TUYUQ VA TAJNIS SAN'ATI
TUYUQ - lirik janr. Tuyuq adabiy va forsiy adabiyotda yòq. Turkiy she'riyatga xos bòlgan janr hisoblanadi. Turkiy xalqlar oģzaki adabiyoti ta'sirida shakllangan. Tuyuq tòrt misradan iborat bòlishi kerak. Tuyuqlar ruboiy kabi a-a-a-a va a-a-b-a tarzida qofiyalanadi.Tuyuqda qofiyaga olingan sòzlar tajnisli bòlishi kerak, ya'ni omonim yoki shakldosh sòzlar turkumidan tashkil topgan bòlishi kerak.
Tuyuq lirik janrining ikki, uch, yoki tòrt misrasi oxirida tajnis san'ati hosil qiladigan sòzlar yoki sòzlar turkumi qòllangani uchun shuning òzi qofiya òrniga òtadi. Oģzaki she'riyatimizda barmoq vaznining òn bir bòģinli , ya' ni olti va besh bòģinli turoqlardan iborat she'rlar kòp uchrab turadi.
Turkiy she'riyatda bir qancha shoirlar tuyuq yozgan.
Bormoģin
Necha dedim ul sanamģa : "Bormoģin",
Qilmadi ul tark oxir bormoģin.
Munchakim xudroyliq kòrguzdi ul,
Aql hayrat qildi, tishlab bormoģin.
"Bormoģin" tajnisli tuyuģi Alisher Navoiyning " Badoye ul-vasat" devonidan olingan. Alisher Navoiy barcha tuyuqlarini jamlab shu devonga jamlagan va devonda òn uchta tuyuq bor. Turkiy she'riyatida Lutfiy ham tuyuq yozgan.
LUTFIY IJODIDAN TUYUQ JANRI
Bandamen
Men sening ilkingdin, ey dil , bandamen ,
Vah, qachon yetkaymen ul dilbanda men.
Bevafolarģa meni qilding asir,
Sen menga sultonsen, ey dil , banda - men.
Tajnisi- " dil va bandamen" sòzlari.
Birinchi misradagi " dil bandamen " - yurak, bandaman.
Ikkinchi misrada " dilbanda men" - dilbandga men.
Tòrtinchi misrada " dil, banda- men " - yurak , qul- men.
Kòrinib turibdiki, ushbu tuyuq tajnisli tuyuq. Tuyuqlardan namunalar eng oldi òzbek shoirlari qalamiga mansub
Sinfdagi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib, ular o‘rtasida musobaqa tashkil qilish mumkin. Tahlil jarayonida o‘quvchining vazifani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarganiga emas, balki mehnatiga e’tibor beriladi. O‘qituvchi o‘quvchida qanday shaklda bo‘lmasin, o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmasini shakllantirishi lozim. Har qanday qolip jumlalar, muayyan shakldagi fikrlardan chekinishga, masalani kengroq tasavvur qilishga undash, tafakkur yuritishga erishish kerak. Shundagina o‘quvchi adabiyot darslari mavzularini birmuncha o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchiga savollar berib, uni fikrlashga undashi, yo‘naltirishi lozim. Masalan:
— Nega yozuvchi bu qahramonga shunday nom qo‘ygan, nima deb o‘ylaysiz?
— Nega qahramon bu holatda shunday dedi?
— Asardagi bu obraz nega shunday yo‘l tutdi?
— Buning o‘rniga nima deyish mumkin edi?
— Shu holat sizda yuz bersa, nima qilgan bo‘lardingiz?
Dostları ilə paylaş: |