2) Qaysi rasmda uchburchaklar ko’p?
Predmetlarning ikki to`plamini taqqoslash malakasini hosil qilishda o`quvchilarni to`plamlarning biridan predmetlar ikkinchisiga qaraganda qancha ortiq yoki kam ekanini aniqlashga va shu asosida ikki to`plamdagi predmetlar sonini tenglab (kamini qo`shish yoki ortiqchasini olish bilan) masalani ikki usul bilan yechishga o`rgatish kerak.
-Qaysi geometrik figuralar ko`p va qancha ko`p?
-Figuralar teng bo`lishi uchun nima qilish kerak?
Bunday mashqlar qo`shish va ayrish amallari mazmunini yechishga tayyorgarlik bo`lib xizmat qiladi, tenglik, tengsizlik, sonlarni taqqoslash tushunchalarini tarkib toptirish imkonini beradi, o`quvchilarning matematik nutqlarini rivojlantiradi.
O`nlik ichida sonlarni o`rganishda «oldida», «keyin», «orasida» kabi tartib munosabatlarini ham o`rganish zarur. M: sinfda bolalarni saf qilib: Sodiqdan oldin, keyin kim turibdi? Sodiq bilan Lola orasida kim turibdi? kabi mashqlar bajariladi.
Sonlarning tartib qiymatlarini qarashda, uning predmetlarni nomerlashda, ya'ni shu predmet qaralayotgan predmetlar qatorida tartib bo`yicha nechanchi o`rinni egalab turganini aniqlashga asosiy e'tibor qaratiladi. M: qizil doira sanoq bo`yicha nechanchi? yoki predmetlar bir, ikki, uch…deb nomerlashni taklif qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |