I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 58,03 Kb.
səhifə15/20
tarix02.01.2022
ölçüsü58,03 Kb.
#38897
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
10 lik 1000 lik

-tayyorgarlik ishi

-og`zaki nomerlash

-yozma nomerlashni o`rganiladi.

11-20 sonlarni nomerlashni o`rganishdagi tayyorgarlik ishi «O`nlik» mavzusini takrorlashda o`tkaziladi. Shu maqsadda narsalarni 10 dan oshirib sanashga doir mashqlar (11,12…..) shuningdek narsalarni guruhlab sanash (juftlab) kiritiladi. Bunday mashqlar o`quvchilarni birinchi o`nlik sonlaridan tashqari ham sonlar mavjud ekanligiga, ularni ko`pligiga, ularni belgilash, atash, hosil bo`lish, qatorida kelish tarkibida bolalarga tanish bo`lgan sonlar orasida ma'lum o`xshashlik borligiga ishontiradi.

2 o`nlik sonlarni og`zaki nomerlashni o`rganishni 10 haqidagi tushunchani shakllantirishdan boshlanadi. Bolalar cho`plardan 10 tadan qilib bog`lab, 10 ta bir bitta unlikni hosil qilishini ko`radilar. So`ngra ular o`ntalik cho`plarni sanash mashqlarini, o`nliklarni qo`shish va ayirishni bajaradilar (2o`n+3o`n=5o`n, 7o`n-3o`n, 4o`n-2o`n). Shunday mashqlar asosida o`quvchilar o`nliklarni oddiy birliklar kabi sanash, qo`shish va ayirish mumkin ekan, degan xulosa chiqarishadi.

So`ngra 11-20 sonlarining hosil bo`lishiga doir ishlar bajariladi.

Amaliy ish: 10 ta cho`pni sanang, sizda qancha cho`p borligini boshqacha qanday atash mumkin? (1 o`nlik). Cho`plarni bog`lang, ustiga bitta cho`p qo`ying. Hammasi qancha bo`ldi (11) 11 sonda nechta o`nlik va nechta birlik bor? Navbatdagi sonlar ustida ishlash ham shunga o`xshash olib boriladi, bunda o`quvchilar 2-o`nlik sonlarining o`nlik tarkibi va sanoqdagi tartibini o`zlashtiradilar.

Uzunliklarni o`lchashning yangi birligi - dm bilan tanishish, kesmalarni sm va dm bilan o`lchashga oid mashqlar ikkinchi o`nlik sonlarni nomerlashni o`zlashtirishga yordam beradi. Ikki xil o`lchov birligi bilan o`lchash o`quvchilarga sonlarning o`nlik va birliklarda hosil bo`lishini o`zlashtirishga yordam beradi: agar kesmaning uzunligi 1 dm 3 sm bo`lsa, demak unga bir o`nlik sm va yana 3 sm sig`adi degan so`zdir.

Og`zaki nomerlashni o`rganishda,so`ngra yozma nomerlashda sonlarni xona qo`shiluvchilariga ajratishga keltiriladigan qo`shish va ayirish hollari qaraladi. (10+7,18-10, 15-5). 10 dan katta sonlarni yozma nomerlash sanoqda birliklarni o`nlik guruhlashga va raqamlarning o`rin qiymatlari printsipini qo`llanishga asoslangan: o’ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o`ringa, o`nliklar ikkinchi o`ringa yoziladi.

Yozma nomerlashni o`rganishda abak alohida ahamiyatlidir: bir bo`lak karton tik chiziq bilan ikkiga bo`linadi, bu qismlarning har birga ikki qatordan cho`ntaklar yopishtiriladi: yuqori qatorda cho`ntaklari cho`plar yoki boshqalarni qo`yish uchun, pastki chuntak esa bosma raqamlar yozilgan kartochkalarni qo`yish uchun mo`ljallangan. Yuqoridagi cho`ntaklarning o`ngdan birinchisiga sanoq cho`plari, ikkinchi o`ringa esa cho`plarning o`ntalik dastalari qo`yiladi: pastki cho`ntaklarga esa raqamlar-o`ngdan birinchisiga birliklar, ikkinchisiga o`nliklarni ifodalovchi raqamlar qo`yiladi.

Sonlarni yozish malakasini mustahkamlash uchun individual qo`llanmalarning ustiga «o`nlik», «birlik»lar yozilgan xonalar jadvaldan, shuningdek ikki qator so`rilma raqamlari bo`lgan jadvaldan foydalanish mumkin. Bunda og`zaki nomerlash ham takrorlanadi.

11-20 sonlarni o`rganishda o`quvchilar bir xonali son, va ikki xonali son terminlari bilan tanishtiriladi.



Topshiriqlar:

1. Ushbu sonlar qatoridan oldin bir xonali, keyin 2 xonali sonlarni yozig: 2, 13, 8, 17, 15, 6, 11.

2. 4 ta bir xonali sonlarni yozing va har bir sonni 10 ta orttiring, qanday sonlar qosil bo`ladi?

3. 1 va 2 raqamlari yordamida oldin bir, keyin ikki xonali sonlarni yozing.

21-100 sonlarini nomerlashni o`rganish quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

1. O`nliklar sanog`i, 10,20,30… sonlar hosil bo`lishi va atalishi.

2. Sonlarning o`nliklar va birliklardan hosil bo`lishi. Ikki xonali sonlarning o`nlik tarkibi, 100 ichida sonlarning natural ketma-ketligi.

3. Ikki xonali sonlarni yozma nomerlash, yozish, o`qish, birinchi va ikkinchi xona birliklari.

4. Sonlarni nomerlashni bilishga asoslangan qo`shish va ayirish usullari (731), shuning ikki xonali sonlarning o`nli tarkibini birganlik asosidagi qo`shish va ayirish usullari (40+7, 68-8, 39-9…).

5. Ikki xonali sonni xona sonlarining yig`indisi bilan almashtirish. (73=70+3).

Demak, ko`rinib turibdiki, 21-100 va 11- 20 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish ko`pgina o`xshashliklarga ega ekan. Bunda xona va xona sonlarini tarkib toptirsh yanglikdir. (Xona soni - biror xona birliklaridan iborat bo`lib, ular 9 ta dan ortmaydi; 100 ichida esa bu sonlar yo faqat birliklardan yoki faqat o`nliklardan tuzilgan sonlardan iborat). I xona birliklari va II xona birliklari sonlarning o`nli tarkibini tahlil qilish jarayonida ta'rifsiz, amaliy ravishda kiritiladi. Masalan: 46 sonda 4 o`nlik va 6 birlik bor deyiladi. Buni boshqacha: 46 son I xonaning 6 birligi va II xonaning 4 birligidan tashkil topgan deyish ham mumkin.

Xona soni tushunchasini egallab olish uchun o`quvchilar bilan 1, 2, 3…. 9, 10, 20…. 90 kabi xona sonlari yozilgan kartochkalar yasash foydali. Bu kartochkalar yordamida istalgan ikki xonali sonni belgilash mumkin. Masalan: 7 soni yozilgan kartochkani 10 sondagi birlik ustida qo`yib 17 sonini hosil qilinadi. Teskari topshiriqlar ham berish mumkin: 42 va 24 qaysi xona sonlaridan tashkil topgan?

(42=40+2, 24=20+4)

50+7, 48-40, 37-7 kabi qo`shish va ayirish hollari uchun ham kartochkalarni qo`llash mumkin.

Kartochkalar bilan bajariladigan bunday amaliy ishlar har qanday sonni xona sonlarining yig`indisi shaklida tasvirlashdek muhim operatsiyani o`zlashtirib olishning asosi bo`lib qoladi (67=60+7,…). Shuni aytib o`tish kerakki, bu bosqichda sonlar ikki sonning yig`indisiga namunaga qarab almashtiriladi, xona qo`shiluvchilari termini keyin kiritiladi. Bu bilimlar qo`shish va ayirishni o`rganishda mustahkamlanadi.

100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak:

1. 100 ichida sonlarning nomlarini o`zlashtirish; ular o`nlik va birliklardan qanday hosil bo`lishini tushunish:

2. Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish; sonlarni taqqoslay olish:

3. 100 ichida sonlarni yozish va o`qiy olish; o`ngdan chapga sanalganda birlik va o`nliklar qaysi o`ringa yozilishini o`zlashtirish.

4. Natural ketma-ketlikni bilganlik asosida sonlarni qo`shish va ayirishni bilish (39+1,50-1…), shuningdek sonlarning o`nli tarkiblarini bilganlik asosida qo`shish va ayirishni bilish (60+5, 85-5, 54-50…), sonlarni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan almashtirish malakasini egallab olish kerak.



4. «MINGLIK» MAVZUSIDA SONLARNI NOMERLASHNI O`RGANISH METODIKASI.


Yüklə 58,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin