I-mavzu: Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari


Qaysi tarmoqqa qarashliligiga kо‘ra



Yüklə 241,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix10.12.2022
ölçüsü241,98 Kb.
#73502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-MAVZU copy 1

Qaysi tarmoqqa qarashliligiga kо‘ra korxonalar ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish (mashinasozlik, kо‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo) 
sohalariga mansub bо‘lishi mumkin. 
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va kо‘rinishiga kо‘ra, korxonalar 
sanoat, qishloq xо‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bо‘linadi. 
Texnologik umumiyligiga kо‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini 
uzluksiz va diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi 
asosida yurituvchilarga bо‘linadi. 
Tayyor mahsulotning maqsadlariga kо‘ra, barcha korxonalar ikkita katta 
guruhga bо‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste’mol 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar. 
Foydalaniluvchi xom ashyo turiga kо‘ra, sanoat korxonalari qazib 
chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi. 
Yil davomida ishlash muddatiga kо‘ra, korxonalar mavsumiy va yil bо‘yi 
faoliyat yurituvchilarga bо‘linadi. 
Hajmiga kо‘ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga 
taqsimlanadi. 
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi 
«О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy 
tadbirkorlik, kichik va о‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida»gi Farmoniga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish haqida»gi 
Farmoniga asosan ishlab chiqarish tarmog‘ining о‘rtacha yillik xodimlari soni 20 
kishigacha bо‘lgan hamda xizmat kо‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish 
sohasidagi о‘rtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha bо‘lgan; ulgurji, chakana 
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar 
mikrofirmalar qatoriga kiritiladi. 
Kichik korxona hisoblanadi: 
 yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 
kishicha ishlaydigan; 
 mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, 
qurilish, qishloq xо‘jaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida 50 kishigacha 
ishlaydigan; 
 fan, ilmiy xizmat kо‘rsatish, transport, aloqa, xizmat kо‘rsatish sohasi 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish xamda boshqa 
noishlab chiqarish sohalarida 25 kishigacha ishlaydigan korxonalar.


Ixtisoslashuv darajasiga kо‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va 
aralash korxonalarga bо‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi 
cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, universal korxonalar 
qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar 
tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar о‘rtasidagi oraliq guruhni 
tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullarigakо‘ra, korxonalar ishlab 
chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi 
korxonalarga bо‘linishi mumkin. 
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga 
kо‘ra, 
korxonalar 
tо‘liq 
va 
qisman 
avtomatlashtirilgan 
yoki 
mexanizatsiyalashtirilgan, qо‘l-mashina va faqat qо‘l mehnatiga asoslangan 
korxonalarga bо‘linadi. 
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini 
kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi - 
qо‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning 
paydo bо‘lishiga olib keldi. 
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida xususiy mulk mulkchilik 
shaklining boshqa kо‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan 
muhofaza qilinishi belgilab qо‘yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi 
iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan. 
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xо‘jalik huquqi normalarida 
kо‘zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi
kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bо‘lish usullari va 
olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va 
mazmuniga bog‘liq bо‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va kо‘rinishlari 

Yüklə 241,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin