Toshkent kimyo-texnologiya institutining yangiyer filiali



Yüklə 54,01 Kb.
səhifə1/4
tarix25.12.2023
ölçüsü54,01 Kb.
#196245
  1   2   3   4
MARKS hayoti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA`LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTINING

YANGIYER FILIALI




Mustaqil ish
BAJARDI :_ ­­­­­­Karimova Muhiba
TEKSHIRDI: ­­­­­­____________________________

YANGIYER-2023




Mavzu: Marks iqtisodiy ğoyalari vujudga kelishining ijtimoiy-idtisodiy shart-sharoitlari, uning mohiyati, tarixiy taqdiri
Reja:

  1. Marks hayoti va ijodi
  2. Ijtimoiy va siyosiy faoliyat


  3. Kapital" va sotsializm

  4. Marks kommunizmi oqibatlari

  5. Marksizm o‘zi nima?



Karl Marx (talaffuzi: Karl Marks; 1818-yil 5-may, Trir, Prussiya — 1883-yil 14-mart, London, Buyuk Britaniya) nemis faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi, sotsiologi, siyosiy jurnalisti va sotsial inqilobchisi. Karl Marks 1818 yil 5-mayda Germaniyaning Trier shahrida tug'ilgan. U yahudiylarning badavlat oilasida o'sgan. Uning otasi Geynrix Marks advokat bo'lib ishlagan va onasi Henrietta Pressburg bolalarni tarbiyalash bilan shug'ullangan. Markslar oilasida 9 farzand bo'lgan, ulardan to'rttasi katta yoshga to'lmagan. Uning gʻoyalari ommaviy fanlar yaratilishida va sotsialistik harakatning rivojlanishida muhim oʻringa ega boʻlgan. Marx falsafada dialektik va tarixiy materializm, iqtisotda qoʻshimcha narx nazariyasi, siyosatda sinflar kurashi nazariyasining muallifidir. U hayoti davomida koʻplab asarlar yaratgan, ulardan eng taniqlilari — „Kommunistik partiya manifesti“ va „Kapital“. Marx advokat oilasida tugʻildi. 1835—1841-yillarda Bonn va Berlin untlarining yuridik fakultetlarida oʻqidi. Falsafiy qarashlari yosh gegelchilar taʼsirida shakllandi. 1842-yil „Reyn gazetasi“ (Kyoln)ga muharrirlik qildi. 1843-yil Parijga koʻchib keldi. Bu yerda Fridrix Engels bilan doʻstlashdi (1844) va u bilan birgalikda yozgan „Muqaddas oila“ asari (1845) tuzumni oʻzgartirishga shaylangan proletariatning nazariya va taktikasiga bagʻishlandi. Prussiy hukumatining tazyiqi tufayli Parijdan chiqarib yuborilgach, Bryusselga keldi. Bu yerda Engels bilan hamkorlikda yaratgan „Nemis mafkurasi“ (1845—46) asarida dialektik va tarixiy materializmning asosiy qoidalari bayon etilgan. Marxning „Falsafa qashshoqligi“ (1847) asarida esa tarixiy materializm va proletar siyosiy iqtisodi asoslari yoritilgan. „Kommunistlar uyushmasi“ xalqaro tashkilotining ishida faol qatnashgan Marx va Engels bu tashkilotning dasturi — „Kommunistik partiya manifesti“ni yozdilar (1848). Fransiyada 1848-yil inqilobi boshlangandan keyin Belgiya hukumati Marxni qamoqqa oldi va mamlakatdan chiqarib yubordi. Marx Parijga kelib, Kommunistlar uyushmasining yangi MKni tuzdi. Aprelda Marx va Engels Kyolnga joʻnadilar, bu yerda Marx „Yangi Reyn gazetasi“ga bosh muharrir boʻldi. 1849-yilning mayida Prussiya hukumati Marxni badargʻa qilib, gazetani yopdi. Marx 1849-yilning avgustida Londonga koʻchib bordi va umrining oxirigacha oʻsha yerda yashadi. Bu yerda Engelsning moddiy yordami bilan nazariyotchilik va jamoatchilik faoliyatini davom ettirdi. Marx 1-Internatsional (1864—76)ning tashkilotchisi va yetakchisi edi. 1867-yil Marxning asosiy asari „Kapital“ (1-jildi) bosilib chiqdi; Marx uning keyingi jildlarini tugata olmadi. Ularni Engels nashrga tayyorladi (2-jild, 1885; 3-jild, 1894). Bu asar Marxizm iqtisodiyoti va sinfiy kurash nazariyasiga oid asosiy kitob hisoblanadi. Marxning boshqa asarlari: „Lui Bonapartning oʻn sakkizinchi bryumeri“ (1852), „Siyosiy iqtisod tanqidiga doir“ (1859), „Fransiyada fuqarolar urushi“ (1871), „Gota dasturini tanqid“ (1875 1839 yilda yigit "Epikur, stoik va skeptik falsafa tarixiga oid daftarlar" asarini yozdi. Bir necha yil o'tgach, u tashqi universitetni tugatdi, doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi - "Demokritning tabiiy falsafasi va Epikurning tabiiy falsafasi o'rtasidagi farq".

Yüklə 54,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin