Tayyorgarlik davri mashqlari quyidagicha ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Birinchi mashqlar sinfda mavjud bo`lgan predmetlar, eshik, deraza, parta, stol, stul, bir qatordagi bolalar… kabilarni sanashga doir bo`ladi. Shundan keyin qo`lga olib, surib sanash uchun mayda predmetlardan foydalanish zarur. Har bir o`quvchida 20 tadan sanoq cho`pi bo`lsa, sanashni tashkil qilish oson bo`ladi.
Bundan tashqari sanash uchun predmet rasmlardan, darslik boshidagi sahifalarda berilgan rasmlardan foydalanish foydali. Shu bilan birga bolalarni tovushlarni sanash bo`yicha va harakatlarni (qadam) sanash bo`yicha ham mashq qildirish kerak.
Sanash jarayonida bolalarni «qancha» so`zi bilan savollar ho`yishga mashq qildirish muhimdir, bunda sanoqda oxirgi aytilgan son sanalayotgan predmetlar «qancha» deb qo`yilgan savolga javob bo`lishini tushuntirish kerak. Shuningdek, predmetlarni o`ngdan chapga yoki chapdan o`ngga, pastdan yuhoriga, yuhoridan pastga qarab sanaganda sanoq natijasi o`zgarmasligi, asosan ulardan birortasini ikki marta qoldirmasdan sanamaslik va qoldirmasdan sanash kerakligini o`rgatish lozim. Predmetlarni sanashga bag`ishlangan darslarda ikkitalab, uchtalab, beshtalab … sanashga ham o`rgatish kerak.
Dostları ilə paylaş: |