9. Qizil kitobga uning mazmun-mohiyatini yorituvchi qo'shimcha materiallar uning ilovasi sifatida rasmiylashtirilish mumkin. 10. Qizil kitobni yuritish O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O'zbekiston milliy universiteti, O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi 11. Qizil kitob vaqti-vaqti bilan yangilab boriladigan ma‘lumotlar bazasi sifatida elektron shaklda yuritiladi va keyinchalik ilmiy-ommabop nashr sifatida chop etiladi. 32 Qizil kitobning elektron shakli O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. 12. Qizil kitobni yuritish quyidagi asosiy chora-tadbirlarni o'z ichiga oladi: hayvonot dunyosini hamda o'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri va davlat hisobi; hayvonlar va o'simliklar holatining davlat monitoringi; hayvonlar va o'simliklarning kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlari (kenja turlari) bo'yicha ma‘lumotlar bazasini yuritish;hayvonlar va o'simliklarning kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlarining (kenja turlarining) holatini tahlil qilish; hayvonlar va o'simliklarning kamyob yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlarining (kenja turlarining) maqomini baholash; hayvonlar va o'simliklarning kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostidagi turlarini (kenja turlarini) Qizil kitobga kiritish; hayvonlar va o'simliklarning kamyob yoki yo'qlib ketish xavfi ostida bo'lmagan turlarni (kenja turlarini) Qizil kitobdan chiqarish;Qizil kitobning nashr etilishini ta‘minlash. 13. Hayvonot dunyosi hamda o'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri va ularning hisobi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-sentabrdagi 343-son bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi o'simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish tartibi to'g'risidagi nizom hamda O'zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish tartibi to'g'isidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. 14. Hayvonlar va o'simliklar holatining davlat monitoringi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-apreldagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to'g'risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.