III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashgulotlari) 1-mavzu.Elektrokimyoviy analiz usullari Elektrokimyoviy analiz usullarining umumiy tavsifi va sinflanishi. Elektrokimyoviy
zanjir. Indikatorli elektrod va taqqoslash elektrodlari. Elektrokimyoviy muvozanat
potensiali. Tok o’tayotganda elektrokimyoviy zanjirlarda kuzatiladigan hodisalar:
kuchlanishning qarshilik ta’sirida pasayishi, konsentrasion va kinetik qutblanishlar.
Elektrokimyoviy analiz usullarining sezgirligi va tanlanuvchanligi.
2-mavzu. Potensiometrik analiz usuli Potensiometrik analiz usullarini asosiy prinsiplari va ularni sinflanishi. To’g’ridan-
to’g’ri potensiometriya (ionometriya) va potensiometrik titrlash. Elektrod potensiallari va
ularning paydo bo’lish mexanizmlari. Potensiometriyada ishlatiladigan elektrod turlari:
1-chi va 2-chi tur elektrodlari, oksidlanish-qaytarilish, membranali va ionselektiv
elektrodlar. Taqqoslash elektrodlari: kalomel va kumush xloridli elektrodlar.
3-mavzu.Ionometriya Ionometriya, asosiy tushunchalar va usulini mohiyati. Ionselektiv elektrodlarining
sinflanishi, ularning elektr almashuvchi elektrodlardan afzalligi. Qattiq gomogen va
geterogen membranali ionselektiv elektrodlar. Suyuq membranali elektrodlar. Fermentli
elektrodlar. Membranali elektrodlarning selektivlik koeffisiyenti.
4-mavzu.Potensiometrik titrlash Potensiometrik titrlashda kimyoviy va elektrokimyoviy reaksiyalarga qo’yiladigan
talablar. Titrlash jarayonida to’g’ri potensiometriya yordamida aktivlikni va
aniqlanayotgan moddani potensialini va elektrod potensialini aniqlash
5-mavzu.Titrlash egrilari Titrlash egrilari. Potensiometrik titrlashda titr nuqtasini aniqlash usullari. Suvli va
suvsiz eritmalarda titrlash. Kislota-asosli potensiometrik titrlash, kuchli va kuchsiz
protolitlarni, ko’p protonli va ularni aralashmalarini titrlash usullari. Ekvivalent nuqtani
aniqlashda potensiometrik aniqlashda titrlash kriteriylari.
Kompleksonometrik va cho’ktirish uslubi potensiometrik titrlash. Potensialni har xil
omillarga bog’liqligi, titrlash egrilari. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarni titrlash
meyori. 2 ta oksidlovchi yoki qaytaruvchilarni aralashmasini titrlash meyori.
Potensiometrik titrlash xatolarini baxolash. Potensiometrik titrlash uchun ishlatiladigan
asbob-uskunalar.