Qadimgi turkiy adabiy istilohlar



Yüklə 214 Kb.
səhifə11/20
tarix06.04.2023
ölçüsü214 Kb.
#93987
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
1-20 sher

1 - ov 2 - tuzoq 3 - asta 4 - oyog'i bog'li, tutqundir


MARSIYA JANRI
Marsiya (marsiya) — 1) Yaqin va Oʻrta Sharq poeziyasida adabiy janrlardan biri; 2) biror mashhur kishi yoki keksa oila aʼzosi vafoti munosabati bilan gʻam-alam va hasratni ifodalaydigan xalq ogʻzaki poetik va musiqa ijodiyotining azamotam janri. M. qoʻshiq yoki ashula turi sifatida dafn marosimida hayotdan koʻz yumgan kishining yaxshi hislatlari, ish faoliyatlari, qarindoshlik aloqalari esga olinib erkaklar tomonidan joʻrsiz rechitativ yoki kuychan, ogʻir, mungli ohanglarda aytiladi. M.da xalq soʻzlari, gʻazal, ruboiy, muhammas va boshqa asosida shaxs boshiga tushgan kulfat, yakin kishidan judo boʻlish qismati aks etadi. Ayrim xududlarda, baʼzan esa oilalarda M.ni ayollar ham alohida taʼsirchan va mahorat bilan aytgan. "Sadr"yoki "Jaxr" marosimlarida M. ("aytib yigʻlash" maʼnosida) lar yakin qarindoshlari davrasida hofiz yoki xonanda tomonidan ijro etilgan (ayrim xrlatlarda cholgʻu joʻrnavozligida). Yozma manbalarda M. haqida maʼlumotlar va namunalar berilgan: Narshaxiyning "Buxoro tarixi" kitobida Siyovushga bagʻishlangan M., Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida Alp Ertunga M.si, adabiyotda Alisher Navoiyning ustozi Abdurahmon Jomiyga bagʻishlangan M.si, Hamzaning birinchi oʻzbek aktrisasi Tursunoyga bagʻishlab yozgan M.si, xalq orasida Mulla Toʻychi Hofizga bagʻishlangan M. va boshqa 20-asr oʻzbek adabiyoti va musiqasida M.lar ijod etilgan: Rasul kori Mamadaliyev tomonidan bir necha M.lar yaratilgan; M. Burhonovning "Epitafiya" asari M. shaklida yozilgan. Rustam Abdullayev Yosh va shijoatli temuriyzoda saltanatning Fors viloyatida yigirma yildan ortiq hukmdorlik qilgan. Mazkur davrda Sherozda “Madrasai dor us-safo”, “Dor ul-eytomiy” (yetimxona) kabi binolar va bog‘ barpo qilganligi ma’lum[5]. Uning ko‘rsatmalariga binoan temuriylar tarixini o‘ta tantanavorlik va badiiy bo‘yoqlarga boy tarzda yoritgan Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarini yozib tugatgan.
Shuningdek, Ibrohim Sultonning nomi xattotlik san’ati sohasida qoldirgan asarlari bois suls xatining ustozlari qatorida qadrlanadi. Bu sohani u Fors viloyatiga kelgan paytlarida Pir Muhammad Sheroziydan o‘rgangan[6]. Ibrohim Sulton ko‘chirgan bir nechta Qur’on nusxalari hozirda Eron qo‘lyozma fondlarida saqlanadi.
Ibrohim Sulton homiyligida turkiy va fors adabiyotining ajoyib namunalari yaratildi va nodir nusxalari ko‘chirildi. Uning hukmdor va ijodkor sifatida muntazam adabiy anjumanlar o‘tkazib turganligi ham ma’lum.
Qisqa umri davomida Fors viloyatining hukmdori sifatidagi faoliyati ilm-fan, adabiyot va san’at sohalari vakillari tomonidan yuksak qadrlangan[7]. Shu bois uning bevaqt vafoti qattiq qayg‘u bilan, katta yo‘qotish sifatida qabul qilingan. Hukmdorning vafoti munosabati bilan marsiyalar bitilgan. Ana shunday marsiyalardan biri Hofiz Xorazmiy ijodiga mansub. Bu marsiya turkiy tilda yozilganligi bilan e’tiborga loyiq.
Hofiz Xorazmiy devoni qo‘lyozmasi 1975 yilda professor Hamid Sulaymonov tomonidan Hindistonning Haydarobod shahridagi Salarjang muzeyi sharq qo‘lyozmalari xazinasidan topilgan. Devonda shoirning 9 ta qasida, 2 tarkibband (shundan bittasi marsiya), 3 ta tarji’band, 1 muxammas, 1052 ta g‘azal, 2 ta mustazod, 31 ta qit’a, 12 ta ruboiysi jamlangan.
Marsiyaning ayrim matn xususiyatlari, shoirning hayot yo‘li, devon tartib berilgan sanasi, o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixida eng qadimiy marsiya namunasi ekanligi xususida Hamid Sulaymonov[8] va Mo‘min Sulaymonov[9] lar tomonidan fikrlar bildirilgan. Ilmiy izlanishlarda marsiya yuzasidan xulosalar bildirilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar matn to‘liq e’lon qilinmagan. Marsiya matnining e’lon qilinishi o‘zbek adabiyotida marsiya janri, uning tarixiy taqdiri, badiiyati kabi masalalar yuzasidan olib borilajak tadqiqotlarda o‘ziga xos ilmiy ahamiyatga ega bo‘la oladi.
Marsiya to‘qqiz banddan iborat, tarkibband shaklida yozilgan. Unda muallif Ibrohim Sultonning tarixiy va adabiy manbalarda e’tirof etilgan barcha fazilatlarini o‘quvchi ko‘z oldida gavdalantirishga harakat qilgan. Xususan, sarkarda sifatida erishgan g‘alabalari, jasorati, saxiyligi, adolat bilan olib borgan siyosati, ilm-fan, san’at, adabiyot sohasi vakillarini qadrlaganligi esga olinadi. O‘z navbatida bu motamdan barcha qattiq qayg‘uda ekanligi aytiladi va o‘sha qayg‘uga botganlarga Ibrohim Sultonning o‘rniga o‘g‘li Mirzo Abdullo qolganligini bildiradi.

Yüklə 214 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin