I. Kirish. II. Asosiy qism



Yüklə 58,03 Kb.
səhifə17/20
tarix02.01.2022
ölçüsü58,03 Kb.
#38897
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
10 lik 1000 lik

I. Tayyorlash ishi. Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida nomerlashga doir materialdan 1000 ichida sonlarni nomerlashga yordam beradigan qismini takrorlashdan iborat:

1) Sonlarni tartib bilan sanang; 15…, 26…, 67…;

2) Sanashni davom ettiring; 86, 87…, 60, 70…;

3) 7 o`nlik va 2 birlikdan iborat sonni ayting, undan oldingi va keyingi sonni ayting. Bu sonni yozish uchun nechta raqam kerak bo`ladi? 72 sonini qanday xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan tasvirlash mumkni?

4) 69 soni qanday qo`shni sonlar orasida turadi?

5) 10 sonidan boshlab, bittalab, (5,10) qo`shib sanang.

6) 100 da nechta o`nlik bor? O`nlik yuzlikdan nechta marta kam?

7) Birinchi xonaning 3 birligi va ikkinchi xonaning 5 birligidan iborat sonni ayting.

8) 50, 100 sonlarining yozilishida nechta raqam qatnashadi?

II. Bu bosqichda o`quvchilarni yangi sanoq birligi – «yuzlik» bilan tanishtirish kerak. Buni ko`rsatma qo`llanmalar, jumladan cho`plar, cho`plar dastalaridan foydalanib amalga oshirish mumkin. Yangi sanoq birligi « yuzlik » bilan tanishtirish quyidagicha bajariladi:

O`quvchi 1 dan 10 gacha alohida cho`plarni sanaydi va 10 ta cho`pni rezina bilan bir bog` - o`nlik qilib bog`lanadi. So`ngra o`qituvchi oldindan tayyorlab quyilgan 9 bog` «o`nlik» cho`plarni oladi. Boshqa o`quvchiga 10 talab sanashni buyuradi. (1 o`nlik, 2…,). Bu dastalarda qancha birlik borligini aniqlaydi. (10, 20).

Shundan keyin 10 bog`-o`nliklar rezina bilan bir bog`-yuzlik qilib bog`lanadi. O`qituvchi oldindan tayyorlangan 100 lik bog`lamlardan 100 talab sanashni o`zlashtirishda foydalaniladi. O`quvchilar e'tiborini sonlar (100,200…) qanday hosil bo`lishiga qaratib, o`quvchilarga 5 yuzlikni, 7 yuzlikni qanday atash mumkinligini mashq qiladilar.

Bundan tashqari, 1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rganishda «kvadrat va poloskalar» dan ham foydalanish mumkin. Qo`llanmani o`quvchilar o`zlari tayyorlashlari mumkin. Bunda birliklar kvadratlar bilan belgilanadi, o`nliklar har qaysisida 10 tadan kvadrat bo`lgan poloskalar bilan belgilanadi, yuzliklar esa har birida 10 tadan poloskalar bo`lgan kvadratlar bilan belgilanadi:



III. Bu bosqichda 100 dan 1000 gacha bo`lgan sonlar bilan tanishtiriladi. O`quvchilar 0 lar bilan tugaydigan (100, 200,…900) uch xonali sonlar bilan oldindan tanish bo`lganligi uchun har ikki qo`shni sonlar orasidagi bo`shliqni to`ldirish kerak.

Shu maqsadda eng oldin qatorda navbatdagi har bir son qanday hosil bo`lishini, bir necha mashq bajarish yo`li bilan takrorlash kerak.

a) Yuzlikda nechta birlik bor? 4 yuzda-chi?

b) 100 da nechta o`nlik bor? 400 dachi?

v) 1000 da nechta yuzlik bor? 5000 dachi

g) 200 so`mda necha tiyin bor? 300 so`mdachi?

d) 200 sm necha metrni tashkil qiladi? 600 sm chi?

Shundan keyin bolalarga qatorga 100 sondan keyin keladigan sonlarning hosil bo`lishini (101, …) ko`rsatish kerak, hamda bir sondan ikkinchi songa o`tishning qiyin hollari… 198, 199, 200, 201… hollarini oydinlashtirib olish kerak.

Ko`rsatma qo`llanma sifatida “ming lentasi” va ruletkadan ham foydalanish mumkin.

IV. Bosqichda uch xonali sonlar o`nli tarkiblarini, ya'ni ularning yuzliklaridan, o`nlik va birliklardan hosil bo`lishini qarash kerak. Ko`rsatma qo`llanma sifatida «cho`p va cho`plar dastasi», «kvadratlar va poloskalar» dan foydalanish mumkin. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga 3 ta kichkina kvadrat (birlik) 2 ta poloska (o`nlik), 5 ta katta kvadrat olishni buyuradi va hosil bo`lgan sonni aytishni so`raydi. (523) yoki teskari mashqlar bajariladi: 231 aytiladi, o`quvchilar tegishli poloska va kvadratlarni qo`yishadi.

Bu mashqlarni bajarish natijasida o`quvchilar quyidagicha savollarga javob berishni o`rganib olishlari kerak:

1) Quyidagilardan iborat sonni ayting. 4 yuzlik 5 o`nlik 2 birlik.

2) 452 sonida nechta yuzlik, o`nlik va birlik bor?

Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim xonalarda raqamlari yo`q sonlar o`quvchilarga qiyinlik qiladi. (501, 804, 600…).

Mustahkamlash uchun «Jonli nomerlash» o`yinidan foydalanish maqsadga muvofiq: Doskaga uchta o`quvchi chiqadi, ular qator bo`lib turishadi. Ularning har biriga raqamlar nabori beriladi. Birinchi o`quvchi yuzlik sonni, ikkinchi o`nlik sonini, uchinchi o`quvchi birliklar sonini ko`rsatishi kerak. Masalan, o`qituvchi 308 sonini aytadi. O`quvchilar esa mos ravishda 3, 0, 8 raqamli kartochkani ko`tarishadi.



V. Yirik birliklarda ifodalangan sonlarni maydaroq birliklarda ifodalangan sonlar bilan almashtirish va aksincha almashtirishga bog`liq bo`lgan mashqlar ham uch xonali sonlarni o`nli tarkibini o`zlashtirishga yordam beradi:

1) 2 m necha sm ga teng? 3 m chi?

2) 400 sm necha m ga teng?

Shu bosqichda o`quvchilarni biror berilgan uch xonali sondagi birliklarning umumiy sonini, o`nliklarning umumiy sonini aniqlashga o`rgatish kerak. Ko`rgazmalilikdan foydalanib, 257 sonida 5 ta alohida o`nlik borligi, ammo hamma o`nliklarni hisoblasak, ya'ni yuzliklardagi o`nliklarni ham hisoblasak, u holda berilgan sonda 25 ta o`nlik bor ekanligini tushuntirish kerak. Birliklar ham shunday tushuntiriladi.



5.«KO`P XONALI SONLAR» MAVZUSIDA NOMERLASHNI O`RGANISH METODIKASI.

Bu mavzuda o'qituvchining vazifasi quyidagilardan iborat.



      1. predmetlarni bittalab, o'ntalab, yuztalab, gruppalarga birlashtirib sanash;.

      2. 1000 ichida sonlarni o'qish va yozish hamda ularni natural qatorda kelish tartibini bilish;

v) Sonlarni yuzlik, o'nlik va birliklardan hosil qilish.

g) O'ngdan chapga hisoblaganda, birliklar, o'nliklar, yuzliklar qaysi o'rinda turishini bilish;

d) Sonni xona qo'shiluvchilari yig'indisi ko'rinishida yoza olish va xona birliklarini bilish.

1000 ichida sonlarni nomerlashni o'rganish natijasida o'quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni egallab olishlari kerak.



        1. 1000 ichida sonlarni nomerlashni bilish, sonning hosil bo'lishini, o'zidan oldingi va keyingi sonlar bilan aloqadorligini bilish.

        2. Har bir sonni sonlar qatoridagi o'rnini bilish.

        3. Sonlarning o'rni qiymatlarini bilgan holda o'qiy va yoza olish.

        4. Taqqoslash.

        5. Sonni xona yig'inidisi ko'rinishida yoza olish.

        6. Sonlarning natural ketma-ketligini bilgan holda qo'shish va ayirishni bajarish.

        7. Uch xonali son va uchinchi xona birliklari tushunchasini bilish.

        8. 100,...,200,...,300,...,400,...,500,...,600,...,700,...,800, ...,900,

...,1000 sonlari orasini to'ldira bilish. Shu asosda 100 -1000 gacha sonlarni nomerlab chiqadilar.

9. Ishning navbatdagi bosqichida uch xonali son­larning o'nli tartiblarini, ya'ni, ularning yuzliklardan va o'nliklardan, birliklardan hosil bo'lganini tushuntirish kerak. Buning uchun yuqoridagi cho'plar dastasi yoki kvadrat shakllardan foydalanish mumkin. Abak, cho'p kabi ko'rgazmalar ham foydalidir.

Yirik birliklarda ifodalangan sonlarni maydaroq sonlar bilan almashtirish va aksincha almashtirishga mashqlar bajarilishi kerak. Masalan, 2m, 3m, 5m ni sm ga aylantiring. 600 sm necha metrga teng va h.k.

Yozma nomerlash. Bu yerda ham oldin ikki xonali sonlarni yozma nomer- lashni takrorlash zarur:



          1. "Son" va "Raqam" ter- minlarining ma'nolarini va bular orasidagi farqlar.

          2. Sonlarning yozilishida raqamlarning o'rin qiymati.

          3. Ikki xonali sonlarning xona tarkibi tahliliga oid mashqlar bajarilishi kerak. Oldindan tayyorlangan cho'plar, kvadratlardan foydalanish zarur

Quyidagi mashqlarni bajarish yozma nomerlashga oid bilimlarni mustahkamlaydi.

            1. Sonlarni daftaringizga tartib bilan yozing: 196, 169, 700, 1000, 86,...

            2. Uch yuz bir soni va uch yuz o'n sonini yozing.

            3. 696 bilan 703 soni orasidagi sonlarni yozing.

            4. 5, 7, 9 raqamlari bilan yoziladigan barcha sonlarni yozing.

            5. 635, 67, 306, 666 sonlardagi 6 raqami nimalarni bildiradi.

            6. 6 yuzlik va 3 birlik , 5 o'nlik va 2 birlik, 10 ta yuzlik, 4 ta o'nlikdan iborat sonlarni yozing.

7. 71 va 701, 333 va 33, 500 va 501, 600, 601 va 160 sonlarini yozish uchun nechta raqam va nechta son kerak.

Bu mavzuda asosiy vazifa minglik tushunchasini tarkib topdirish, sinf tushunchasi mohiyatini yechish va shu asosda ko'p xonali sonlarni o'qish va yozishga o'rgatish, bolalarning o'nlik sanoq sistemasiga oid bilimlarini, natural ketma-ketlikni, sonlarni yozishning pozitsion prinsiplariga oid bilimlarni va umumlashtirishdan iborat.

Ko'p xonali sonlarni nomerlash metodikasi oldin o'til­gan mavzularni davomi sifatida davom ettiriladi.

Ko'p xonali sonlarni nomerlashni (og'zaki va yozma) o'rganish ishini bir necha bosqichga bo'lish mumkin.




Yüklə 58,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin