Mavzu: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nodir kitoblar fo'ndida saqlanayotgan turkiston to'plami jamlanmasi asosida mustamlaka tarixiga oid maqolalarni o'rganish Reja
Alisher Navoiy nomidagi O\'zbekiston milliy kutubxonasi nodir kitoblar fo\'ndida saqlanayotgan turkiston to\'plami jamlanmasi asosida mustamlaka tarixiga oid maqolalarni o\'rganish
Mavzu: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nodir kitoblar fo'ndida saqlanayotgan turkiston to'plami jamlanmasi asosida mustamlaka tarixiga oid maqolalarni o'rganish Reja: 1. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nodir kitoblar fo'ndida saqlanayotgan turkiston to'plami jamlanmasi asosida mustamlaka tarixiga oid maqolalarni o'rganish
2. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi
3. Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlari
Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiyuslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasik. Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo.
Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan. 1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan Oʻzbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan Oʻrta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi. 2002-yildan hozirgi nomda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Respublika ilmiy texnika kutubxonasi va Oʻzbekiston milliy kitob palatasini oʻzida birlashtirgan yirik bilim maskanidir. Fondida 6,5 mln.ga yaqin kitob bor (2005); shundan 5,2 mln. kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 mln. Ilmiy-texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida oʻzbek va Sharq mumtoz adabiyoti namunalari (toʻplami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 oʻrinli 9 ta qiroatxona, 20 oʻrinli internet markaz, media markaz, 10 oʻrinli internetga ulangan oʻquv kompyuter markazi bor. Kitobxonlarning oʻrtacha qatnovi yiliga 500 mingni, kitob berilishi 1,7 mln. nashrni tashkil etadi; 13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar berish amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar mavjud: kitobxonlarga xizmat koʻrsatish; fondni butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar boʻlimi, kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy bibliografiya; axborot; oʻsmirlar boʻlimi; ma'daniyat va sanʼat boʻyicha ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyottahririyat; nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazoratdispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, yigʻilgan axborotni kitobxonga yetkazish, oʻtmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy gʻoyalarga toʻla asarlarni toʻla oʻrganishga yordam berishdir. Uning oʻta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar toʻplamining faxri boʻlib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qoʻlyozmalari boʻlgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Ular orasida Oʻrta Osiyoning 20-asr boshigacha boʻlgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensiklopediya — "Turkiston toʻplami", A.L.Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni oʻz ichiga olgan 4 qismli "Turkiston albomi", Sh. Ibrohimov tuzgan "Taqvim" (1871), davriy nashrlar, "Ostrog injili" (1581), "Arifmetika" (1703), "9nemis injili" (1489), "Sharq qutubxonasi" (1697) va boshqalar mavjud. Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari katta ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalaridan oʻrtacha 15—20 ming nusxa nashrlar oladi.
Kutubxona respublikada nashr etiladigan asarlarning 2 nazorat nusxasini oladi. 2003-yildan xorijiy davriy nashrlar obunasi uchun (u xoh qogʻozda, xoh elektron koʻrinishida boʻlsin) valyuta mablagʻi bilan taʼminlangan. 1956-yildan Xalqaro kitob ayirboshlash ishlari, 30 mamlakat va 150 dan ortiq tashkilotlar bilan keng aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Germaniya (jahonning 125 nomdagi ilmiy jurnallariga obuna), AQSH (dissertatsiya avtoreferatlari va boshqalarning elektron bazasidan foydalanish) kompaniyalari bilan aloqalar oʻrnatilgan. Kutubxona mutaxassislari Xalqaro konferensiya, seminarlarda ishtirok etadi, xorijda malaka oshiradi. Shuningdek, kutubxona muntazam uyushtiriladigan Oʻzbekistondagi Germaniya, AQSH, Shveysariya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Eron, Malayziya elchixonalari, xalqaro jamgʻarma va tashkilotlar (AQSH elchixonasi Axborot markazi, Jahon va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonalari va boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi. Bu aloqalar kutubxona fondini toʻldirish, turli anjumanlar oʻtkazish, kitob koʻrgazmalari, chet tillarni oʻrganish, malaka almashish, maʼrifiy ishlarda ishtirok etishda hamda kutubxonani texnika bilan jihozlash, nodir nashrlar va toʻplamlarni saqlashda oʻz samaralarini bermoqda.
Kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanadi: kitobrasmli koʻrgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma qoʻllanmalari ("Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi", "Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi", ".. Kutubxona. dunyosi", "Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati"ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi axborot va madaniy-ma’rifiy muassasa bo‘lib, kutubxonachilik, bibliografik, ilmiy tadqiqot, ilmiy-metodik va axborot faoliyatini olib boradi. Kutubxona fondi mazmunan universal milliy va xorijiy matbuotning noyob to‘plamidir. Kutubxona faoliyatining bosh maqsadi, butun insoniyat bilimini aks ettirgan, avvalo, O‘zbekistonga va uning milliy manfaat lariga taalluqli hujjatlarning universal fondini yig‘ish, saqlash hamda jamiyat foydalanishi uchun taq dim etishdir.
Noyob va nodir nashrlar fondi kutubxona kitob kolleksiyasining faxridir, u 250 mingdan ortiq nashrdan iborat. Ularning 15 mingdan ortig‘i nodir kitoblar hamda qo‘lyozmalardir. Kutubxonaning o‘ta noyob to‘plamida O‘rta Osiyoning 1917 yilgacha bo‘lgan tarixi, etnografiyasi, madaniyati va geografiyasiga oid o‘ziga xos ensiklopediya bo‘lgan 594 tomlik noyob «Turkiston to‘plami» hamda A.P.Kun tuzgan 4 qismdan iborat 10 tomlik 1200 noyob fotosuratlarni o‘z ichiga olgan Turkiston o‘lkasi aholisining turmush tarzi, urf-odatlari to‘g‘risidagi «Turkiston albomi» alohida o‘rin egallaydi.
Respublika tarixi bo‘yicha XIX asrning oxiri XX asrning birinchi choragidagi o‘lkashunoslik mavzusidagi adabiyotlar, birinchi Turkiston litografik, vaqtli nashrlari, qo‘lyozma kitoblar kolleksiyasi, muqaddas kitob–Qur’onning turli nashrlari tadqiqotchilar uchun katta qiziqish uyg‘otadi. Kutubxonada qadimiy rus kitoblaridan XVI asr matbaa san’ati yodgorligi, Ivan Fedorov tomonidan 1581 yilda Ostrog shahrida bosilgan «Ostrojskaya bibliya» kitobi, 1647 yilda Moskvada cherkov-slavyan shrifti bilan bosilgan dunyoviy mazmundagi «Ucheniye i xitrost ratnogo stroyeniya pexotnix lyudey» birinchi rus kitobi, Petr davri kitoblari–Leontiy Magnitskiyning «Arifmetika»si (1703 yil), Buyuk Petr davri «Xmochnovskaya rukopis» va boshqalar mavjud. G‘arbiy Yevropa kitoblarining nodir kolleksiyasida 1489 yilda Nyurnbergda bosilgan «Devyataya Nemetskaya bibliya» inkunabuli, B.Erbeloning 1697 yilda Parijda nashr qilingan «Vostochnaya biblioteka»si mavjud.
Buyuk ajdodlarimiz Al-Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahoutdin Naqshbandiy, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur asarlari kutubxona fondida ko‘z qorachig‘idek saqlanmoqda. Cho‘lpon, Fitrat, U.Nosir, Hamza, G‘.G‘ulom, A.Qahhor va boshqa ijodkorlarning hayotligida chop etilgan asarlarning ilk nashrlari, rus adiblari A.S.Pushkin, L.N.Tolstoy, A.P.Chexov, A.N.Tolstoylarning asarlari bebahodir.
Xorijiy tillardagi adabiyotlar fondi 75 dan ziyod tillardagi ijtimoiy-siyosiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy va texnika masalalariga oid nashrlar bo‘lib, bugungi kunda 350 mingdan ortiq nusxani tashkil etadi.
Kutubxonaning San’at bo‘limi o‘ziga xos notali-musiqaviy asarlar to‘plamini, o‘zbek klassik va jahon musiqasi gramplastinka yozuvlarini, 150 mingdan ortiq tasviriy va amaliy san’at nashrlarini jamlagan.
Texnikaga doir adabiyotlar (2 mln.dan ortiq nusxada) ham mazmuniga ko‘ra o‘ziga xos bo‘lib, me’moriy-texnik hujjatlar, sanoat kataloglari (qog‘ozda) to‘plami (33700 nusxadan ortiq)dir.
Avtomatlashtirish yangi axborot texnologiyalari bo‘limi yagona avtomatlashgan kutubxona tizimini qo‘llaydi va rivojlantiradi, elektron katalog hamda elektron ma’lumotlar bazasini yaratishda metodik yordam beradi.
Kutubxona o‘z nashriyot va bosmaxonasiga ega bo‘lib, noshirlik hamda matbaa faoliyati bilan shug‘ullanadi.
1988 yildan kutubxonachilik jarayonini avtomatlashtirishga, 1999 yildan Rossiya Davlat Ilmiy texnika kutubxonasining IRBIS avtomatlashtirilgan axborot dasturidan foydalangan holda vatanimiz va chet el yangi nashrlarining elektron katalogini yaratishga kirishildi. Kutubxonaning elektron katalogi bugungi kunda 25 mingdan ortiq yangi adabiyotlarning bibliografik yozuvlari va davriy nashrlarning analitik yozuvlarini saqlaydi. Kutubxona o‘z ma’lumotlar bazasini yaratmoqda va “Curret Content”, “MicroMedex”, “Medine”, EBSCO va ma’lumot bazalari bilan ishlash imkoniyatidan unumli foydalanmoqda.
Kutubxona 1923 yildan boshlab bosma asarlardan majburiy nusxa ola boshlagan. 1948 yilda kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berilgan.
Kutubxona 1956 yildan buyon xalqaro kitob almashuvini amalga oshirib, uning sheriklari jahonning 24 mamlakatidan 30 dan ortiq tashkilotlardir. Kutubxona yirik xalqaro kutubxonachilik tashkilotlari: IFLA, YevroOsiyo kutubxonalar Assotsiatsiyasi, elektron kutubxonalar va yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilar hamda foydalanuvchilar xalqaro Assotsiatsiyasining a’zosi.
Kutubxona ko‘plab xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar bilan, shuningdek, O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan chet mamlakatlarning elchixonalari bilan mustahkam ijodiy aloqalar o‘rnatgan bo‘lib, madaniyati, diniy qarashlari va tarixiy ildizlari turlicha bo‘lgan xalqlarning yaqinlashishiga o‘zining hissasini qo‘shmoqda.
Hozirgi kunda kutubxona fondi jahonning 75 tillaridagi deyarli 10 mln. nusxaga yetgan.
Kutubxona respublikamizdagi barcha kutubxonalarga kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohalari bo‘yicha metodik rahbarlik qiladi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat milliy kutubxonasi — Oʻzbekistondagi eng yirik kutubxona; kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ilmiyuslubiy markazi. Respublikaning maʼnaviy-madaniy markazi sifatida jamiyatning maʼnaviy va axborot ehtiyojlarini qondirish, fan, maorif, milliy madaniyatni boyitishga xizmat qiladi, mamlakatdagi barcha kutubxonalar uchun kutubxonachilik, bibliografiya, ilmiy tekshirish metodika va axborot ishlarini amalga oshiradi. Oʻzbekiston milliy kutubxonasik. Xalqaro kutubxonalar assotsiatsiyasiga aʼzo.
Toshkent shahrida 1870-yilda Toshkent ommaviy kutubxonasi nomi bilan asos solingan. 1886-yildan Turkiston ommaviy kutubxonasi, 1919-yildan Turkiston xalq kutubxonasi deb atalgan. 1925-yildan Oʻzbekiston davlat kutubxonasi, 1929-yildan Oʻrta Osiyo davlat ommaviy kutubxonasi, 1934-yildan Oʻzbek davlat ommaviy kutubxonasi. 2002-yildan hozirgi nomda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida. 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan kutubxonaga shoir nomi berilgan. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Respublika ilmiy texnika kutubxonasi va Oʻzbekiston milliy kitob palatasini oʻzida birlashtirgan yirik bilim maskanidir. Fondida 6,5 mln.ga yaqin kitob bor (2005); shundan 5,2 mln. kitob va davriy nashrlar, 541,7 ming mikrofilmlar, 2,073 mln. Ilmiy-texnika adabiyoti, 364,8 ming chet tillardagi adabiyot, 33,9 ming texnik normativ hujjatlar tashkil qiladi. Ular orasida oʻzbek va Sharq mumtoz adabiyoti namunalari (toʻplami), jahonning 75 dan ortiq tillaridagi kitoblar mavjud. 300 oʻrinli 9 ta qiroatxona, 20 oʻrinli internet markaz, media markaz, 10 oʻrinli internetga ulangan oʻquv kompyuter markazi bor. Kitobxonlarning oʻrtacha qatnovi yiliga 500 mingni, kitob berilishi 1,7 mln. nashrni tashkil etadi; 13 mingdan ziyod turli xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar berish amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasida quyidagi boʻlimlar mavjud: kitobxonlarga xizmat koʻrsatish; fondni butlash; adabiyotlarga ishlov berish va kataloglar boʻlimi, kitob saqlash; ilmiy-uslubiy; milliy bibliografiya; axborot; oʻsmirlar boʻlimi; ma'daniyat va sanʼat boʻyicha ilmiy axborot; chet el adabiyotlari; kutubxonalararo abonement (KAA); avtomatlashtirish va axborot texnologiyasi; ilmiy tadqiqot markazi; nashriyottahririyat; nodir va qadimiy nashrlar; depozitar saqlash fondi; nazoratdispetcher, maʼmuriy xoʻjalik boʻlimi.
Oʻzbekiston milliy kutubxonasining asosiy vazifasi kitobxonlarga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish, yigʻilgan axborotni kitobxonga yetkazish, oʻtmishning boy tarixiy madaniy merosini, axloqiy gʻoyalarga toʻla asarlarni toʻla oʻrganishga yordam berishdir. Uning oʻta qimmatbaho va nodir nashrlar fondi kutubxona kitoblar toʻplamining faxri boʻlib, unda 15 mingdan ortiq nodir kitoblar va qoʻlyozmalari boʻlgan 250 mingdan ortiq nashrdan iborat materiallar saqlanadi. Ular orasida Oʻrta Osiyoning 20-asr boshigacha boʻlgan tarixi, etnografiyasi, geografiyasi va madaniyatiga oid 594 jilddan iborat noyob ensiklopediya — "Turkiston toʻplami", A.L.Kun tomonidan tuzilgan 1200 dan ortiq noyob fotosuratlarni oʻz ichiga olgan 4 qismli "Turkiston albomi", Sh. Ibrohimov tuzgan "Taqvim" (1871), davriy nashrlar, "Ostrog injili" (1581), "Arifmetika" (1703), "9nemis injili" (1489), "Sharq qutubxonasi" (1697) va boshqalar mavjud. Oʻzbek adabiyotining yirik vakillari Choʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor va boshqalarning hayotligida ilk bor nashr etilgan asarlari katta ahamiyatga ega. Kutubxona har yili fondini butlashning turli manbalaridan oʻrtacha 15—20 ming nusxa nashrlar oladi.
Kutubxona respublikada nashr etiladigan asarlarning 2 nazorat nusxasini oladi. 2003-yildan xorijiy davriy nashrlar obunasi uchun (u xoh qogʻozda, xoh elektron koʻrinishida boʻlsin) valyuta mablagʻi bilan taʼminlangan. 1956-yildan Xalqaro kitob ayirboshlash ishlari, 30 mamlakat va 150 dan ortiq tashkilotlar bilan keng aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, Germaniya (jahonning 125 nomdagi ilmiy jurnallariga obuna), AQSH (dissertatsiya avtoreferatlari va boshqalarning elektron bazasidan foydalanish) kompaniyalari bilan aloqalar oʻrnatilgan. Kutubxona mutaxassislari Xalqaro konferensiya, seminarlarda ishtirok etadi, xorijda malaka oshiradi. Shuningdek, kutubxona muntazam uyushtiriladigan Oʻzbekistondagi Germaniya, AQSH, Shveysariya, Rossiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Eron, Malayziya elchixonalari, xalqaro jamgʻarma va tashkilotlar (AQSH elchixonasi Axborot markazi, Jahon va Osiyo taraqqiyot banki vakolatxonalari va boshqalar) bilan faol hamkorlik qiladi. Bu aloqalar kutubxona fondini toʻldirish, turli anjumanlar oʻtkazish, kitob koʻrgazmalari, chet tillarni oʻrganish, malaka almashish, maʼrifiy ishlarda ishtirok etishda hamda kutubxonani texnika bilan jihozlash, nodir nashrlar va toʻplamlarni saqlashda oʻz samaralarini bermoqda.
1998-yildan kutubxonachilik jarayonlarini avtomatlashtirish, 1999-yildan vatan va chet el nashrlariga yangi elektron katalog tuzishga kirishilgan. 2000-yilda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining 130 yilligi keng nishonlandi. Kutubxona adabiyotlar targʻibotining turli anʼanaviy va noanʼanaviy shakl va usullaridan unumli foydalanadi: kitobrasmli koʻrgazmalar, adabiy-badiiy kompozitsiyalar, tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmalari va boshqalar tashkil qiladi. Yiliga 30 nomda metodik bibliografiya qoʻllanmalari, koʻrsatkichlar, yangi adabiyotlar katalogi, yoʻriqnoma qoʻllanmalari ("Mustaqil Oʻzbekistonning muhim va unutilmas sanalari taqvimi", "Oʻzbekiston Respublikasi madaniy hayoti koʻrinishi", ".. Kutubxona. dunyosi", "Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati"ga oid yangi adabiyotlar va boshqalar) va boshqalar nashr etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Gosudarstvennaya biblioteka Uzbekistana imeni Alishera Navoi (1870—1970), T., 1977;
Korniliysin A.I., Sudbm knig. T., 1994;
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi (eslatma), T., 2003. Abdusalom Umarov