I kirish II. Asosiy qism


«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qoriqxona va buyurtma xona hududlarini kengaytirish mumkinligini ko‘rsatdi



Yüklə 376,17 Kb.
səhifə7/22
tarix17.09.2023
ölçüsü376,17 Kb.
#144574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Suvxanova Zeyneb botanika

«Qizil kitob» muhofaza choralarini kuchaytirish, qoriqxona va buyurtma xona hududlarini kengaytirish mumkinligini ko‘rsatdi.
Qizil kitobning o‘zbek va rus tillarida yozilgan ikkinchi nashriga kiritilgan har bir turning o‘zbekcha, ruscha va lotincha (ilmiy) nomlari, kamyoblik darajasi, qisqacha botanik tavsifi, tarqalishi, o‘sish sharoiti, tabiatdagi soni, ko‘payishi, o‘simlikning kamayib ketish sabablari, madaniylashtirilishi, muhofaza choralari, ilmiy manbalar, tarqalishini ko‘rsatuvchi xarita va o‘simlikning rasmi berilgan.
Qizil kitobga kiritilgan turlar Respublikada bir xilda tarqalmagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 11, Andijon – 4, Buxoro – 24, Jizzax – 21, Navoiy – 13, Namangan – 12, Samarqand – 45, Surxondaryo – 112, Sirdaryo – 2, Toshkent – 80, Farg‘ona – 28, Qashqadaryo – 59.Keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, kamyob turlarga boyligi jihatidan Surxondaryo (112), Toshkent (80) va Qashqadaryo (59) viloyatlari oldingi o‘rinda turadi. Ta’kidlash joizki, kamyob turlarning aksariyat qismi tog‘li hududlarda tarqalgan.Turlarga boyligiga ko‘ra burchoqdoshlar (60 tur), qoqio‘tdoshlar (50 tur), yalpizdoshlar(23 tur) oilalari alohida o‘rinda turadi. O'zbekistonda o'simlik va hayvon turlari soni 27000 dan ortiq bo'lib, ulardan hayvon turlari 15000 dan ortiq, o'simliklar, zamburug'lar va suv o'tlari esa 11000 atrofida. O'zbekiston Respublikasi hududida hozirgi kunda 4500 ga yaqin gulli o'simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko'pgina kamyob, endemik turlari mavjud.Bunday turlarning soni 400 atrofida bo'lib, ular O'zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil qiladi.
O'zbekiston faunasida umurtqasiz hayvonlarning 677 turi (sut emizuvchilar-108, qushlar-432, sudralib yuruvchilar-58, amfibiyalar-2 va baliqlar-77) mavjud, umurtqasiz hayvonlar turlari esa 15 mingdan ortiq.
10
O'zbekistonning birinchi «Qizil kitob»i 1983-yilda nashr qilingan bo'lib, unga umurtgali hayvonlarning 63 turi kiritilgan edi.
Yangi «Qizil kitob» (2003) birinchi bor davlat tilida yozilgan bo'lib, ikkinchi tomida sut emizuvchilarning 23 turi, qushlarning 48 turi, sudralib yuruvchilarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, halqasimon chuvalchanglarning 3 turi, molluskalarning 14 turi va bo'g'imoyoqlilarning 61 turi kiritilgan.Ta'kidlash lozimki, «Qizil kitob»ga kiritilgan o'simliklar va hayvonlar ro'yxati yildan-yilga aniqroq bo'lmoqda va biz ularning yangi nashrlariga guvoh bo'lamiz


Yüklə 376,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin