XXX. Uglevodlar. Monosaxaridlar va ularning xossalari
1.Uglevodlarga mansub bo’lgan moddani ko’rsating.
A) kraxmal, glyukoza, selluloza B) spirt, metan, propan C) kraxmal, yog’lar, sovun
D) saxaroza, kraxmal, murakkab efir
2. Uglevod nechta sinfga ajratiladi?
A) 2 B)3 C) 4 D) 5
3. Monosaxaridlarga mansub birikmalarni ko’rsating.
A) kraxmal, selluloza B) glyukoza, fruktoza C) kraxmal, glyukoza D) maltoza, saxaroza
4. Eng oddiy uglevodni kalsiy gidroksid ishtirokida formalinda sintez qilgan olim kim?
A) Vyurs B) Zelinskiy C) Butlerov D) Markovnikov
5. Glyukozaning spirtli bijg’ish reaksiyasini ko’rsating.
A) C6H12O6 +6O2 = 6CO2 + 6H2O + Q B) C6H12O6 = 2C2H5OH + 2CO2
C) 6CO2 + 6H2O = C6H12O6 + 6O2 D) C12H22O11 + H2O = C6H12O6 + C6H12O6
XXXI. Disaxaridlar. Polisaxaridlar va xossalari
1.Saxarozaning formulasini ko’rsating.
A) C12H22O11 B) C6H12O6 C) C5H11O5 D) C6H10O6
2. Maltoza gidrolizlanganda qanday modda hosil bo’ladi?
A) 2 molekula saxaroza B) 2 molekula etil spirti C) 2 molekula glyukoza
D) 2 molekula etilatsetat
3. Kraxmal uglevodlarning qaysi sinfiga mansub?
A) monosaxarid B) disaxarid C) polisaxarid
4. Laboratoriyada glyukoza hamda saxaroza eritmalarini bir-biridan farqlash uchun qanday reagentdan foydalansa bo’ladi?
A) Cu(OH)2 B) H2O, H2SO4 C) Ag2O D) CuOH
5. Tarkibida selluloza bo’lgan moddalarni ko’rsating.
A) paxta tolasi, yog’och, o’simlik poyasi B) olma mevasi, shakarqamish, qand lavlagi
C) uzum, lavlagi, o’rik D) sut, qatiq, pishloq
Dostları ilə paylaş: |