‘quv yilida o rta



Yüklə 57,51 Kb.
səhifə1/33
tarix16.05.2023
ölçüsü57,51 Kb.
#114779
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
9-sinf Tarix imtihon javoblari 2023



2022-2023-0‘QUV YILIDA O RTA


TA’LIM MAKTABLARININGEWB
0‘QUVCHILAR UCHUNlEQQFANIDAN
MUSTAQIL SHUG ULLANISH UCHUN



IMTIHON JAVOBLARI
KIM 2023


ESLATIB O'TAMIZ, MAZKUR JAVOBLAR SIZNIVAQTINGIZNITEJASHGA VA I
MTIHONLARGA ESA KO'PROQ TAYYORLANISH UCHUN YORDAM BERADI.
IMTIHON JAVOBLARINITIJORIY MAQSADLARDA FOYDALANISH MUMKIN EMAS.
VAQTNI OO'LDAN BOY BERMANG. TAYYORGARLIKNI HOZIRDAN BOSHLANG!



  1. SINF TARIX FANIDAN IMTIHON JAVOBLARI


2022-2023-o‘quvyili uchun

  1. BILET

  1. G‘arbiy Turk va Sharqiy Turk xoqonligini o‘zaro taqqoslang.

Sharqiy Turk xoqonligi. O‘rta Osiyoning Turk xoqonligi tarkibida bo‘lishi o‘sha davr davlatchilik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Avvalo, Turk xoqonligi juda katta hududlardagi turkiy qabilalarning birlashuvi va jipslashuviga keng imkoniyatlar yaratib, O‘rta Osiyodagi ayrim turkiy xalqlar shakllanishiga asos soldi. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, avval Turk xoqonligi, keyin esa Garbiy turk xoqonligining qudratli va ko‘chmanchilarga xos shiddatli harbiy tashkiloti, Sug‘diylaming bevosita aralashuvi tufayli olib borgan diplomatik siyosati Xitoy, Vizantiya va Eronning O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar davri xalqlari va elatlariga nisbatan olib borayotgan tajovuzkorlik siyosati yo‘liga mustahkam to‘siq qo‘ydi.
Bepoyon dasht va cho’l hududlarida, serhosil va sersuv vohalarda tashkil topgan ulkan davlat birlashmalari kattagina hududlardagi shaharlar, hunarmandchilik, madaniyat, savdo-sotiq va o‘zaro aloqalaming rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Masalaning yana bir eng muhim tomoni shundaki, Turk xoqonligi mavjudligi davr - ko‘chmanchilar madaniyati insoniyat sivilizatsiyasining o‘z yo‘nalishi va jihatlariga ega bo‘lgan o‘ziga xos va betakror tarmog‘i bo‘lib, o‘troq aholi madaniyati bilan aralashib, uyg‘unlashgan madaniyat paydo boTishi davri bo‘ldi.
G’arbiy Turk xoqonligi. 563-567 yillar davomida Istami yabg‘u qo‘shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib uning hududlarini, ya’ni hozirgi O‘rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo‘lgan erlami egallashga muvaffaq bo‘ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O‘rta Osiyo erlarini ishg‘ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Dastlab xoqonlik Eron bilan yaxshi qo‘shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o‘matishga intiladi. Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach,
Eronning turklar bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ro‘yirost ma’lum bo‘ladi. Buning boisi Eron shohining O‘rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo‘ladi. Istami qo‘shiqlari Eron shohi Xisrav I ni engadi, Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillasi hajmida tovon to‘lash majburiyatini olishga majbur bo‘ladi. Mug‘anxon va uning avlodlari g‘arbda Qora dengizgacha bo‘lgan hududlami zabt etib o‘zlariga bo‘ysundiradilar. Turk xoqonligi 568-569 yillarda o‘sha davming qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o‘matishga intilib, so‘g‘d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilami u erga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo‘ladi. Shundan so‘ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o‘matishda muhim ahamiyat kasb etgan deyishga asos beradi.
Turk hoqonligida boshqaruv tartiblari haqida gap borganda shuni ta’kidlash kerakki, Turk hoqonlari O‘rta Osiyo hududlariga hukmronlik qilsa-da, biroq o‘zlari bu hududga ko‘chib kelmadilar. Ular Ettisuv va boshqa hududlardagi markaziy qarorgohlarida qolib, bo‘ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o‘lponlar va to‘lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko‘rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi



Yüklə 57,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin