I. O’quv materiallari ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari


Maktabga psixologik tayyorgarlik



Yüklə 490,76 Kb.
səhifə41/55
tarix02.01.2022
ölçüsü490,76 Kb.
#44943
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55
болалар психологияси

Maktabga psixologik tayyorgarlik


Tayanch tushunchalar: bilish jarayonlari, nutq, shaxs, iroda, emotsiya, axloqiy xislar, psixologik tayyorgarlik.
Maktabgacha tarbiya yoshida bilish jarayonlari.

O‘quv faoliyati muammosi – yosh va pedagogik psixologiyaning marka­ziy muammolaridandir. Bog’cha muassasalarida bolalarni o’qitish biz­ning mamlakatimizda boshlang’ich maktab ta’limiga tayyorlov pog’onasi sifatida karaladi. Shu bilan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangandek, bog’chadagi ta’lim uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichidir.

Nemis psixologi O.Kronning fikricha, 3 yashar bola unga berilayotgan bilimni o’zlashtirishga, ya’ni ta’lim olishga qodirdir.V.Shtern esa qarama-qarshi nuqtai nazarni ilgari surdi. Uning fikricha xayotining dastlabki bu yilida bola olgan bilimlar o’ziga xos tar­zda egallanadi. Bog’cha bolasi xali o’qish uchun anglanilgan irodaga ega emas, maktab o’quvchisi uchun esa o’qish berilgan materialni ongli tar­zda uzlashtirish niyati va bu bilimlardan uzining kelajagi uchun mulk sifatida foydalanish butun xolicha saqlab qolish istagidir. Shtern «bog’cha bolasi ayni buguni bilan shunchalik mashg’ulki, ertaga, kelajak uchun biror bir narsani egallash istagidan uzoqdir", deydi. Uning o’qishi boshqa faoliyatning maxsuli xisoblanib, tevarak atrofdan ol­gan taassurotlarni "ongsiz tarzda tanlash" asosida xosil bo’ladi.

J.Piaje bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida (yashash sharoitiga moslashish) intellekt operatsiyalari strukturasi rivojlanishi sodir buladi, deydi. Tobora yukori intellektual operatsiyalar ("konkret operatsiyalar", "formal operatsiyalar", invariantlilik", "munosabatlilik" va boshkalar) paydo bulishi va rivojlanishi uz qonuniyatlariga ega.Ta’lim fakat akliy usishni tezlashtirishi yoki sekinlashti­rish mumkin, lekin unga tabiiy ta’sir etmaydi. J.Piaje va uning izdoshlari, masalan, agar bolada mantikiy operativ tafakkur qaror topmagan bulsa, fikrlashga o’rgatishdan ma’ni yo’q deydi. Ta’lim bola rivojlanishi qonuniyatlariga bo’ysunishi lozim. L.S.Vigotskiy bog’cha bolasining psixologik xususiyatlarini pedagogik ta’sir moxiyatining analizi bilan uzviy bog’liklikda o’rganibbordi. Bog’cha davrida o’qitishning axamiyatli momentlaridan biri, deydi Vigotskiy, bola­ning kattalar talablariga munosabatidir. Shunday kilib, xorij va rus psixologlari maktabgacha ta’lim muassasalarida beriladigan ta’limga katta e’tibor beradilar.

Xayotining dastlabki 3 yilida bola onasi yoki boshka kishilar ma­salan, tarbiyachi dasturi bo’yicha emas, balki go’yoki o’zining dasturi buyicha uqiydi. Bu u yoki bu bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirilishi muxlatiga aloxida talablar ko’yilmaydi. Ilk bolalik davrida tarbiya dasturi xali sub’ektiv tarzda bola uchun mavjud emas. Sistematik o’qishga layoqatli bo’lgunga qadar u tayyorlov boskichini bo­sib utadi. Bu boskichda chetdagi boshqa kishilarning bolaga nisbatanligi talablari asta-sekin uning "uzining dasturi"ga aylanishi lo­zim. Bog’cha yosh davrining oxirlariga boribgina, bola kattalar tomoni­dan ishlab chikilgan "dastur bo’yicha" o’qiy boshlaydi va maktab talabla­riga sekin – asta amal qila boshlaydi. L.S.Vigotskiyning fikri buyicha bog’cha yosh davri ta’lim dasturi:

1) bolani maktab dasturiga yaqinlashtirishi, uning bilim doirasi­ni kengaytirishi, predmetli ta’limga tayyorlashi;

2) bolani uzining dasturi bulishi, uning qiziqish va extiyojlariga javob berishi lozim.

Shuningdek L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida, ta’limning yetakchi roli xakidagi konunini ilgari surdi va anik ifodaladi: ta’lim rivojlanish oldida boradi va uzining orkasidan yetaklaydi.

O’quv faoliyati bolalarni xursand kilishi, ularga zavq berib,qoniqganlik xissini uyg’otishi kerak. Ilk olalik davridanoq bola­larga bilishga qiziqishni tarbiyalash katta axamiyatga ega. Chunki ular­gina inson faoliyatining axamiyatli motivlari bulib, shaxs yo’nalganligining anglanilganligini aks ettiradi, barcha psixik jara­yon va funksiyalarga ijobiy ta’sir etadi, qobiliyatini faollashtira­di, qiziqish mavjud xolatida barcha insoniy kuchlar ko’tariladi. Shuni ayniqsa, bog’cha bolasining o’quv faoliyatini tashkil etishda ino­batga olish kerak.

Pedagog va psixologlarning olib borgan tadqiqotlari uqishga bulgan qiziqishlarning paydo bulish va rivojlanishning asosiy sharoitini ajratish imkonini beradi:

1. O’quv faoliyati shunday tashkil etilish kerakki, bola unda faol ishtirok etsin, yangi bilimlarni mustaqil tarzda qidirishi va "topi­shiga undalsin, muammoli xarakterga ega bulgan savollarni yechsin.

2. O’quv faoliyati turli xil bulishi kerak. Bir xillikka ega bo’lgan materiallar va bir xil usullar bolalarni tez zeriktirib qo’yadi.

3. Berilayotgan materiallarning kerakliligi axamiyatliligini tushunish kerak.

4. Yangi berilayotgan material bilan yaxshi bog’langan bulishi kerak.

5. Yengil bulgan va uta murakkab material qiziqishni uygotmaydi.O’quv topshiriqlar bog’cha yoshidagi bolalar uchun qiyin, lekin imkoniyati yetadigan darajada bulishi kerak.

6. Bolaning barcha yutuklarini ijobiy baxolash lozim. Ijobiy baxo bilishga nisbatan faollikni stimullashtiradi.

7. O’quv materiallari yorqin va emotsional bulishi kerak.

A.P.Usovaning ta’kidlashicha, uqitilayotgan materialni idrok qila olmaslik xodisasi xarakatning usul va vositalarida o’ta osonlik usu­liga asoslangan, ilgarigi kursatilgan notug’ri tarbiyaviy ta’sirning asorati natijasidir.

Ayni vaqtda ko’pincha ta’lim olishga tayyorlikning quyidagi tarki­biy qismlari ajratiladi:

1) tafakkur qila olish kabi faoliyatning umumlashganligi;

2) amaliy va suz-mantiqiy tomonlarining uzaro muvofikini belgilovchi tafakkurning anglanilganligi;

3) tafakkur qilish faoliyatining elastikligi;

4) tafakkur qilish faoliyatining barqarorligi;

5) tafakkurning mustaqilligi xamda uning yordamga moyilligi.

A.P.Usova bog’cha yosh davridagi bolalarning uquv faoliyatini uzlashtirganligining aniq belgilarini ko’rsatadi. U tomonidan uzlashtirilganlikning 3 saviyasi ajratilib, ular uquv faoliyati ri­vojlanganligining turli darajalarini xarakterlaydi.

1-darajasi. Bilish faoliyatining barcha protsesslarining maxsuldorligi va maksadga qaratilganligi bilan uqishga nisbatan faol va qiziquvchanlik kabi munosabatning, uzining xarakatlarini nazorat qilish va natijalarini baxolash qobiliyatiga egaligi bilan farklanadi. Uzlashtirilganlar asosida bolalar amaliy va aqliy fao­liyatda qurbi yetadigan vazifalarni yecha oladi.

2-darajasi - kuchsizrok, kurkuv faoliyatini egallashning barcha kursatkichlari yetarli rivojlanmagan. Lekin shu bilan birga bolalar ta’lim olishi mumkin. Ba’zi bir og’ishishlar xam bundan mustasno emas.

3-darajasi. Mashg’ulotlarda tashqi intizomni xarakterlovchi uqyv faoliyati shakllanishining boshlanish davri.

O‘quv faoliyatida bilish jarayonlarining ham o‘rni beqiyosdir. Maktabgacha davrdagi bolalarda sezgi. Sezgi bu borliqdagi (real) narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini bizga tasiri natijasida ongimizda aks etishidir. Uning fiziologik asosini SegenovI.M. va PavlovN.P. lar o‘rganishgan va ularni analizatorlar deb atab, 3 ta qismini ko‘rsatishgan: 1. Rikatorlar. 2. Afferent, efferent, nervtolalari. 3.Bosh miyadagi yoki orqa miyadagi markaziy qism. Sezgi uz moxiyati jixatidan birmuncha sodda psixik jarayon (aks ettirish jarayoni) bo’lishga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbaidir. Narsa va xodisalarning ayrim belgilarini, xususiyatlari­ni aks ettirishdan iborat bulgan sezish protsessining fiziologik moxiyati mashxur fiziologI.M.Sechenovva I.P.Pavlovlarning anali­zatorlar xaqidagi ta’limotlarida atroflicha ochib berilgan. Akade­mik I.P.Pavlov organizmning xissiy aks etgirish apparatlarini ana­lizatorlar deb ataydi. Mana shuning uchun xar bir sezgi organi anali­zatorlarning barcha qismlarini uz ichiga oladi. Ma’lumki, akademik I.P.Pavlov ta’limotiga kura, xar bir analizator asosan uch kismdan iborat:

1) Tashqi ta’sirlarni qabul qilib oluvchi periferik kism (buni odatda retseptor deb yurgiziladi); 2) taassurotni markazga olib boruv­chi (afferent) va markazdan tegishli javob reaksiyasini olib kaytuvchi(efferent) nerv tolalari; Z) analizatorlarning orqa yoki bosh miyadagi markaziy kismi. .

Sezgi mana shu qismlarning yaxshi va ravon ishlashiga bog’likdir. Analizatorlarning bironta kismi ishdan chiqsa, sezish bulmaydi. De­mak, sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat bulgan organizmning reflektor faoliyati yotadi.

Analizatorlarning asosiy vazifasi organizmga ta’sir etayotgan turli kuzg’ovchilarni ayrim bulaklarga ajratishdan, ya’ni analiz kilishdan iboratdir. Shuning uchun xam sezgi organlari analizatorlar deb ataladi.

Sezgi va idrokning rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bulgan bilish jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bulishi uchun zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning ama­liy faoliyati takomillashuvining asosidir.

Sensor tarbiya xaqidagi sobik sovet psixologlarining fikri burjuachilarning fikrining psixologik asoslaridan prinsipial tar­zda farq kiladi.

Xar 2 tomon nuqtaina zarlari, avvalambor, bola sezgisi va idroki rivojlanishini xarakatlantiruvchi sabablarini va uning bu jarayonda tarbiyaviy rolini tushuntirishda farq kiladi. Ko’pgina burjua psixo­loglari sensor jarayonlar guyoki bolada tayyor xolda tugilganda mavjud buladi. Sensor tarbiyaning maqsadi – bu jarayonlarni mashk kildirish deb ) xisoblaydi.

Rus psixologlarining nuqtai nazarlari buyicha sensor rivojla­nish yangi, bolada ilgari bulmagan sensor jarayonlarni shakllanti­rishdir. Albatta, analizatorlarning takomillashuvi (eshitish, kupish, teri tuyush, xid bilish va b.) sezgi va idrok rivojlanishining zarur shartlaridan va uning rolini rad etish mumkin emas. Lekin bu faqat sensor rivojlanishning organik imkoniyati, sharti, birok bularning barchasi sezgi tajribasini egallamay turib sodir bulmaydi. Tafakkur, nutq sensor tajriba ortishi natijasidir.

Sensor etalon bulib musikiy tovushlar (do, re, mi...), ona tilining tovushlar sistemasi, geometrik figura, ranglar va b. xizmat qiladi.Sensor namunalarni ulchov tizimi tarzida egallash idrokni sifat jixatidan uzgartiradi.

Bola taraqiyotining dastlabki l-yilida idrok rivojlanishi yuli ancha murakkabdir. Bu davr mobaynida juda kup uzgarishlar ruy beradi, bi­rinchi o’rinda bu uzgarishlar sezgirlik soxasida sodir buladigan ri­vojlanishga taalluqlidir.

Butun bogcha yosh davri mobaynida kuz sezgirligining utkirligi or­tadi. Shuningdek, kuz utkirligi darajasi faoliyat sharoitiga boglikligi xam aniklangan uyin vaziyatida tadqiqot utkazilganda ko’zning utkirligi sezilarli tarzda ortadi.

Bog’cha yosh davrida ranglarni farklashda xam ancha usish kuzatiladi: aniq vat inikligi ortadi.

Z.M.Istominaning tadqiqotlari bola xayotining ikkinchi yilida ixtiyorsiz tarzda to’rtta asosiy ranglarni farklaydi: 1qizil, sarik, kuk, yashil. Oraliq ranglarni differensirovka qilishda, ya’ni qovok rang, xavorang va siyoxranglarni ajratishda biroz kiynaladi.

Eshitish sezgirligi xam bogcha yoshdagilarda uziga xos tarzdagi xu­susiyatlarga ega. Tadkikotlarning ko’rsatishicha, eshitishning nozikligi 13 yoshgacha bulgan bolalarda kattalarnikiga nisbatan ancha past buladi va bu yosh ortishi bilan usib boradi.

Bog’cha yosh davrida shuningdek tovushlarning balandligini farklash kobiliyati xam rivojlanadi. Birok, fonematik (ogzaki) va musikani eshitish parallel tarzda shakllanmaydi. Fonematik eshitish birinchi yilning oxirlariga borib rivojlanib boradi va bogcha yosh davrining dastlabki boskichlarida uz ona tilining deyarli barcha tovushlarini amaliy farklay oladi. Passiv nutq bilan bir qatorda faol nutkni xam egallaydi.

Bu davrda xid bilish sezgisi xam rivojlanadi. Katta gurux bola­lari xidlarni farklashda kam xatoliklarga uchraydi, anikrogi ularni anikrok nomlaydi. Teri tuyish xamda ogirlikni seza olish xusu­siyati xam rivojlanadi. 4 yoshdan 7 yoshgacha bulgan bolalarda bu kobiliyat taxminan ikki arobarga ortadi.

AYa.Kolodnayaning tadkikotlari ko’rsatishicha, fazoda muljal olishning rivojlanishi bolani uz tana a’zolarining fazoviy munosa­batlarini differensirovka kilishda unung, chap kulini, juft tana kismlarini ajratib nomlashdan boshlanadi. Idrok jarayoniga suzning kushilishi, mustakil nutkni uzlashtirishi sezilarli darajada fazo­viy munosabatlar, yunalishlar xakidagi bilimlarining mustaxkamlanishiga yordam beradi (D. A.Lyublinskaya , A.Ya.Kolodnaya,E.F.Rыbalkovab.).

Ba’zi chet el psixologlari 5 yoshdan 7 yoshgacha bulgan bolalar shakl­ini farklashga juda ojizlar va ular predmetni idrok kilishda odatda rangiga tayanadilar. A.A.Lyublinskayava N.X.Shvachkinva bolalarning olib borgan tadkikotlari xattoki kichik bog’cha yosh davridagi bolalar xam tanish predmetlarni idrok qilishda, shaklga – predmetning mazmun va moxiyatidan ajralmas bulgan biror bir belgisiga asoslanadilar, degan xulosa chiqarish imkoniyatini berdi. Biroq shaklni ajratib, mavxumlashtirishni bunchalik tez bajara olmaydi.

Kichik bogcha yosh davridagi bola geometrik shaklni idrok kila tu­rib odatda uni biror bir predmet bilan uxshatadi (kvadratni kupincha "deraza", "kubik" va b. deb; aylanani - "koptok", "gildirak" kabi nom­laydi).

Urta va katta bogcha yoshidagilar duch kelgan shaklni farklash extiyojini sezadilar. Ular kupincha predmet nimaga uxshashi va ularda mavjud tushunchalar orasidagi boshka turli shakllardan nimasi bilan farklanishini aniklashga urinishadi.

Vaktni idrok kilish bolalar uchun ancha kiyinchilikni uygotadi va buni tushunish xam mumkin. Axir vaqt ko’rgazmali shaklga ega emas, utib ketuvchi, kaytarilmas, uni idrok kilish sub’ektiv xolatga boglik xamda shaxsiy xarakterga ega.

Sutka qismlaridan bolalar ertalab va kechkurinni osonrog tun va kunni esa biroz qiynalib idrok qilishadi. Dastlab bola vaqtning si­fat belgilariga asoslanib, ketma-ketlikda va sistematik tarzda kecha­digan xodisa, faoliyatlar xisobiga, kun tartibiga karab (ertalab - "bu nonushtagacha", kun - "kunning o’rtasi, ya’ni tushlik vaqti", kechqurun ­onam ishdan chiqib meni olib ketadigan payti") muljal oladilar.

Kun bo’yicha ilk yosh va kichik bogcha yosh davrida vaqtni muljallashdagi xa­toliklar bilan boglik chalkashliklar sodir buladi.

Xafta kunlarini tartibsiz tarzda uzlashtiradilar. Bogchaga boruv­chi katta yoshdagilar «Xafta kunlaridan kaysi birlarini bilasan?" de­gan savolga kupincha shanba, yakshanba va dushanbani – emotsional boy, ular uchun aloxida axamiyatga ega bulgan kunlarni atashadilar (shanba va yakshanbani – oila a’zolari bilan birga ) utkazadilar; dushanba – yana dustlari, tarbiyachi, tabiat burchagidagi xayvonlar bilan uchrashuvni kutayotgan bogchaga beradilar).

Xozirgi zamon xaqidagi tushunchalar erta shakllanishni boshlaydi, utgan zamon xakidagi tushunchalari esa xali aniq emas (ayniksa kichik bogcha yoshdagilarda).

Biroz kechroq bolalar maqsadli xayot uchun katta axamiyatga ega bulgan kelgusi zamonni uzlashtirishni boshlaydilar. Ertangi kunga nazar tashlash, rejalarni tuzish "ertangi kun"ni, kelajakni anglamay turib bulishi mumkin emas.

Kelgusi zamon xaqidagi elementar tushunchalarning shakllanishi xayotining uchinchi yiliga, ya’ni "qilaman", keyinchalik esa yanada anikroq bulgan "keyin", "ertaga", "sal turib" kabi suzlarning paydo bulish davriga tugri keladi.

Psixologlar boladagi vaqt va fazoni idrok kilishdagi umumiy­likni e’tirof qiladilar. Maxsus tadqiqotlar tushunchalardagi umu­miylik bolaning dunyoni yagona vaqtli fazoviy kompleksda aks etqiza olish qobiliyatiga ega ekanligidandir, degan fikrga asos bula oladi.

Rus psixologlari badiiy idrokning rivojlanishi shaxs rivojla­nishining natijasi sifatida kupishadi. U insonga tug’ma ravishda be­rilmaydi. Bola san’at asarini aynan shu tarzda darxol idrok qila ol­maydi; rivojlanishning dastlabki pogonalarida bola uchun unga nisba­tan xarakatli, utilitar munosabat xos (rasmdagi tasvirni bolalar ushlab, paypaslab ko’radilar, uni ushlab ko’radilar va x) Biroq badiiy idrokning ilk kurtaklari bogcha yosh davrida namoyon bula boshlaydi.

Ta’lim va tarbiya ushbu insonga xos bulgan qobiliyatlarning rivojlanishida xal qiluvchi rolni uynaydi.

Fransuz psixologi A.Bine va nemis psixologi V.Shtern bolalar tomonidan rasmlarni idrok kilishning guyoki bir-birini tuldiruvchi va mazkur tartibdagina sodir buluvchi bosqichlarini ishlab chiqadilar. A.Bine idrokning kuyidagi bosqichlarini ajratadi:

1) predmetlarni tarqoq tarzda xisoblash (3 yoshdan 7 yoshgacha); 2) rasmdagi predmetlar orasidagi aloqani ilg’agan tarzda taxlil qilish bosqichi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha); 3) rasmni butunlay tarzda taxliliy idrok qilish bosqichi (usmirlik davridan). Shunga uxshash bosqichlarni V.Shtern xam ko’rgan.

S.Virotskiy eksperimental yul bilan V.Shtern tomonidan ilgari surilgan idrok bosqichlari rasmlarni idrok kilishni emas, balki id­rok xamda nutk rivojlanishining ma’lum bir bosqichidagi o’zaro mu­nosabatini izoxlaydi, degan taxlilini bildiradi. Badiiy idrokda ­tasvirning mazmunini tushunishda asarning kompozitsiyasi, rasmning mazmuniy va strukturaviy moxiyatining muvofiq kelish darajasi katta axamiyatga ega.

Estetik idroki bolaning turli xil badiiy xamda kundalik fao­liyati davomida rivojlanadi. Kattalar tomonidan tugri tarzda raxbarlik qilishi bogcha yosh davridayoq estetik idrokning ancha yukori darajaga kutarilishiga olib keladi.

Insonni inson tomonidan idrok kilish kabi murakkab bulgan psi­xik jarayon idrok kiluvchining uzining rivojlanishi bilan barobar tarzda uning muloqotdagi extiyojining uzgarishida, bilishda xamda mexnatda shakllanadi. Xayotining birinchi oyi oxiri , ikkinchi oyining boshida bola kattalarni o’rab turgan muxitdan ajraladi, dastlab jilmayish bilan, keyinchalik unga nisbatan jonlaning kompleksi bilan. Ushbu ijtimoiy-perseptiv jarayon gudaklik va ilk bolalik davrida faol tarzda rivojlanadi.

Bogcha yosh davrida insonni idrok kilishi faol tarzda shakllanish­da davom etadi. Buni esa yangi faoliyat turlarini (ayniqsa jamoa) bola tomonidan uzlashtirilishi, mulokat doirasining kengayishi va nosi­tuativ shaxsiy mulokatning paydo bulishi takazo etadi. Bola tomoni­dan insonni aks ettirishning faol shakli bu uyindir. Unda bola uz yakinlarining obrazlarini yaratadi. Ayniksa, bolaning tasviriy ijodi insonni idrok kilishning yakkol namunasidir. Bolaning qanday kishilarni tasvirlab berishiga, ularning obrazlarini qay tarzda ochib chiqishiga qarab ma’lum bir ma’noda bolaning ularga nisbatan munosabatiga baxo berishimiz, insondagi nimadan oson ta’sirlanadi, nimaga kuproq diqqatini karatadi kabi savollarga javob topishimiz mumkin.

Yorkin ijobiy baxoni bolalar o’rab turgan kishilardan fakatgina ishonchl munosabatda bulganlariga, bogliklikning xis kilgan yaqinlarigagina beradilar.


Yüklə 490,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin