3-mavzu: husnixatga o‘rgatishning metod va usullari



Yüklə 242,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix22.12.2023
ölçüsü242,25 Kb.
#190691
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-mavzu husnixatga o‘rgatishning metod va usullari



3-MAVZU: HUSNIXATGA O‘RGATISHNING METOD VA 
USULLARI 
(Chiziqli usul. Genetik usul. Namunaga qarab yozish usuli. Namunaga 
qarab ko‘chirish usuli. Nusxa ko‘chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli. 
Ritmik usul(sanoq-ohang) usuli. Harf shakllarini tahlil qilish usuli. Yozuv 
malakasini ongli o‘zlashtirish usuli. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli.
Qo‘l uzmasdan yozish usuli. Xatolar ustida ishlash usuli) 
 
3.1. Husnixatga o‘rgatishning metod va usullari (Chiziqli usul. Genetik 
usul. Namunaga qarab yozish usuli. Namunaga qarab ko‘chirish usuli. Nusxa 
ko‘chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli. 
Reja:
1. Husnixatga o‘rgatish usullari. 
2. Chiziqli usul 
3. Genetik usul 
4. Namunaga qarab yozish usuli 
5. Namunaga qarab ko`chirish usuli 
6. Nusxa ko`chirsh usuli. 
7. Tasavvur orqali yozish usuli. 
Tayanch so`zlar:
Nusxaga qarab ko‘chirish usuli, ritmik usuli, namunaga 
qarab yozish usuli, chiziqli usul, tasavvur orqali yozish usuli 
Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli 
yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir 
harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bo‘lishini ta’minlaydi. Buhing 
uchun harflarning shaklini to‘g‘ri yozish, ularni to‘g‘ri ulashning ahamiyati kattadir. 
Harflarni bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan bog‘lash, 
so‘zlarni qatorda to‘gri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil 
ishlarining (bo‘g‘in-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik-grafik 
tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi. 
l. Chiziqli usul. 
Qaysidir harfni yozilishini o‘rganish uchun o‘quvchi bu harf 
qanday belgilarga ega ekanligini, harfdagi alohida elementlarning joylashish o‘rnini, 
uning kattaligini va hokazolarno o‘rganib olishi kerak. o‘quvchiga harfning 
yozilishini to‘g‘ri o‘rgatish uchun uning qatordagi o‘rnini to‘g‘ri joylashtirish va 
qatorni qog‘oz varag‘ida joylashish o‘rnini bilish uchun qog‘ozda gorizantal, yotiq 
chiziqlar chiziladi, shunda daftarning betide o‘ziga hos setka paydo bo‘ladi. 
o‘quvchilar unga har bir alohida harfni yozib boradilar. 
Qatorning yo‘nalishini ko‘rsatib turuvchi chiziq va kataklar harflarning ayrim 
elementlarining proporsiyalarini aniqlashtirib olish va yozuvni o‘rganish jarayonini 
anchagina osonlashtiradi. Shuning uchun ham yozuvga o‘rgatishning asosiy uslubi 
hisoblanadi va o‘quvchi maktabda to‘g‘ri yozish mashg‘ulotlarida undan 
foydalanadi. Chiziqli uslubning o‘ziga hos ijobiy xususiyatlaridan tashqari, 
setkaning ichiga yozish bir qator kamchilikka ega. 
1) tez-tez uchrab turadigan kataklarda yozish bolani bir muncha cheklab 
qo‘yadi, uning diqqatini bo‘ladi; bir tomondan o‘quvchi karakli harfni yozayotgan 


qo‘lining harakatini kuzatib borsa, ikkinchi tomondan esa harflar chiziqdan 
tashqariga o‘tmasligini kuzatib boradi. 
2) kataklar orasiga yozishni o‘rgangan bola aniq va tez yozish malakalarini 
egallay olmaydilar. Shuning uchun ham o‘quvchi harfning elementlarini chizish 
asosiy proporsiyalarning asosisi o‘zlashtirib olganidan so‘ng, kataklarga yozish 
ehtiyoji yo‘qoladi. Ikkinchi sinfdayoq bolalar bir chiziqli daftarga yozishga 
o‘tadilar. 
3) qo‘l kaftlarining va panjalarining erkin harakatlanishini rivojlantirish 
uchun lozim bo‘ladigan uslublar. Yozuvga o‘rgatishda mashq xarakteriga ega 
bo‘lgan alohida mashg‘ulotlarsiz ish bitmaydi. Bu mayday muskullar va qo‘lning 
kaft qismi yaxshi rivojlanmagan. Ularda ko‘rsatkich barmoq va ayniqsa uning uchi 
yaxshi rivojlanmagan, buning natijasida bola ko‘rsatkich barmoq bilan ruchkani 
qattiq bosib yozadi. Bolalar katta barmoqdan ham yaxshi foydalana olmaydilar, 
buning natijasida o‘z xohishlaricha uchlaydilar. Shuning uchun ham ko‘rsatkich va 
katta barmoqning mayday muskullarini rivojlantirish lozim. 
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish bilan bolalar qo‘llarini yozuvda kerak 
bo‘ladigan harf elementlarini nozik va aniq harakatlarga tayyorlab boradilar. 
Bunday mashqlarning maqsadi barmoqlar harakatining yengil va egiluvchan 
bo‘lishiga erishishdir. Ular o‘quvchilarga harflarni to‘g‘ri husnihatda yozishga va 
uni tez yozuvda rivojlantirishga yordam beradi. 
Bu uslubni birinchi sinfning birinchi yarim yilligida yozuvga endi 
o‘rgatishga boshlagan davrada qo‘llash katta axamiyatga ega. Masalan, pastga 
aylana shaklida yoziladigan shtrixni yosish uchun, barmoqlarni aylana harakat 
qilishga mashq qildirish lozim. Keyinchalik ular "O" harfmi yozishga ham yordam 
beradi. 
Yozuvda yoki uslubda ko‘rsatib o‘tilgan mashqlarning barchasini birdaniga 
bajarish mumkin emas, balki u yoki bu harf o‘rgatish uchun dars jarayonida 
kerak bo‘ladigan, qo‘l va barmoqlarni to‘g‘ri harakatlantirishga yordam 
beradigan uslubni olish kerak. 

Yüklə 242,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin