shakli o‘zgargan ildizlar paydo bo‘lgan.
Ildizmeva. Ildizmeva sabzi, sholg‘om, turp, lavlagi kabi o‘simliklarning asosiy ildizidan
hosil bo‘ladi. Ildizmevalar tarkibida organik moddalar va mineral tuzlar to‘planadi
(3.6-rasm) .
Bundan tashqari, ildizmevalar vitaminlarga boyligi sababli kundalik turmushda va tabobatda
keng qo‘llanadi. Misol uchun, sabzi juda foydali bo‘lib, u soch, tirnoq va tishlarni mustah
-
kamlaydi, terini tiniqlashtiradi, immunitetni barqarorlashtiradi. Sholg‘om tarkibida ham ko‘p
miqdorda C vitamini, B guruhidagi vitaminlar mavjud. Abu Ali ibn Sino turpning pishirib
tayyorlangan sharbatini bronxit kasaliga chalingan bemorlarga tavsiya etgan.
Ildiztugunak. Ildiztugunak o‘simlikning yon va qo‘shimcha ildizlari shakli o‘zgarishidan
hosil bo‘ladi. Batat, kartoshkagulning ildiztugunaklarida oziq moddalar to‘planadi.
Tayanch ildizlar qo‘shimcha ildizlar bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyadan hosil bo‘ladi va past
-
ga qarab o‘sadi, ustun kabi o‘simlik tanasi uchun tayanch funksiyasini bajaradi
(3.7-rasm) .
Havo ildizlari. Tropik o‘rmonlarda o‘sadigan o‘simliklarda havo ildizlari paydo bo‘ladi
(3.8-rasm) .
So‘rg‘ich ildizlar. Parazit o‘simliklar (zarpechak, shumg‘iya)da so‘rg‘ich ildizlar rivojlanadi.
So‘rg‘ich ildizlar qo‘shimcha ildizlardir.
XULOSA CHIQARAMIZ •
Ildiz hosil qiluvchi to‘qima hujayralarining bo‘linishi hisobiga o‘sib, tuproqning qattiq
zarralari orasiga suqilib kirib boradi. Tuproqdan suv va minerallarni o‘zlashtirib, o‘simlikning
mineral oziqlanishini ta’minlaydi. Ildiz oziq moddalar to‘playdi hamda o‘simlikning ko‘payishi
-
ga xizmat qiladi.
•
Ildiz o‘z vazifalarini samarali bajarishida muhit sharoitining o‘rni katta.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ