I kirish II. Asosiy qism



Yüklə 376,17 Kb.
səhifə5/22
tarix17.09.2023
ölçüsü376,17 Kb.
#144574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Suvxanova Zeyneb botanika

O'simlik va hayvon turlarining tobora yo'qolib borish xavfi mamIakatlar va butun dunyo miqyosida zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ehtiyojini tug'dirmoqda.
1948-yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma
6
ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro'yxat»ni.chop etdi, unda batamom yo'qolib kotgan hayvonot turlari ro'yxati keltirilgan.
«Qizil kitob» xavf-xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo'qolib ketayotgan o'simlik va hayvonlarning turlari to'g'risida ma'lumotlar berilgan
Tabiatdan oqilona foydalanilmaslik tufayli ayrim yo‘qolib va kamayib borayotgan turlarni muhofaza qilish maqsadida maxsus hukumat qarorlari asosida 1979-yilda O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi ta’sis etildi.
Qizil kitobning mohiyati shundaki, u olamining kamyob, yo‘qolib ketish xavfl ostidagi turlari haqida mukammal ma’lumotlar beruvchi hujjatdir. Qizil kitobning vazifasi jamoatchilik va davlatni tabiat muhofazasi muammosiga jalb etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan tasnif (klassifikatsiya)ga binoan guruhlarga ajratildi:
«1» maqomidagi o'simliklar turlari esa yo'qolib borayotgan turlardir.
Bunga yo'qolib ketish xavfi ostida turgan, saqlab qolish uchun maxsus muhofaza qilishni talab etadigan o'simlik turlari kiritilgan.
«2» maqomidagi turlar esa noyob turlardir. Bu guruhga ma'lum kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan, tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va ularning saqlanishini ta'minlash uchun jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar kiradi.
«3» maqomidagi o'simlik turlari kamayib borayotgan o'simliklardir. Bu
7
guruhga kiritilgan o'simlik turlari ma'lum vaqt ichida soni va tarqalish maydonlari tabiiy sabablarga yoki antropogen omillari ta'siri ostida qisqarib ketayotgan turlar kiradi.Albatta, vaqt o‘tishi bilan kiritilgan guruhlardagi turlar biridan ikkinchisiga o‘tishi mumkin.Qizil kitobni tuzishda asosan O‘zRFA «Botanika» ilmiy ishlab chiqarish markazida saqlanayotgan bir milliondan ortiq gerbariylardan va Rossiya FA «Botanika» institutidagi gerbariylardan hamda shu institutlardagi ilmiy manbalardan foydalanildi.
Qizil kitob”ning 1984-yilgi ilk marta chop etilgan nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri bilan respublika mutaxassislari, olimlari muttasil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlar tuplarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, so‘nggi yillarda olib borilgan izlanishlar anzur va Suvorov piyozlari ma’lum darajada ko‘payganligini ko‘rsatadi. Milliy floramizning eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvits teziumi tuplarining soni 17 tadan 100 dan ortiq tuplargacha ortganligi bir necha yillar davomida olib borilgan dala kuzatuvlari orqali aniqlandi. Ayni vaqtda ayrim o‘simlik turlarining tarqalish maydonlari keskin qisqarib, tabiiy populyatsiyalarining holati salbiy tomonga o‘zgargan. Omonqora, Piskom piyozi, Margarita marmaragi, tiyonshon marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni “Qizil kitob”ga kiritish lozimligini ko‘rsatmoqda. 1998-yil ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 turdagi o‘simlik o‘rin oldi.

Yüklə 376,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin