I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

 epiderma, periderma 
va
po‘stloq.
Epiderma
yosh novda, barg va yosh ildizlarni 
qoplab turadi. Bu to‘qima bir qavat zich joylashgan, shaffof hujayralardan tashkil topgan. 
Epiderma to‘qimasi tashqi tomondan mumdan iborat kutikula bilan qoplanadi, bu suv 
bug‘lanishini kamayturuvchi moslanishdir. Barg va yashil poyalar epidermasida og‘izchalar 
bo‘lib, ular gaz almashinuvi va suv bug‘latishda ishtirok etadi. 
Ko‘p yillik o‘simliklarning poya va ildizlarida epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘qima –
periderma
bilan almashinadi. Periderma po‘kak va boshqa hujayralardan tarkib topgan. 
Po‘kak zich joylashgan o‘lik hujayralardan iborat bo‘lib, hujayra qobig‘iga yog‘simon moddalar 
(sube rin) shimilgan. Shuning uchun po‘kak o‘zidan suv va gazlarni o‘tkazmaydi. Bu xususiyati 
tufayli po‘kak o‘simlikni yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug‘diruvchi 
mikroorganizmlardan himoya qiladi. Po‘kak hujayralari orasida 
yasmiqchalar
shakllanadi. 
Yasmiqchalar siyrak joylashgan tirik hujayralar to‘plami bo‘lib, ular orasida havo bilan to‘lgan 
2.6-rasm.
O‘simlik to‘qimalari
.
Ustki epiderma
Ostki epiderma
Barg eti
Epiderma
Epiderma
Floema
Floema
Ksilema
Ksilema


42
bo‘shliqlar mavjud. Yasmiqchalar o‘simlik poyasining nafas olishini ta’minlaydi. Daraxt va buta
-
larning tanasi va ildizida har yili po‘kak to‘qimasining yangi qavati shakllanadi. Natijada eski 
po‘kak qavatlari hisobiga 
po‘stloq
hosil bo‘ladi. Po‘stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega 
bo‘lmaganligi sababli daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgan sari po‘stloqda yoriqlar paydo 
bo‘ladi.
O‘tkazuvchi to‘qima.
Bu to‘qima o‘simlik tanasida moddalar transportini ta’minlaydi. Bu 
jarayon poya va ildizning ksilema hamda floemasidagi o‘tkazuvchi to‘qima hujayralari orqali 
amalga oshadi. Ksilemada o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda eri-
gan minerallar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. Floemada elaksimon 
naylar va elaksimon hujayralar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan 
organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi 
(2.7-rasm)


Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin