O‘tkazuvchi to‘qima Yopiq urug‘li o‘simliklar Ochiq urug‘li va sporali o‘simliklar Ksilemaning
o‘tkazuvchi elementlari
Floemaning
o‘tkazuvchi elementlari
Ksilemaning
o‘tkazuvchi elementlari
Floemaning
o‘tkazuvchi elementlari
O‘tkazuvchi
nay hujayralari
Elaksimon
nay hujayralari
Traxeidlar
Elaksimon
hujayralar
Mexanik to‘qima o‘simlik organlariga mustahkamlik (tayanch) beruvchi to‘qima hisobla
-
nadi. Mexanik to‘qimaning quyidagi turlari mavjud.
Kollenxima – tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli,
xloroplastga ega hujayralar bo‘lib, barg bandida, yosh novdalarda tayanch vazifasini bajaradi.
Sklerenxima – o‘lik, qalin qobiqli hujayralardan iborat bo‘lib, ikki turga bo‘linadi: uzun lub va
yog‘ochlik tolalari; yumaloq sklereid hujayralar. Sklereid hujayralar yong‘oq, olcha, o‘rik kabi
o‘simliklar meva etining qattiq ichki qismini hosil qiladi.
Sklereid hujayralari qanday ahamiyatga ega? Ajratuvchi to‘qima. O‘simliklarda kechadigan hayotiy jarayonlarda turli moddalar hosil
bo‘ladi. Masalan, efir moylari, kauchuk, nektar, smola, fitonsid va boshqalar ajratuvchi to‘qima
hujayralari tomonidan tashqi muhitga chiqariladi. Bu moddalar o‘simliklarni tashqi ta’sir
-
lardan, (hayvonlardan, kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlardan) himoya qiladi,
gullarning changlanishi, mevalarning tarqalishi uchun xizmat qiladi. Yalpiz, evkalipt, zira,
marmarak, shivit (ukrop) kabi efir moyi ajratuvchi o‘simliklar tabobatda keng qo‘llanadi.
2.7-rasm. O‘tkazuvchi to‘qima orqali moddalarning harakatlanishi.
organik
moddalar
suv va mine-
ral moddalar
Floema
Ksilema