I kirish II. Asosiy qism


Maqomi 2. Oloy tizmasida tarqalgan kamyob endemik tur



Yüklə 376,17 Kb.
səhifə12/22
tarix17.09.2023
ölçüsü376,17 Kb.
#144574
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Suvxanova Zeyneb botanika

Maqomi 2. Oloy tizmasida tarqalgan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo'yi 3-4 sm keladigan, yotiq qalin tuklar bilan qoplangan, deyarli poyasiz, ko'p yillik o't. Bargi 1-2 sm uzunlikda, barg bandi ingichka, uzunligi 2-5 mm, bargchalari 4-5 juft, chuzik, uzunligi 2-7 mm, eni 1 mm, ikkala tomoni qalin tukli. Gulpopugi 2-3 gulli. Kosachasi naysimon, uzunligi 12-16 mm. Tojbargi sariq, ba‘zan qizg'ish rangda. Dukkagining uzunligi 20-25 mm, eni 3 mmuchiga va tubiga qarab toraygan, tumshukchasi qisqa, kundalang tomirli, mayda yotik tukli, ikki tomonidan qisilgan. Aprel oyida gullab, aprel-may oylarida urug' beradi.
Tarqalishi. Farg'ona viloyati: Oloy tizmasining Chimyon, SHohimardon, Sadqoq, Vodil, Oqbilol, Qadamjoy va Sux qishloqlari atroflarida tarqalgan. Qirgizistonda ham uchraydi.
O'sish sharoiti. Tog' etaklaridagi jarliklarda, shag'alli bo'z tuproqlar va konglomerat tog' jinslarida o'sadi.Soni. Yakka-yakka holda uchraydi.
Ko'payishi. Urug'idan ko'payadi.O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma‘lumotlar yo'q.
Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi 19
6- rasm. rasm. Ikkirang astragal -Astragal dvuxsvetkovovidniy - Astragalus dianthoides Boriss.
7.Yulingan astragal-Astragal oborovanniy-Astragalus rhacodes Bunge
Maqomi 2. Oloy tizmasida o'sadigan kamyob o'simlik.
Qisqacha tavsifi. Pastki qismi yog'ochsimon yarim butacha. Bargining uzunligi 7-12 sm, barg bandining uzunligi esa15-17 sm,oq tuklar bilan qoplangan. Gulpoyasining uzunligi bargiga teng, ba‘zan esa undan sal uzunroq. Gulpopugi momiq va g'ovak, 10-25 gulli. Kosachasi mevalagan paytida shishadi. Guli sariq. Dukkagi yarim dumaloq yoki cho'ziq yarim tuxumsimon shaklda. May-iyun oyida gullab, mevasi iyun-iyulda etiladi.
Tarqalishi. Farg'ona viloyati: Oloy tizmasida (Shoximardon, Sadqoq,
Qiziltog' qishloqlari atroflarida) tarqalgan. Qirg'izistonda xam uchraydi.

Yüklə 376,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin