyili ham oshadi. Publisistika roman, pyesa, kino asarlarda ham
paydo bo`lmoqda. Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi
maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham
publisistikaga kiradi. Publisistika mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma`naviy- axloqiy, adabiy,
tanqidiy; uslubiy jihatidan baxs-munozarali,
tashviqot- targ`ibot, tanqidiy- tahliliy, hajviy ko`rinishlarga ega.
O`rta Osiyo xalqlari tarixida publisistika ancha qadimiydir. Publisistika
xususiyatlari “Qobusnoma” asarida yaqqol ko`zga tashlanadi. Shu o`rinda Alisher
Navoiyning “Majolis un- nafois”, “Munshaot” , “Mahbub ul-qulub” asarlarida ham
publisistikaning tugal xususiyatlari uchraydi. O`tgan asrlarda yashab ijod etgan, ko`zga
ko`ringan namoyondalarimiz Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Mahmud,
Sayid Hasan Ardasher va boshqalarni adabiy portretlarini
publisistik ocherklar, deb
atash mumkin. Navoiyni nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni o`zbek badiiy
publisistikasining asoschisi deb atashga imkon beradi. Publisistik xususiyat o`zbek
mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. O`zbekistonda ijtimoiy hayotga