32
Sutemizuvchilar
– oyoqlari tanasi ostida joylashgan,
tanasi yung bilan qoplangan umurtqali hayvonlar. Sut-
emizuvchilar issiqqonli hayvonlar bo‘lib, bolasini sut bi
-
lan boqadi. Sutemizuvchilar terisining ustki qatlamidan
yung, tirnoq, tuyoq, shox hosil bo‘ladi. Sutemizuvchilar-
ning yung qoplami uzun va yo‘g‘on qiltiqlar hamda ular
ostida joylashgan mayin yunglardan iborat. Har bir yung
tolasi ostida mayda muskullar bor. Muskullarning qisqa
-
rishi tufayli mayin yunglar orasiga havo kiradi, bu esa
tana haroratini saqlashga yordam beradi. Qiltiqlar tеrini
mеxanik ta’sirlardan himoya qiladi
(1.27-rasm)
. Sutemi-
zuvchilar og‘zi va ko‘zlari atrofida joylashgan uzun qillar
(vibrissa) esa tuyg‘u vazifasini bajaradi
(1.28-rasm)
.
Sutemizuvchilar terisida ter, yog‘, sut, hid chiqaruv-
chi bezlar rivojlangan. Hayvonlar ter bilan birga ortiqcha issiqlikni ham ajratadi. Bu esa tana
harorati doimiy muvozanatda saqlanishida muhim ahamiyatga ega. Yog‘
bezlari ajratadigan
yog‘simon suyuqlik terining yumshoq va elastik bo‘lishini ta’minlaydi. Hid bezlaridan ajraladi
-
gan suyuqlik yordamida hayvonlar yashash hududlarini belgilaydilar, yosh hayvonlar o‘z uya-
siga yo‘l topadilar, ota-onalar esa bolalarini topadilar. Urg‘ochilari bolalarini sut bilan boqadi.
Jayra va tipratikan terisidagi tikanlar shakli o‘zgargan yunglardir. Dengiz sutemizuvchi
-
larida yung qatlami yo‘qolib ketgan.
Dengiz sutemizuvchilarida yung qatlami yo‘qolib ketishi
sababini tushuntiring.
Sutemizuvchilar sinfi tuxum qo‘yuvchilar va tirik tug‘uvchi sutemizuvchilar kenja sinfla riga
bo‘ linadi.
Dostları ilə paylaş: