38
Sitoplazma
Yadro
Xloroplast
Vakuol
Mitoxondriya
Plazmatik
membrana
Hujayra devori
Lipidlar ham hujayra uchun muhim. Lipidlarga yog‘, mum misol bo‘ladi. Yog‘lar
parchalanganda ko‘p miqdorda tirik organizmlar uchun zarur energiya ajralib chiqadi. Yog‘lar
orga nizmni sovuqdan himoya qiladi. Masalan, oqayiq, tyulen, morj terisi ostida qalin yog‘
qavati mavjud.
Nuklein kislota (DNK va RNK)lar irsiy axborot saqlanishi va nasldan naslga o‘tishida
ishtirok etadi.
Hujayra kichik tabiiy laboratoriya bo‘lib, unda turli xil kimyoviy
birikmalar sintezlanadi
va parchalanadi. Turli organizm hujayralari kimyoviy tarkibining o‘xshashligi tirik tabiatning
kelib chiqishi birligini isbotlaydi.
Barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan. Hujayra – tirik organizmlarning
tuzi lish,
rivojlanish va funksional birligidir. Tirik organizmlar tanasi bir yoki ko‘p hujayralardan
tuzilgan bo‘ladi. Bir hujayradan tuzilgan organizmlarda barcha jarayonlar:
oziqlanish,
nafas
olish,
ajratish, o‘sish, ko‘payish bitta hujayrada sodir bo‘ladi. Ko‘p hujayrali organizmlar yuz lab,
ming
lab va millionlab
hujayralardan
tashkil topgan. Hujayraviy tuzilishiga ko‘ra
organizmlar prokariot va
eukariotlarga
ajratiladi. Prokariotlarga bakteriyalar,
eukariotlarga protoktista, zamburug‘,
o‘simlik va hayvonlar kiradi.
Eukariot organizmlar hujayrasi
hujayra
qobig‘i, sitoplazma
va yadrodan tashkil
topgan
(2.1-rasm)
. Prokariot hujayra juda
sodda tuzilgan bo‘lib, unda yadro va ko‘p
organoidlar shakllanmagan. Prokariot
hujayra hujayra qobig‘i
va sitoplazmadan
ibo rat
(2.2-rasm)
.
Dostları ilə paylaş: