I. Kirish II. Asosiy qism: Temuriylar davrida tasviriy san’at. Temuriylar davrida musiqa


TEMURIYLAR DAVRIDA AMALIY SAN’AT RIVOJI



Yüklə 90,54 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü90,54 Kb.
#206770
1   2   3   4   5
Madaniyat va sanat 12

TEMURIYLAR DAVRIDA AMALIY SAN’AT RIVOJI
Temuriylar zamonida me’moriy bezaklar misli ko’rilmagan darajada shuhrat qozondi. Sohibquron Temur hukmronligi davrida qurilgan inshootlarning barcha qismlari mavjud bo’lgan bezaklar bilan bezatilishi bilan birgalikda yangi-yangi usullarni ham vujudga keltirdi va keng miqyosda tatbiq etildi. Ularning texnologiyasi va ijrosi o’z davrida kata mahorat va mablag’ni talab etar edi. O’sha davrda keng foydalanilgan bezaklar orasida me’morlik keramikasi va monumental (ulug’vor) rassomlik , shu bilan birgalikda yog’och va tosh o’ymakorligi ancha rivoj topdi.
Yodgorliklardagi me’morlik keramikasi asosan sirkor pishiq g’ishtdan , naqshli parchindan , relefli sirli koshindan , o’ymakor terrakotali va onda-sonda uchraydigan naqshli mozaikadan iborat edi. Me’morlik keramikasini amalga oshirish texnikasi ko’proq ta’sirchan vositalarni tanlash yo’li bilan murakkablashdi va mukammal shaklga keldi , sirli sirli koshin taxtadagi naqshdor mozaika , g’ishtli mozaika , sirli o’ymakor terrakota joriy etilib , ular XVI asrgacha keng tarqaldi14. Parchin. Temuriylardan oldingi davrida va XIV asrning 80-yillarigacha parchinning bir necha turlari mavjud edi . Eng keng tarqalganlaridan uchta turini misol keltirishimiz mumkin. Birinchisi- ko’p qumli aralashma bilan yorqin rangli nafis spool taxtachaga bajarilgan parchin. Ikkinchisi- ayrim ranglar , masalan, kontur ko’rinishida olingan qizil va oq ranglar sopol taxtachaning pishirilgan tomoniga berilgan va undagi sirlarga yashil rang ham qo’shilgan , lekin uning bo’yoqlari unchalik tiniq va toza bo’lmaganligi sabab ko’rinishi biroz xira bo’lgan. Uchinchisi- boshlang’ich ko’rinishda anchagina dag’al , lekin sirlarning kengroq spektri qo’shilgan holda Temuriylar davrida soflik va tiniqlikni o’zida namoyon etgan. Sopol taxacha turli ranglarda – sariqdan tortib to qizil ranggacha bor va boshqalaridan o’tz pishiqligi bilan ajralib turadi15. Rel’efli ( bo’rtma) sirli terrakota . Temuriylar davrida bu uslubning ikki turi mavjud bo’lgan : o’ymakor va bosma gulli turi. Buni Shahrisabzning Oqsaroy qasridagi to’rtburchak ustunlarda kuzatish mumkin. O’sha davrda rel’efli sirli terrakota asosan ikki rangda bo’lgan. Bular tosh qirralarida - feruza , kompazitsiya markazida –sariq rang.
Mozaika. Tekis koshin taxtalardan hosil qilingan bu mozaika turida parchinli taxtalar ancha yengil. Unga mayda elangan qum ko’p miqdorda qo’shiladi va tuproq tarkibi kamaytiriladi. Taxtalarni esa bo’yoqqa botirib sirlashgan. Rangli sirli qo’g’oshin tuzlar (oksidlar) va boshqa metallarni aralashtirib, kerakli dastlabki bo’yoq rangini olish uchun tayyorlangan. Olovda uncha yuqori bo’lmagan haroatda pishirilgan16.
Kompazitsiya naqshi terilganidan keyin uning orqa qismi gips aralashtirilgan modda bilan yopishtirilgan va bunday modda zamonaviy sementdan mustahkamligi bo’yicha qolishmagan.
Temuriylar davrida mozaikali elementlarni mohirlik bilan bajarish usullari rivoj topdi: mayda gul va barglar markazida kichik teshikcha uchun boshqa rang berilgan . Darvoqe, ular o’sha davrda ustalar jihozlagan maxsus qurilmada bajarilgan. Ulug’bek va undan keying davrda to’laligicha saqlab qolinmagan edi.
Naqshli bezaklar Temuriylar davri davri yodgorliklarini to’laqonli qoplaydi. Temuriylar davri me’morlik keramikasidagi sirlarning sofligi va tiniqligini , foydalanilgan sovuq ranglarning uyg’unligini va iliq ranglarning yorqin va jilvali xususiyatlarini ifoda etadi. Shuningdek , ushbu davrda naqshli mozaika rivojlanib , islomiy bezaklarni joriy etish kengaydi.
G’ishtli mozaika . Me’morlik bezagining bu turi Temuriylar davrida shakllangan va keyinchalik ham rivojlana brogan. Bu uslub hashamdor binolarning old qismini bezash ehtiyoji tufayli paydo bo’lgan. G’ishtli mozaikaning ilk namunalari XIV asr boshlarida, jumladan , Ozorbayjonda maqbarani bezatishda ishlatilgan. G’ishtli mozaika Samarqandda dastlab XIV asr oxirida “Sakkiz qirrali” maqbara devorlari kichik qirrali qoplamasida ishlatilib, keying paytlarda Shirinbek og’o maqbarasining gumbazi naqshida mukammal guruh shaklida qo’llangan. XIV asr o’rtalari Oqsaroyni bezatishda keng figurali usullardan samarali foydalanilgan. Me’morlik keramikasi Afg’oniston va Eronning o’rta asr yodgorliklarida ham ko’zga tashlanadi17.
Temuriylar me’morlik keramikasi tashkil topishining boshlang’ich davri ikki guruh yodgorliklariga bo’lingan Shohi Zinda ansambllarida yaqqol ifodasini topgan. Birinchi guruhga Turkon og’a, Shod Mulk (1372), Tug’lu Tekin , Amirzoda maqbaralari; XIV asr oxiridagi an- Nasafiy maqbarasi mansubdir. Bu yerda taxtachali mozaika va me’moriy mozaika hali qo’llanilmagan edi. Ikkinchi guruhga Shirinbeka og’a, “Sakkiz qirrali” (XIV asr), Tuman og’a, va qo’shgumbazli maqbaralar kiradi. Ushbu yodgorliklarda mozaika bezakning ustuvor turlaridan hisoblangan. Hoja Ahmad Yassaviy masjidining me’morlik bezagi ham Temuriylar zamoniga mansubdir. Kichik qobirg’ali gumbazning olti burchak parchinli taxtachasida sherozlik usta Xoja Hasan ismi bitilgan. Yodgorlikni bezatish uchun qishtli mozaika va parchin , binoning tashqi qismlari va intererida – mozaika ishlatilgan. Amir Temur Jome masjidi , Go’ri Mir maqbarasi tashqi tomonlari faqat me’morlik keramikasi bilan bezatilgan va bu binoning ulug’vorligini oshirgan. Masjid va maqbara bezagida g’ishtli mozaikaga maxsus o’rin berilgan bo’lib , ulardagi geometric naqshlar aniq tartibga solinganva ALLOHni tarannum etuvchi uslubiy yozuvlar bitilgan18.
Monumental (mahobatli) rassomlik. Temuriylar davri boshlanishidan avval barpo etilgan Qusam Ibn Abbos maqbarasi mahobatli rassomlik izini saqlab qolgan. Maqbara ziyoratxonasidagi bezak qatlamlari XIV asrga taaluqlidir. Ikkinchi qatlam bezagi XV asr bezaklariga yaqin. Oxirgi bezak sanasi XIX asr bo’lib, pastki qatlam naqshi mavzusi bo’yicha XIV asr ikkinchi yarmidagi maqbaralarning sirli qoplamalariga yaqin. Kompazitsiyaviy bezak ikki qismga bo’lingan va ikkalasida ham hashamatli gulli rom solingan qizil va ko’k turunchlar tasvirlangan. Yirik hajmli bezak kompazitsiyaga gilam suratini beruvchi qizil rang bilan hoshiyalangan. Temuriylar davri monumental rassomligining badiiy , uslibiy xususiyatlarini nazarga olganda, ularni mavzuli , naqshli va peyzaj (tabiat manzaralari)turlariga no’lish mumkin . Naqshli turi , o’z navbatida , o’simlik , epigrafik va geometrik xillarga bo’linadi19.
Bajarish texnikasi bo’yicha rassomlik tekis va rel’ef (bo’rtma)ligi ajratiladi. Rel’eflisi texnik ijrosi bo’yicha pape-mashe, kontur-rel’ef, quyma va kundal xillarga bo’linadi. Tekis rassomlik (naqqoshlik) o’z texnik uslubi bo’yicha Amir Temur va uning nabirasi Ulug’bek hukmronligi davrida bo’linadi. Amir Temur davri naqqoshligi homaki qatlamda puxtalik bilan tayyorlangan 0,2 -0,3 millimetr o’lchamdagi gruntga ishlangan. Bo’yoq qatlami tuxumga yelim aralashtirib tayyorlangan. Rel’efli rassomlikning eng tasirchan va sermehnat usuli pappe-mashedir. Temuriylar davrigacha bo’lgan davrda bunday bezak turlari ishlatilmagan. Pape –mashe donador qog’ozga joylangan. Unli kleyster bog’lovchi vazifasini bajaradi. Pastki rel’efning quyma bo’laklari 2 millimetrgacha qalinlikda ham qog’oz varog’ida moylama yelimda tayyorlanadi.
Kontrrel’ef ganchli bezatilgan qatlam ustidan o’yib olingan. O’yma chuqurligi bajarilayotgan naqshli mavzular o’lchamiga bog’liq. Odatda , rel’ef kundal bo’tqa yordamida tayyorlangan va rel’efning kesilgan konturi to’ldiriladi20.
Temuriylar davri oxirlarida kundal mustaqil naqshli rasm mavzulari sifatida qo’llanila boshladi. Kundal bo’tqa bir necha marta kerakli qubba hosil bo’lguncha yotqiziladi.
Markaziy Osiyo monumental rassomligi XIV-XV asrlar yodgorlik majmualarini ichki qismini bezash uchun 2 xil guruhga bo’linib qo’llanilgan. Samarqanddagi Shirinbeka og’a, “Sakkiz qirrali”, Tuman og’a maqbarasi, Qo’shgumbazli bino , Shohi Zinda majmuasi , Ulug’bek madrasasi , Shahrisabz yodgorliklaridan Gumbazi Sayyidon maqbarasi va Ko’kgumbaz masjidi birinchi guruhga mansub.
Ikkinchi guruhga rel’efli rassomlik yodgorliklari kirgan. Bu yodgorliklarga quyidagilarni misol qilib aytishimiz mumkin: Amir Temurning Jome masjidi(Bibixonim), Go’ri Mir, Oqsaroy va Dilkusho ko’shki , ular tekis va rel’efli rassomlik usullaridan qay darajada foydalanilganligi bilan ajratilgan21 .
Amir Temur davrida ilk bor bezatilgan – Shirinbeka og’a maqbarasining me’morlik keramikasi kabi monumental rassomlik ham Amir Temur davri yodgroliklarning me’morlik dekoriga hayo bo’lib , ganch suvoqdagi hamda guldor sopol koshindagi xushrang, jimjimadorlik asosida yangi usullar qo’llanilganligidan dalolat beradi va ularning nodirligini ko’rsatib turadi.
Tuman og’a maqbarasi devorlarining sirti va gumbazlari tekis rasmli gul ganch bilan naqshlangan. Gumbazdagi yulduzlar qizil va ko’k bo’yoqlarda, devordagi peyzajli panno esa ko’k rangda ifodalangan. Tuman og’a maqbarasi paneli murakkab naqshlar izini saqlab qolgan.
Tosh o’ymakorligi. Temuriylar zamonida binolarni o’yma tosh bilan bezash Markaziy Osiyoga tosh asosiy qurilish va bezash vositasi sifatida xizmat qiladigan Ozorbayjon, Armaniston, Kichik Osiyo va Hindistondan yuqori malakali tosh yo’nuvchi kirib kelishi bilan boshlandi.
Bu davrda o’yma naqshli tosh bilan panellarga bezak berilgan , qabr toshlari o’yilgan, poy ustunlar , panjaralar va kalit solinadigan teshik qoplamasi tayyorlangan. Masalan, Bibixonim masjidi tosh qoplama bilan bezatilgan.
Go’ri Mir maqbarasi prizma ko’rinishidagi qadama naqshli devorlarga gulhoshiyalar aylantirib solingan, qimmat baho bo’lgan oniks ishlatilgan.
Temuriylar davrida binolarning old tomonini bezatishda o’simliklar tasvirlangan bir xil o’ymakor marmar taxtachalar o’rnatilgan.
Yog’och o’ymakorligi. XIV-XV asrlarda yog’ochga o’yma naqsh solishda qattiq va qimmatli daraxt turlaridan yong’oq va qayrag’och asqotgan. O’yma naqshli yog’och ustun, eshik, yondor , panjara va boshqa yog’och buyumlar qurilishda muhim bezak hisoblangan22.
Turkistonda Amir Temur va Temuriylar davrida qattiq qayrag’ochdan yirik naqshli ustunlar yasalgan . Temuriylar davridagi Buxoro ustalarining yog’och ustakorligi namunalari Chashmai Ayyub maqbarasida ko’rish mumkin. Xususan , Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi , Shohi Zinda majmuasi , Go’ri Mir maqbarasi eshiklari ham to’g’ri va aniq dalil bo’la oladi. Hozirgi vaqtda Sankt-Peterburg Ermitajida saqlanayotgan o’yma naqshli eshik namunalari Markaziy Osiyoning turli mamlakatlaridan olib kelingan.
Badiiy hunarmandlik. Temuriylar davri ijtimoiy –iqtisodiy hayotini badiiy hunarmandchiliksiz tasavvur etish mushkul. Ushbu davrda shaharlarning ildam o’sishi va rivoj topishi badiiy hunarmandchilikning rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Termiz, Marv , Hirot , Mashhad , Sheroz , Kermon , Tabriz kabi shaharlar san’at va badiiy hunarmandlikning dong taratgan markazlaridan bo’lgan. Bu markazlarda yanada kattaroq mintaqalar, Xitoy, Hindiston va Arab mamlakatlari an’analari hamda madaniyati qirralarining o’zaro ta’siri kuchaydi.
Sirkor kulolchilik rivojidagi beqiyos yuksalish XIV asr oxiri –XV asr boshlariga to’g’ri keldi. Temuriylar davrida kulolchilikning yangi turi- mahalliy koshindan foydalanish asosida Xitoydan keltirilgan chinniga taqlid paydo bo’ldi.Masalan , XV asrda Markazir Osiyo yoki Eronda yasalgan lagan bilan o’sha vaqtda Xitoydan keltirilgan lagan ranglarining uyg’unligi , bezaklari majmui, ishlanish uslubi jihatidan xuddi bir usta yasagandek tuyular edi.
Temuriylar davrida rang- barang bo’lmagan, ammo asosan muayyan uslubdagi o’ta jo’n geometrik rasmlardan iborat qora sirkoriy naqshli zangori keramika ham keng tarqalgan edi. Tubida mahalliy an’anaviy bezak bo’lgan olti burchakli yulduz va oq fonga zangori bo’yoq bilan ishlangan xira naqshli qayrilma bezak tasvir etilgan XIV-XV asrlar Samarqand sirkor lagani Temuriylar davri keramikasining namunasidir.
Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida sopolni bezatishda yangi an’analarning texnologik asoslari umumiy tarzda “Temuriylar uslubi” deb nomlanmoqda. Bu uslub XIII-XIV asrlardagi sirlangan buyumlardagidan tubdan farq qiladi va kelgusi XVI-XVII asrlarga kelib bir oz o’zgargan tarzda davom etgan23.
Rangi jihatdan idishlar monoxrom va polixrom kabi turlarga ajratiladi. Monoxrom turida idish asosiy yorqin foni bo’yicha ko’k rangda naqshlanadi va bu eng ommalashgan tur hisoblanadi. Polixrom turida ko’k, to’q jigar rang va havorang bo’yoqlar qo’llaniladi.
XV asr manbalaridan ma’lumki, sirli sopol ustalari chinni yasashda kata tajribaga ega bo’lishgan. Shunday usta naqqoshlardan biriga Alishe Navoiy homiy bo’lgan. U Hirotda chinni yasash bo’yicha turli tajribalar o’tkazib, Xitoy chinnisidan qolishmaydigan chinni yasashga erishadi , ammo bu idishlarning rangi aytarli tiniq emas edi.
Temuriylar davriga kelib kulolchilik madaniyatida kata o’zgarishlar ro’y beradi, ya’ni eski uslubdan voz kecha boshlaydilar. Bu davrda kosalar hajm va shakl jihatidan yakuniy holatga kelgan edi. Ularning naqshli bezagi oldingi davrdagi an’anaga ko’ra , ichki sathidan tashqi sathiga ko’chirildi. Bunday an’ana hozirgacha saqlanib qolgan bo’lib, kosalarning ichki qismi tozalik va soflik ramzi sifatida oq rangligicha qoldirilyapti.
Shuningdek, Movarounahrda bronza va misdan yasalgan buyumlarga turli kumush tolalar qadab naqsh tushirish kabi ishlar amalga oshirila boshladi. Samarqandning Registon maydoni yaqinidagi ustaxonadan topilgan bronza buyumlar XIV-XV asrlar naqqoshligining badiiy an’analari haqida guvohlik beradi. Bu turli maqsadlar uchun yaratilgan 60 dan ziyod turdagi nuyumlar: dekcha, kosa, ko’zalar, idish qopqog’i, uy-ro’zg’or anjomlari, mis qoshiq va tarozilardir.
Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasidagi 11 ta bronza buyum XIV –XV asr boshlariga xos buyumlarning alohida guruhini tashkil etadi, ya’ni ular orasida nodir bronza qozon , oltita shamchiroq , shuningdek, ravoqqa kiriladigan eshikdagi bir juft dasta va asosiy zaldan daxmaga kiriladigan eshikdagi bir juft dasta mavjuddir24.
Bundan tashqari, zargarlik buyumlari va qurol-yarog’ yasash metallga badiiy ishlov berishning maxsus tarmog’I hisoblanadi. Zargarlar ayol taqinchoqlari , ot abzali va harbiy anjom qismlari ishlab chiqarishda oltin , kumush , mis, bronza va jezdan foydalanganlar. Ularga zumrad, feruza , chaqmoqtosh, marmar, marvarid, la’l, billur yoki shishadan ko’z yasab qo’yilar edi. Zargarlik buyumlarining shakl va uslubida o’zgarish ko’zga tashlanar edi . XIV –XV asrlarda erkaklar bo’yniga osib yuradigan og’ir tilla va yirik jig’alar yo’qolib , ayollarning zargarlik buyumlariga e’tibor kuchayadi.
Sangtaroshlik mehnati ham sulolaviy maqbaralar uchun sag’ana plitalari tayyorlashda keng qo’llangan. Qora va oq nefritdan hamda yo’l-yo’l aqiqdan ishlangan Eron va Markaziy Osiyoga taaluqli kosa, g’aladon va boshqa bir necha ajoyib buyumlar saqlanib qolgan. Ularda sangtaroshning materialga sayqal va badiiy ishlov berishdagi yuksak mahoratini o’z ichiga olgan
Hukmdor va saroy aslzodalarining libosi ham badiiy moda talablariga mos ravishda o’zgarib turgan. To’q qizil , ko’k, yashil, zangori, och binafsha va jigarrang gazlamalar bazan naqsh solib tikilgan holda etagi uzun belbog’li kamzullar tayyorlashda ishlatilgan va ularni saroy ayonlari , shaxsiy soqchi va xizmatkorlar kiyib yurishgan.

XULOSA
Madaniyat ajdodlar tafakkuri, bilimlari, ijodi va atrof-muhitga bo’lgan munosabatining mahsuli bo‘lib, minglab yillar davomida yaratilgan tajribalami o’ziga singdirib, takomillashib borgan. Madaniyat rivojlanishi bilan millat va uning ma’naviy qiyofasi ham shakllangan.
Yurtimizning har bir fuqarosi, eng avalo, Vatanimiz, xalqimiz, millatimiz ma’naviy merosidan yaxshi xabardor b o ‘lishi shart. Chunki ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklami bilmagan kishi Vatan taraqqiyotiga o ‘z hissasini qo‘shaolmaydi. Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q”. Ayniqsa, ajdodlaming ma’naviy merosini bilish millatning yosh avlodi uchun juda muhim. Chunki milliy madaniyat tarixini bilmasdan, o ‘rganmasdan turib, o ‘zlikni anglash va milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish, millatning haqiqiy vakili b o ‘lishi mumkin emas.
Vatanimiz ko‘hna tarixining qaysi davriga nazar tashlamaylik, bunda dastavval buyuk ajdodlarimiz aql-zakovati, iste’dodi-iqtidori, qobiliyati, bilimdonligi bilan birga ularning qadimdan yuksak moddiy va ma’naviy madaniyatning betakror durdonalarini, duru javohirlarini bunyod etib, kelgusi avlodlar uchun bebaho, boy ma’naviy meros qoldirib kelganligini shohidi bo‘lamiz.
Shuningdek, istiqlol Vatanimiz tarixining ajralmas, muhim tarkibiy qismi bo‘lgan o‘tgan ajdodlarimiz madaniy hayoti tarixini ham sinchiklab o‘rganishni dolzarb vazifalardan biri qilib qo‘ydi. Bu vazifaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi esa yurtimizda milliy istiqlol g‘oyasi shakllanishida, mustahkamlanishida va uni xalqimiz ongiga tobora chuqurroq singib, ma’naviyatini yuksaltirishda alohida ahamiyat kasb eta boshladi.
Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini munosib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi. Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini uyg’tish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. O’zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z bahodirlarini unutmadi, hamishi yuragida, qalb to‘rida saqladi. Muhammad Taragay Bahodur o‘gli Amir Temur yoshlik chog’idan mard, dovyurak, o‘tkir zehn va aqlu idrok egasi bo‘lib o‘sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Kur’oni karimni yod oldi. Xadis ilmini o‘rgandi. Iymon-e’titsodli, halol-pok inson bo‘lib yetishdi. U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtini mo‘gul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo‘ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashhur qildi.


Yüklə 90,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin