Masnaviy (arab. — ikkilik. Koʻpligi — masnaviyot) — har bir baytining misralari qofiyadosh boʻlgan va baytdan baytga qofiyasi yangilanib boradigan sheʼriy shakl (a-a, b-b, v-v, ...). Mumtoz adabiyotda (mas, Alisher Navoiy asarlarida) syujetli kichik sheʼriy asarlar ham, dostonlar ham M. deb yuritiladi. Turkiy adabiyotda M. shakli ilk bor Yusuf Xos Hojibnkng "Qutadgʻu bilig" asarida qoʻllangan. Durbekpint "Yusuf va Zulayho", Haydar Xorazmiynmnt "Maxzan ul-asror" asarlari M.da bitilgan. Navoiy davriga kelib M. epik sheʼriyatning asosiy janri boʻlib qoldi. Ulugʻ shoirning asosiy epik asarlari ("Hamsa", "Lison uttayr" va boshqalar) M. janrida yozilgan. M. hozirgi zamon oʻzbek sheʼriyatida ham qoʻllanmoqda. Masalan, H. Olimjonning "Oʻzbekiston" sheʼri, Gʻ. Gʻulomning "Koʻkan", "Egalari egallaganda" dostonlari va boshqa
Doston
Doston, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. Dostonda muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang. Xalq ogʻzaki ijodidagi Dostonlar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi Dostonlar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi Dostonlarda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon Dostonlarida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi Dostonlar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi.