I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 254,42 Kb.
səhifə34/41
tarix21.10.2023
ölçüsü254,42 Kb.
#159308
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
I mavzu. «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vaz-fayllar.org

Yana bir marta qaytaramiz!
1. Tatbiq qilish ko‘lamiga qarab modellashtirish umumilmiy usullar qatoriga kiradi.
2. Modellashtirishda ob’ekt bevosita emas, balki model orqali bilvosita o‘rganiladi.
3. Unsuri va tarkibiga qarab model moddiy, ideal va belgili (simvolik) bo‘lishi mumkin.
4. Model ob’ektning o‘rindosh bo‘lib, unga nisbatan nusxa ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
5. Model va ob’ekt o‘rtasida gomomorfik va izomorfik munosabat, moslik bo‘lishi mumkin.
6. Tadqiqotda modeldan foydalanishni ikkita yo‘nalishi mavjud: 1) ob’ektdan – modelga; 2) modeldan – ob’ektga (oldin model quriladi, u tadqiq qilingandan keyin ob’ekt – mahsulot ishlab chiqariladi).
7. Modellashtirish – model orqali ob’ektni o‘rganish, uning xossalari va funksiyalarini bashorat qilish usulidir.
8. Modellashtirish usuli yordamida real, mumkin bo‘lgan va virtual hislatga ega bo‘lgan har qanday ob’ekt xossalari va funksiyaari tadqiq qilinadi. Bu bilan modellashtirish usuli o‘zining universal, umumilmiy usul ekanligini namoyon etadi.
9. Modellashtirishning asosiy turlari: predmetli, fizik, mantiqiy, matematik, axborotli, xayoliy va kompyuterli modellashtirish usullari.
10. Matematik modellashtirishda asosiy «quruvchi material» differensial va integrodifferensial tenglamalar, topologik shakllardir.
11. Matematik modellashtirishda bir-biridan farq qiladigan tabiiy va sun’iy ob’ktlarni bir turdagi tenglamalar bilan tavsiflash va tadqiq qilish mumkin.
12. Komptyuterli modellashtirishning qulay va afzal tomoni shundan iboratki, ko‘p protsessorli kompyuterlar tizimi va dastur paketlari yordamida har qanday murakkab ob’ektning grafik yoki animatsiyali modelini tuzish va o‘rganish mumkin.
13. AQShda ishlab chiqilgan «Teran tafakkur» dasturi bilan jahon chempioni G.Kasparov o‘rtasidagi o‘yin kompyuterli modellashtirishni cheklanmagan imkoniyatlarini namoyish qildi.


Savollar va vazifalar
1. Modellashtirishning umumilmiy usul ekanligi nimada namoyon bo‘ladi?
2. Model nima?
3. Model va ob’ekt o‘rtasidagi umumiylik va farqni izohlab bering?
4. Model va real ob’ekt o‘rtasida qanday munosabatlar bo‘lishi mumkin?
5. Modeldan foydalanish ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Bu qanday yo‘nalishlar? 
6. Modellashtirish qanday usul? Izohlab bering.
7. Modellashtirish usuli universalligi nimada namoyon bo‘ladi?
8. Modellashtirish turlari. Mavjud turlarga izoh bering?
9. Matematik modellashtirish nimadan boshlanadi?
10. Matematik modellashtirish usulini afzallik tomonlari nimadan iborat?
11. Matematik modle qanday talablarga javob berishi kerak?
12. Matematik modellashtirishga misollar keltiring?
13. Kompyuterli modellashtirish nima?
14. Kompyuterli modellashtirish qanday xususiyatlarga ega?
15. Kompyuterli modellashtirish qanday amalga oshiriladi?
16. Kompyuterli grafika modellashtirish uchun qanday imkoniyatlar beradi?
17. Mutaxassisligingizga oid muammo bo‘yicha kompyuterli modellashtirishga misol keltiring?

Yüklə 254,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin