I. Kirish II. Asosiy qism: Temuriylar davrida tasviriy san’at. Temuriylar davrida musiqa


TEMURIYLAR DAVRIDA TASVIRIY SAN’AT



Yüklə 90,54 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü90,54 Kb.
#206770
1   2   3   4   5
Madaniyat va sanat 12

TEMURIYLAR DAVRIDA TASVIRIY SAN’AT
Temuriylar davlatining ma’naviy hayotida qo’lyozma kitob alohida o’rin tutib, bu yerda yashovchi xalqlar uni hamma davrlarda ham yuksak qadrlagan. Qadim Sharq sivilizatsiyasining vorislari bo’lmish Temuriylar Markaziy Osiyo xalqlari qo’lyozma san’atini rivojlantirishda ajdodlar tajribasidan foydalanishgan va uni boyitishgan. Qo’lyozma kitob xattot , naqqosh ,muzahhif , rassom va sahhof singari qator ustalar ijodining uyg’unligidir. Qo’lyozma kitobning badiiy bezaklari ko’p hollarda oddiy va kamtarona bo’lgan. Hashamatli bezatilgan kitobning birinchi varog’iga miniatyura, naqsh ishlanardi. Shuni ta’kidlab o’tishni xohlardimki, Qur’oni karim qo’lyozmasi ayniqsa ko’rkam bezatilardi1.
Samarqand , Buxoro , Hirot , Tabriz shaharlarining ommaviy va xususiy kutubxonalarida XIV-XV asrlarda qayta ko’chirilgan , nafis bezakli va rasmlar ishlangan ko’plab qo’lyozmalar nusxasi saqlanib qolgan. Odatda qimmatbaho qo’lyozmalar kata mablag’ evaziga saroy- Amir Temur, Shohrux , Ulug’bek , Boysung’ur va Husain Bayqaro kutubxonalari uchun sotib olinar edi. Qo’lyozmani bezash g’oyasi esa kitob san’ati barcha sohalari ustalarining yaqin ijodiy hamkorligida rassom usta xonasida tug’ilardi.
Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Hiraviy , Mir Imoda va boshqalarning go’zal , chiroyli fragmentlari naqshchi rassomlar tomonidan dabdabali bezatilgan va ayrim miniatyura namunalaridan ko’ra ancha qimmatliroqdir.
“Xattotlar shohi” Sulton Ali Mashhadiy , Hirot miniatyura maktabining asoschisi Kamoliddin Behzod va kitob naqsh ustasi mashxur naqqosh Mavlono Yoriy badiiy qo’lyozma durdonalarini yaratish ustida ishlagan yuzlab ustalarga ustozlik qilishgan. Bevosita ularning o’zi yoki rahbarligida yaratilgan qo’lyozma namunalari o’zining betakrorligi va noyobligi bilan barcha namunalar ichida ajralib turadi2.
Alisher Navoiy “ Xamsa”sining Sankt- Peterburgda saqlanayotgan , 1492- 1493 yillarda ko’chirilgan mashhur nusxasi Temuriylar davrining miniatyuralarsiz bezatilgan badiiy qo’lyozmalari durdonalari qatoriga kiradi. Rasmlarning umumiy uslubini , uyg’unligi va kompazitsiyasini , koloriti va ritmini saqlab qolgan mazkur qo’lyozma har bir varog’I naqshlari rassomning mustaqil asari hisoblanib, ular bir –birini takrorlamaydi. Frontispislar o’zining yorqin go’zalligi va shukuhi bilan kitobxonni o’ziga rom etadi.
O’zR FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo’lyozmalar fondida Alisher Navoiyning Sulton Ali Mashhadiy ko’chirgan uch devoni, shuningdek shoirning shaxsiy kutubxonasi uchun ko’chirib olingan”Xamsa”ning ilk nusxasi saqlanmoqda . Bu qo’lyozmalar Hirot badiiy qo’lyozmachilik maktabining ajoyib namunalaridir. Ular XV as oxirgi choragidagi turli rassomlar mo’yqalamiga mansub.
Husain Bayqaroning saroy kutubxonasida o’sha davrning ko’plab mashxur rassomlari: Kamoliddin Behzod , Mirak Naqqosh, Qosim Ali , Mahmud Muzahhib, Shoh Muzaffar, Sulton Muhammad , Abdurazzoq , xattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, Muhammad Ibn Nur , Sher Ali va boshqalar faoliyat olib borgan3.
XV asrda kitob naqshi bo’yicha oldingi asrlarning eng yaxshi an’analari rivojlantirilgan. Kitob naqshi nozik, nafis rasmlari, yorqin bo’yoqlari, grafikasining uyg’unligi bilan professional san’atning yuksak rivojlangan janri bo’lib qolaverdi.
Badiiy qo’lyozmani bezashning Temuriylar davri uslubi ularning tasarrufidagi ko’pgina shaharlarda kitob san’atini, miniatyura san’atini yanada rivojlantirish uchun asos bo’ldi. Shuningdek, Temuriylar davrida tasviriy san’atning boshqa yo’nalishlarda ham rivoj topganini ko’rishimiz mumkin. Masalan, ushbu san’at devoriy monumental rassomlik va kitob miniatyurasi yo’nalishida o’zining ko’zga ko’rinarli namunalari bilan tarixiy merosimiz ichida salmoqli o’rin egallaydi4.
Ilk antik shaharlarda ( I-II asr Xolchayondagi Xorazm hukmdorlari saroyi; Dalvarzin manzilgoh va ibodatxonalari; budda ibodatxonlari ; Baxtar yerlari ) va ilk o’rta asr shaharlarida ( Panjikent, Varaxsha, Afrosiyob , Shahriston va shu kabi boshqa manzilgohlarda VI –VIII asrlarda turli ranglar bilan ishlangan mavzuli devoriy sur’at namunalari bilan bezatilgan) o’tkazilgan qazilma ishlarining natijalari devoriy suratlarga xos mashxur kashfiyotlar Markaziy Osiyoda tasviriy san’atning juda qadimgi ildiz otgan an’analari bilan boyitilganligidan dalolat beradi.
Ushbu tasvirlarda tematik mavzuning boy va rang- barangligi kishini lol qoldiradi. Chunki ushbu tasviriy ishlarda yuksak darajada rivoj topgan xalq ijodining mifalogik, dostonchilik, masal, ertak, folklorga boy dunyosi o’z ifodasini topgan.
Amir Temur o’z davridagi yirik me’moriy obidalarning asosiy ijodkori bo’lib, devoriy rassomchilikning targ’ib kuchini sezib, mahobatli devoriy rasmlarni tikladi. Ibn Arabshoh, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur o’zlarining risolalarida Samarqandagi Bog’i Shamol, Bog’i Dilkusho va Hirotdagi hashamatli devoriy suratlar to’g’risida so’z yuritadi. Ushbu devoriy suratlarda ba’zan voqealar turkumi namoyon bo’ladi: “ Darvoqe …. uning jarayonlarini bilmaydiganlar rasmni o’z ko’zlari bilan ko’rib , bamisoli o’zlari qatnashayotgandek tasavvur etishlari mumkin” degan fikrlarni Ibn Arabshoh ta’kidlab o’tadi5.
Shunday qilib, monumental rassomlik Temuriylarning buyukligi rang barang janrlarda portret, jang manzaralari, saroy hayoti tasvirlangan lavhalarda tarannum etiladi.Bunday asarlarda saroyga xos mulozamat, muomila , inson xulqiga xos go’zallik va davlatni boshqarishdagi donishmandlik yaqqol ifodalangan.
Biograflar Pir Ahmad Bog’i Shamoliy nomini Temuriylar davri va undan keyingi vaqtda ham mashhur musavvirlar orasida ko’proq tilga oladi. Darvoqi, Bog’i Shamol saroyining devoriy rasmlari ushbu rassomning qalamiga mansub , shuningdek, Shirinbeka og’a, Amir Temur Jome masjidi, Tuman og’a maqbarasida tabiat manzarasi tasvirlangan suratlar hali hanuz saqlanib kelmoqda.
Shirinbeka og’a maqbarasining toshtaxta panelida gullar va barglar tarzida parvoz qilayotgan qushlar tasvirlangan. Ulug’bek rasadxonasidagi ayrim tasvirlar haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bino xususiyatiga ko’ra osmon gumbazida yulduzlar, sayyoralar va iqlimlar tasvirlangan6.
Amir Temur Samarqand taxtiga o’tirganga qadar ham bu yerda kichik miniatyura maktablari o’z faoliyatini olib borgan bo’lishi mumkin va Sohibquron davrida ushbu maktablarga turli mahoratli rassomlar to’plangan va takomillashib borgan. Natijada bu yerda kuchli miniatyura maktablari yuzaga keladi. Xo’ja Ahror Valiyga oid 1489 yil vaqf hujjatida san’atkor –rassomlar ko’chasi - “Ko’yi naqqoshon” tilga olingan.
Temuriylar davrida qo’lyozmalar rasm bilan bezatilishiga oid ma’lumotlar haligacha qayd etilmagan. Lekin monumental rassomlikka oid rasmiy miniatyura san’ati muhim o’rin tutganligi uchun , shubhasiz, saroy musavvirlari Amir Temur siymosini abadiylashtirishlari lozim edi. XV asrga oid bir necha qo’lyozma kompazitsiya qismi sifatida portret- rasmlar saqlanib qolgan.
XV asr boshlarida Samarqanda jang manzalariga oid “ Shahar devori yaqinidagi jang “ , va “ Shoh ovi” miniatyuralari bajarilgan edi. “Shoh ovi “ diptixi (ikki shaklli rasm) Jomiyning “Oltin zanjir” dostoni asosida ishlangan bo’lib, unda mansabdor suvoriylarning tog’ oralig’idagi hashamatli ovi lavhasi tasirchan va jo’shqin tarzda ifodalangan.
Ulug’bek hukmronligi davrida diqqatga sazovoz rang tasvirlar qo’lyozmalar yaratildi: 1) Abdurahmon So’fiyning “Suvar al-kavokib as-sabita “(“Turg’un yulduzlar kitobi”) nomli astronomik risolasi, uning ekslibris (tamg’a) va kolofonida (xotima) Ulug’bek ismi saqlanadi; 2) qo’lyozmadagi alohida miniatyurada Ulug’bekning lochin bilan bog’ sayri tasvirlangan.
Hirot miniatyurasida XV asr ikkinchi yarmi – XVI asrlarda uchraydigan ayrim mavzular o’z ifodasini topgan. Bular sevishganlar visoli, hukmdor qabulida saroy tasvirining kompazitsiyon qiyofasi, ov , jang manzaralari, to’qnashuvlardir7.
Sharafiddin Ali Yazdiy “ Zafarnoma” qo’lyozmasi ustida endi ish boshlagan vaqtda unga ishlangan miniatyuralar eskizda bajarilgan edi. 55 varoqli miniatyurada Amir Temur lashkarining jangga tayyorlanishi, janglari izchilligi tasvirlangan.
XV asrning ikkinchi yarmida Hirot miniatyura san’atida erishilgan yutuqlar mukammallashtirildi. Bu davrda Hirotda zabardast ustalar – Mirak Naqqosh, Behzod , Xoja Muhammad Naqqosh, Qosimi Ali , Shoh Muzaffar va boshqalar faoliyat olib bordi. Bu davrning dong’i chiqqan , did bilan chizilgan rasmlari orasida Nizomiy, Xusrav Dehlaviy va Navoiylarning “Xamsa”lari hamda Sadiyning “ Guliston” va “Bo’ston” va , shuningdek , Yazdiyning “Zafarnoma” asarlaridagi rasmlar e’tirof etishga munosib asarlardir. O’z mavqeyi jihatdan zodagonlarga yaqin bo’lgan Kamoliddin Behzod Hirotda dunyoga keldi. Ota-onasidan juda erta judo bo’lgan Behzod Alisger Navoiy homiyligida kamol topdi.
U o’z davrigacha bo’lgan tasviriy san’at sohasida erishilgan yutuqlarnu mukammal egalladi va musavvirlikda juda katta natijalarga erishdi.
Qiyofasidan kuchli iroda, jismoniy quvatga ega bo'lganligi sezilib turadi. To'lad an kelgan gavdasi, horg'in yuzi, qisiqroq ko'zi, uzukli nozik qo'llari tasviridan hukm-dor umrining ko 'p qismini faqat m aishat bilan o'tganligiga dalildir. Behzod Sulton Husayin Mirzoning ichki dunyosini va tashqi dunyosini ko'rinishini real tarzda tasvirlay olgan. XVl asrning dastlabki yillari yaratilgan Behzod mo'y qalamiga mansub suratlardan musavirning yuksak kamoloti, shuning bilan birga hissiy kechinmalarining murakkablasha boshlaganligi, ichki dunyosida paydo bo'la boshlagan ruhiy ma’yuslikning aksi ko'rina boshladi8.
Miniatyurachi rassomlar , shuningdek, XV asrning birinchi yarmida miniatyura san’ati uchun “ Xamsa” dan ham syujet (mavzu)lar tanlab olishgan.
“Layli va Majnun”, “ Xusrav va Shirin” , “ Farhod va Shirin” dostonlari ko’plab rasmlar bilan bezatilgan . Rasmalarda tasvirlangan lavhalar orasida “ Layli va Majnun sahroda” , “ Layli va Majnun maktabda” , “Shirin va Farhod anhorda” , “ Bahrom Go’r ajdarho bilan kurashda “ va boshqalar bor.
Behzodning Layli va M ajnunning sahrodagi visol chog‘ini tasvirlovchi surati shu dostondan o ‘rin olgan. Sahroda Layli xijron azobi tufayli holdan toygan sevgilisini boshini avaylab tizzasi ustiga qo'ygan. Inson azobiga tabiatdagi tinch hayot ham ohangdek. S ahro q a ’ridan o ‘tgan zilol suvli ariq qirg'oqlari turli-tu m an gullar bilan qoplangan. Xarsang toshlar orasidan ko‘m -ko‘k butalar ikki oshiq sevgisi barhayotligiga guvohdek. Sahro hayvonlari: sher, qoplon, tog' bug‘usi, tuya ikki inson yuragini g‘arq qilgan ulkan sevgi kuchi bilan sehrlangandek sukutda, ular dardiga sherik. Ruhiy kechinm alarohangi ulkan mo'yqalam sohibi tom onidan m ohirona ochilga n . Behzodzamondoshlari bu rasmdan ko‘plab nusxa ko'chirishgan, hatto shu m anzara tasviri tushirilgan gilam lar ham paydo bo'lgan edi. Behzod o 'z davrigacha bo'lgan tasviriy san ’at yutuqlarini qunt bilan egalladi va san ’atning m azkur turida realist va insonparvar sifatida gavdalanadi. Shuning uchun ham Behzod asarlari ta ’sirining haqqoniyligi va jozibadorligi bilan kishiga zavq baxsh etadi. Behzod Shayboniyxon xizm atida bo'lgan kezlari uning portretini ham ishladi9. Tasvirda Shayboniyxon oyoqlarini ch alishtirib bolishga (yostiqqa) suyangan holda ikki qo'lini tizzasiga tirab allanim alar haqida o'ylab yozishga tayyorlangan payti tasvirlangan. U ning kiyimlari oddiy, gavdasi pishiq, hiyla qorin solgan. Uning oldida tuigan yozuvashyolari: siyohdon, qalam, kitob Shayboniyxonni o'qim ishli, bilim don, har bir ishni puxta o'ylab am alga oshiradigan shaxs sifatida tasvirlaydi. Asarda tasvirlangan qam chi esa uning qattiqqo'lligi, m ohirchavandozligi ramzi sifatida idrok etilad i. Shayboniyxonning m azkur surati hozir AQShda shaxsiy kolleksiyada saqlanadi.
Temuriylar miniatyurasi o’zining ijodiy izlanishlari va yutuqlari , maktablari bilan Markaziy Osiyo mintaqaviy san’ati tarixida ajoyib iz qoldirdi va komillikka intilgan iste’dodli , mehnatsevar ustalar tomonidan yaratilgan ishlar bilan jahon mumtoz san’atining oltin xazinasidan munosib va yuksak o’rinlarni egalladi.


Yüklə 90,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin