I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Fanning asosiy kategoriyalari



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə2/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
болалар психологияси

2. Fanning asosiy kategoriyalari.

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy kategoriyalari, ya’ni tu­shunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: «yosh», «bolalik», «taraqqiyot», «o’sish», «determinizm», “geteroxronli”, «tizimlilik». Albatta, fan­ning kategoriyalari fakat bu tushunchalar bilan cheklanmaydi.

Asosiy kategoriyalar jumlasiga bulardan tashkari, «taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati», «etakchi faoliya ttipi» va boshqa bir qator tushunchalarni ki­ritish mumkin.

Bu tushunchalar psixologiya soxasidagi ilgor tadqikotlar natijasida shakllangan va fanga olib kirilgan.

Bolalar psixologiyasi fanini urganish ma’lum ma’noda ushbu fanning katego­riyalarini uzlashtirishdan iborat. Kuyida biz bolalar psixologiyasi fanining ayrim asosiy kategoriyalari xususida aloxida to’xtalib o’tamiz:

Bolalik-ontogenezning dastlabki davrlarini belgilash uchun (tugilgandan usmirlikkacha bulgan davrni belgilash uchun) qullanadigan tushuncha. Yosh davrlarining an’anaviy tasnifiga kura bolalik ­gudaklik (tugilgandan 1 yo:shgacha) , ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha) , mak­tabgacha yosh (3 yoshdan 6-7 yoshgacha) va kichik maktab yoshi (6-7 yoshdan 10-11yoshgacha) davrlarini uz ichiga oladi. Bolalik – jadal psixik taraqlqiyot davridir.

Tarqqiyot – narsa yoki xodisalarning vakt utishi bilan mikdor va sifat jixatdan uzgarishi natijasida yukoriroq darajaga kutarilishi.

Psixika tarqqiyoti – tugilgandan boshlab yosh davrlari utishi bilan psixika faoliyatining takomillashishidir. Psixik tarakqiyot bolaning insoniyat tarixi davomida tuplangan bilim va tajribalarni uzlashtirishi xamda shaxs sifatida shakllanib borishi jarayonidan iborat.

Yosh-individ psixik taraqqiyotining aniq vaqt chegarasiga ega bulgan bosqichi. Psixik taraqqiyotning xar bir bosqichida individda muayyan fiziologik va psixologik uzgarishlar kuzatiladi. Odatda psi­xologiyada xronologik va psixologik yosh ajratiladi. Xronologik yosh inson tugilgandan boshlab necha yosh yashaganini ifodalaydi.

Psixologik yosh esa inson psixik rivojlanish darajasini aks ettirib, kupincha akliy yosh deb ataladi. Akliy yosh turli yoshdagi odamlar uchun muljallangan maxsus test topshiriklari orkali aniklanadi. Akliy yoshning xronologik yoshga nisbati bola psixik taraqqiyotining uziga xos kupsatkichi-intellektual rivojlanish koeffitsientini xosil qiladi, bu koeffitsient ingliz tilidan 10 xarflari orkali belgila­nadi




Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin