15. Hayvonlar va o'simliklarning kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari) bo'yicha ma‘lumotlar bazasi O'zbekiston 33 Respublikasi Fanlar akademiyasining ma‘lumotlari asosida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan yuritiladi Qizil kitobning o'rni va ahamyati Artof– muhitning tozaligini saqlash faqat fauna va flora uchungina emas, balki inson uchun ham kata ahamiyatga ega, chunki uning sog’lig’i atrof muhitning holatiga to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir. Shuning uchun ham ichimlik suvlarining tozaligini saqlash, zararli kimyoviy moddalardan qishloq xo’jaligida foydalanishni kamaytirish, shaharlarda havoning ifloslanishini kamaytirish juda katta ahamiyatga ega. Respublikamizda hayvonlarni muhofaza qilish va hayvonot olami boyliklaridan oqilona foydalanishda hal etilmagan masalalar ko’p. Bu masalalarni hal qilish xalq ommasining tabiat muhofazasi, tabiatdan foydalanish haqidagi bilim darajasiga ko’p jihatdan bog’liq. Aholining ekologik tarbiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, tabiatdan oqilona foydalanish to’g’risidagi madaniyat ham shuncha yuqori bo’ladi. Atrof – muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to’g’risidagi qonunlarga rioya qilish mamlakatimizning hamma fuqorolari uchun majburiydir.Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi. Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan 34 bo’lib, uning har bir varag’i har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi. Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir. Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, o’rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o’rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o’rmonlarning holatini yaxshi deb bo’lmaydi. Chunki, har yili 3 mlrd m3 hajmda o’rmonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin. Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan ko’pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropik o’rmonlar vayron bo’lgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi “Qizil Kitob” yaratilishiga sabab bo’ldi Hayvon va osimlik dunyosini asrashda kopgina amaliy ishlar qilinib va ularni hisobga olib har qaysi davlat, viloyat, tuman va mintaqalarda oz Qizil Kitoblari tashkil etilyapdi. Ozbekiston Qizil Kitobi ham 1984 yilda tashkil topgan. Unda kopgina osimlik turlari va hayvon zotlari kiritilgan. Masalan, osimliklardan lolaning barcha turlari, anzur piyozi, boychechak va boshqalar..