I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

1.9. AMALIY MASHG‘ULOT
O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSI SISTEMATIK GURUHLARINI O‘RGANISH
Maqsad: 
o‘simlik va hayvonot dunyosining asosiy sistematik guruhlarini sxematik mo-
dellashtirish.
Bizga kerak: 
oq qog‘oz, rangli qalamlar, chizg‘ich. 
Ishni bajarish tartibi:
1. O‘simliklar sistematikasining asosiy taksonomik guruhlarini sxemada aks ettiring. 
Sxe mani daftaringizga chizing.
Yirtqich sutemizuvchilar turkumi
ga ayiqsimonlar, bo‘risimonlar, mushuksimonlar, 
su vsarsimonlar oilalari kiradi. Bo‘risimonlar oilasiga bo‘ri, sirtlon, chiyabo‘ri, tulki kiradi. 
Ular hidni juda yaxshi sezgani sababli o‘ljasini ta’qib qiladi. Bo‘rilar kechasi gala bo‘lib ov 
qiladi. Mushuksimonlar oilasiga yo‘lbars, gepard, qoplon, silovsin, ilvirs, mushuklar kiradi. 
Harakatlanganda ularning o‘tkir va egilgan tirnoqlari maxsus xaltachaga kirib turadi. O‘ljasini 
pana joyda poylab, to‘satdan tashlanadi. Suvsarsimonlarning boshi kichik, oyoqlari kalta, 
tanasi ingichka bo‘ladi. Bu oilaga bo‘rsiq, suvsar, qunduz, olaqo‘zan, latcha va norka kiradi. 
Ayiqsimonlar oilasiga oqayiq, qo‘ng‘ir ayiq kiradi. Qo‘ng‘ir ayiq o‘simlik va hayvonlar bilan 
oziqlanadi. Oqayiq Arktikada yashaydi. Uning og‘irligi bir tonnaga yaqin, suvda yaxshi suzadi, 
asosan tyulen va baliqlar bilan oziqlanadi.
2. Rasmda berilgan hayvonlarga sistematikada o‘z o‘rnini topishda yordam bering. Har bir 
hayvonni o‘zi mansub guruhlarga joylashtiring. Uy mushugi bilan boshqa hayvonlarning o‘zaro 
qarindoshligining yaqin yoki uzoqligi haqida guruh da muhokama qiling.
Muhokama qiling va xulosa chiqaring.
Xordalilar tipi
Umurtqalilar kenja tipi
Sutemizuvchilar sinfi
Yirtqichlar turkumi
Mushuksimonlar oilasi
Mushuklar urug‘i
Uy mushugi


36

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin