Qadimgi turkiy adabiy istilohlar



Yüklə 214 Kb.
səhifə5/20
tarix06.04.2023
ölçüsü214 Kb.
#93987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
1-20 sher

MUNOZARA JANRI
Munoza – adabiy janr sifatida xalq og`zaki badiiy ijodiyotida shakllanib, avloddan-avlodga o`tib, yozuv sharofati orqali yetib kelgan “Yoz bilan qish tortishuvi” asarida ko`ramiz. Asarni yaratgan mehnatkash xalq badiiy konfliktga kirishuvchi kuchlarni xalqqa yetkazgan foyda va ziyonlariga qarab baholaydi, ularni kurashtiradi. Bu asar hozirgi adbiyotshunoslik ilmida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirila boshlanishi va sinfiy jamiyatning kurtak ota boshlashi davrlari badiiy ijod maxsuli sifatida baholanib kelinmoqda. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham Zardusht hamda Axura Mazda munozarasini ko`rishimiz mumkin. Yozma adabiyotda munoza avvalo “Qutadg`u bilig”, “Hibbat ul- haqoyiq” asarlari tarkibida kelgan bo`lsa, keyinchalik mustaqil adabiy asar shakliga ko`tarilgan. Buning misoli sifatida Yusuf Amiriy, Yaqiniy va Ahmadiylar munozalararini ko`rsatish mumkin. Ma’lumki, Yusuf Amiriyning “Chog`ir va bang” munozarasida o`sha davrda avj olib ketgan mayxo`rlik, bang iste’mol qilish illatlarini badiiy ijodga olib kirgan. Yaqiniy esa “O`q va Yoy” munozarasida o`qni to`g`rilik, yoyni egrilik simvoli darajasiga ko`taradi va qirg`in urushlarni, jabr-zulmni qoralaydi. Ahmadiyning “Sozlar” munozarasida feodal jamiyatiga xos illatlar, amal talashish va fisq-u fasod hamda bo`xton tarqatishlar, noittifoqlik fosh qilinib tashlansa, Nishotiy munozaralarida o`z davrining butun bir axloqiy masalalari kompleksi ko`tarilib chiqiladi va mehnatkash xalq manfaatlari nuqtai nazaridan talqin qilinadi.1 Alisher Navoiy davrida va undan so`ngi davrlarda munozara janrining taraqqiyotiga sezilarli ta’sir o`tkazganini kuzatish mumkin: Gulxaniyning “Zarbulmasal”idagi munozaralar shundan dalolat beradi. Munozara butun o`zbek yozma adabiyoti taraqqiyotining barcha davrlarida mustaqil adabiy janr sifatida taraqqiy etib keldi. Biz to`xtalmoqchi bo`lgan Xusrav 1 Муборак мактуботлар. “Ўқитувчи”. Т.: 1967. 154 –б. va Farhod munozarasi badiiy asar tarkibida ilk bor Nizomiy dostononida o`z aksini topdi. Yaqin va O`rta sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan va qayta ishlangan “Xusrav va Shirin” (Navoiyda “Farhod va Shirin”) ma’lum tarixiy ildizga egadir. Xusrav 590-yilda taxtga chiqib 628-yilda o`g`li Sheruyaning buyrug`i bilan o`ldirilgan mashhur sosoniy hukmdorlaridan Xurav Parvizdir. Xusrav Parvizning hukmronligi va uning shaxsiy sarguzashtlari haqida Vizantiya, Suriya va Eron tarixchilarining asarlarida ma’lumotlar uchraydi. Shu ma’lumotlarga ko`ra Xusravning Shirin degan go`zal va sevikli xotini bo`lar ekan, u eroniylardan emas va aslzoda tabaqadan chiqmagan ekan. Shunga ko`ra feodal ayonlar Xusravning Shiringa uylanganligidan norozi bo`lib, Shirinni sehrgar deb hisoblar ekan. Shunday ma’lumot X asr arab tarixchisi Muhammad ibn Jarir at-Tabariyning “Tarix” kitobida bayon etiladi. Mana shu tarixiy voqealar zamirida turli xildagi rivoyatlar paydo bo`ladi. Tarixiy manbalar va rivoyatlar asosida birinchi marta Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”da shu mavzuga to`xtalgan. Nizomiy Xusrav va Shirin haqidagi tarixiy manbalar va rivoyatlar bilan ham, Firdavsiy dostoni bilan ham yaxshi tanish edi. Nizomiy bularning barchasidan ijodiy foydalanadi, biroq ular bilan cheklanib qolmaydi. U o`z oldiga yangi va katta vazifalar qo`yadi. “Xusrav dostonning murakkab bir obrazidir. Bu obraz qiyofasida biz ikki Xusravni: Ishqda beqaror, ishratparast va zolim Xusravni, sadoqtli oshiq va adolatli podsho bo`lgan Xusravni ko`ramiz 2 . Ikki Xusrav o`rtasida uzoq va qattiq kurash boradi, Uning dam salbiy tomonlari, dam ijobiy tomonlari ustun chiqadi. U ishqqa berilsa davlat ishlarini unutadi, davlat ishlariga berilsa, ishqqa beparvo bo`lib qoladi. U Shiringa oshiq bo`lgandan so`ng uning ishqi ta’siri bilan xalqparvar hukmdorga aylanib, el-yurt uchun qayg`uradi. Uning osoyishtaligi uchun kurashadi. Bir vaqtlar Farhod kabi mo`jizakor ustani rashqi va istibdodi bilan munofiqona halok qilgan Xusrav, endi kishilarning hayoti va taqdiriga g`amxo`rlik bilan yondashadi, qo`l ostidagi amaldorlariga: “qon to`kmang, yomon ishlar qilmang, fuqora sizdan shikoyat qilmasin, el-yurt xarob bo`lmasin, elga sitam qiluvchilarga nisbatan shavqatsiz jazo beriladi”,- deb murojat 2 Маллаев Н. Ўзбек адабиёти тарихи.«Ўқитувчи». -1976. 243-б. qiladi. Nizomiy yaratgan Xusrav obrazi ham Firdavsiy yaratgan Xusrav obrazidan tubdan farq qiladi. Nizomiyda Farhod dostonnoning bosh qahramoni bo`lmasa ham, lekin voqealarning rivojida, asarda qo`yilgan masalalarni yoritish va hal etishda katta o`rin tutadi. Farhod mehnatkash va ijodkor, olim va donishmand, oshiq va vafodor kishi.

Yüklə 214 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin