I-mavzu. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani (kursi)ning predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Fan (kurs) ning nazariy-metodologik tamoyillari



Yüklə 39,52 Kb.
səhifə3/3
tarix18.04.2023
ölçüsü39,52 Kb.
#99583
1   2   3
1- MAVZU. Q

Fan (kurs) ning nazariy-metodologik tamoyillari.

Hozirgi paytda mamlakatimizning uzoq o‘tmishi davrida sodir bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy jarayonlarni metodologik (“metodos” yunoncha-tadqiqot usuli, nazariyasi va “logos” -fan) asosda o‘rganishga e’tibor kuchaydi. Tarixni metodologik asosda o‘rganish, bu fanga taalluqli manbalarga chuqur ilmiy va nazariy yondashishni taqozo qiladi. Tarixiy jarayonlarni ilmiy faktlar, ma’lumotlarga tayangan holda nazariy jihatdan chuqur va haqqoniy yoritish fanga bo‘lgan hurmatni va qiziqishni muntazam oshirib boradi.


Kishilik jamiyatida tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganishning muhim nazariy-metodologik asoslaridan biri, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi dialektik jarayon bo‘lib, u asosan quyidagilardan iborat:
-tarixiy jarayonlarga ob’ektiv yondashish;
-milliy mentalitetni hisobga olgan holda boshqa xalqlar tarixiga hurmat bilan qarash;
-tarixiy jarayonlarning evolyusion yo‘l bilan rivojlanishi jarayonlariga alohida e’tibor berish;
-tarixiy voqea-hodisalar, tabiat, jamiyat va insonlar o‘rtasida munosabatlarning dialektika va sinergetika (bir yo‘nalishda harakat qilish) qonuniyatlari asosida takomillashishiga e’tibor qilishdan iborat.
Tarix fani yuqorida bayon etilgan dialetik jarayonlar bilan bir qatorda, quyidagi ilmiy va uslubiy tamoyillarni ham nazarda tutadi:
-voqea-hodisalarni yoritishga xronologik izchillik asosida yondashish;
-qiyoslash, taqqoslash va umumlashtirish orqali mantiqiy jihatdan asoslangan xulosalar chiqarishdan iborat.
Yuqorida keltirilgan ilmiy va uslubiy yo‘nalishlar tarixiy jarayonlarni xolisona, haqqoniy o‘rganishga yordam beradi.
Mamlakatimizning mustaqilligi davri tarixi bor-yo‘g‘i 30 yilni qamrab olayotgan bo‘lsada, u siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy taraqqiyoti jihatidan boy va murakkabdir. Bu davrini o‘rganishga yordam beruvchi manbalar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-mamlakatimizning mustaqilligi davrida yaratilgan adabiyotlar, arxiv manbalari va matbuot materiallari hamda ilmiy tadqiqot ishlari;
-xorijiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar;
Ma’lumki, vatanimiz tarixi boy va murakkab bo‘lib, asrlar mobaynida buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarni o‘rganish va yoshlar ongiga singdirib, ularning qalbida o‘tmish va yaratilgan noyob boyliklarga nisbatan hurmat uyg‘otish hamda ularni asrab avaylashga tuyg‘usini singdirish dolzarb vazifaligicha qolmoqda.
Vatanimizning uzoq va boy tarixi, uning tabiati, bebaho boyliklari, buyuk ajdodlarimizning yaratuvchanlik qobiliyati, xalqimizning mehnatsevarligi hamisha hurmat bilan tilga olinadi. Hozirgi paytda Muhammad Muso Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Imom Buxoriy, ImomTermiziy, Imom Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi allomalarning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissalari xalqaro miqyosda muntazam ta’kidlanib turiladi. Tadqiqotchi olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda otilib chiqqanikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish davri-Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda e’tirof etilgan.
Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixi avvalo O‘rta Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa insoniyat tarixi bilan chambarchas bog‘langan. Qadim zamonlardan buyon O‘rta Osiyo xalqlari mintaqadagi ko‘pgina xalqlar (afg‘onlar, forslar, arablar, hindlar, xitoylar va boshqalar) bilan umumiy iqtisodiy va madaniy makonda yashab kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug‘, qabila, qavm, elatlar uzoq etnik jarayonlar (assimiliatsiya-dissimiliatsiya) ni boshdan kechirganlar. Ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotlari bir-birlari bilan uzviy hamkorlikda kechgan. Shu boisdanVatanimiz tarixini qo‘shni xalqlar tarixi bilan bog‘liq holda o‘rganish taqozo etiladi. Qo‘shni va qardosh xalqlar tarixining haqqoniy yoritilishi, Vatanimiz tarixini yanada mukammal o‘rganishga yordam beradi.
Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitilishi uni o‘rta maktablarda o‘qitilishi tizmidan jiddiy farq qiladi. Maktab o‘quvchilari Vatanimiz tarixida sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni tarixiy xotira kechimida o‘rganishadi. Oliy ta’lim tizimi talabalari esa, maktablarda olgan bilimlariga tayangan holda tarixiy jarayonlarni mushohada qilishga ham o‘tadilar. Bu vazifalarni echishda talabalar ma’ruza va seminar darslarida olgan bilimlari yordamida mantiqiylik nuqtai-nazaridan tadqiq qilingan tarixiy materiallar tizimidagi bog‘liqlikni hamda faktik materiallarni tahlil qilish asosida to‘g‘ri xulosalar chiqarishni o‘rganadilar. Tarixiy materialga zamonaviy metodologiya nuqtai-nazaridan yondashuv asosida o‘qituvchi ma’ruza darsida talabalarda O‘zbekiston tarixi kursini to‘g‘ri o‘zlashtirib olishlarini shakllantiradi. Seminar darslarida esa mazkur darslar amaliy jihatdan mustahkamlanadi. Shu bilan bir qatorda, talabalarning o‘zlari mustaqil ishlashlari uchun mustaqil ta’lim darslariga ham alohida e’tibor berilib, ularda talabalar darsliklardan tashqari, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlardan foydalanishni ham o‘rganadilar.
Mustahkamlash uchun savollar.

1.Vatan tarixini o‘rganishning zaruriyati va ahamiyati nimada?


2.Vatan tarixini o’rganishda tarixiylik metodologiyasining ahamiyati nimada?
3.Mustamlakachilik davrida Vatan tarixini o’rganishda qanday xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilgan.
4.O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganishga e’tiborning oshishi sabablari nimada?


11Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Тошкент: “Шарқ”, 1998. 9-бет.

22“Ойина” (1914-1915). –Т.: “Академия”, 2001. 26-27-бетлар.

Yüklə 39,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin