I kirish II. Asosiy qism


Muxofaza choralari. Muxofaza choralari ishlab chiqilmagan



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə14/19
tarix13.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#113185
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Suvxanova Zeyneb botanika (1)[2]

Muxofaza choralari. Muxofaza choralari ishlab chiqilmagan
26

14- rasm. Mayda mevali dorema -Dorema melkoplodnaya - Dorema microcarpum Korovin
15.Olay xiyoli - Puzranitsa olayskaya - Physochlaina alaica korothova ex Kovolevsk.
Maqomi Oloy va Turkiston tog'lariga mansub juda kamyob endemik o'simlik. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 50 sm ga yetadigan, ko'p yillik o't. Poyalari ko'p, tik, yoyiq siyrak, oddiy va bezchali tuklar bilan qoplangan. Barglari uzun bandli, keng tuxumsimon, yaprog'ining uzunligi 5-10 sm, eni 4-8 sm, ustki tomoni deyarli tuksiz, pastki tomoni tomirlari bo'ylab siyrak tuklar bilan qoplangan. Gullari qisqa (0,5 sm), mevasining yeilishiga qarab uzayib boradigan, bezchasimon tukli bandlarda o'rnashgan. To'pguli yoyiq, yuqori qismi kallakchasimon. Kosachasi bezchasimon tukli, uzunligi 0,5 sm. Gultoji qo'ng'iroqsimon uzunligi 10-15 mm, hira pushti rangli. Mevasi ko'sakcha, uzunligi 10-12 mm. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi.Tarqalishi. Farg'rona viloyati: Oloy tizmasida, Shoximardon va Sux daryolarining havzalarida uchraydi. Qirg'iziston, Tojikiston (Turkiston tizmasi: Vorux, Xo'jabaqirgan qishloqlari atroflari) da ham tarqalgan. O'sish sharoiti. Dengiz satxidan 1800-2000 m balandlikda qoyalarning soyalari, butazorlarning taglari, archazorlar va ochiq yerlarda o'sadi.Soni. Juda siyrak tarqalgan. Turli yoshdagi o'simliklarning umumiy soni 8000 tupdan oshmaydi. Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Mahalliy aholi tomonidan dorivor o'simlik sifatida ko'plab ishlatilishi sababli kamayib ketgan. Madaniylashtirilishi. Tabiiy sharoitda ekib o'stirilganda ijobiy natija bermagan. UzR FA Botanika bog'ida 1973 yildan buyon o'stirib kelinadi. Muxofaza choralari. Maxsus muxofaza choralari ishlab chiqilmagan.
.
15 -rasm . Oloy xiyoli-Puzranitsa alayskaya - Physochlaina alaica Korotkova ex Kovalevsk
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining "O'zbeliston Respublikasi Qizil kitobi " to'g'risidagi qarorida keltirilgan umumiy qoidalar

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin