IV. Organik birikmalarning sinflanishi. Organik birikmalarga xos reaksiya turlari
1.Uglevodorodlar keltirilgan qatorni toping. 1) alkan 2) spirt 3) alkadiyen 4) alkin 5) yog’ 6) sikloalkan
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4,6 C) 1,3,4,6 D) 2,3,4,5
2. To’yinmagan uglevodorodlar berilgan qatorni toping. 1) alkan 2) spirt 3) alkadiyen 4) alkin 5) aldegid 6) amin
A) 1,6,8 B) 2,3,5 C) 1,3,4 D) 3,4,7
3. To’yingan uglevodorodlar berilgan qatorni toping.
A) alkan va alken B) alken va alkadiyen C) alkan va sikloalkan D) alkan va amin
4. Tarkibida karboksil guruh bo’lgan moddalar ... deyiladi.
A) karbon kislota B) aldegid C) keton D) spirt
5. Metilamin tarkibidagi uglerod atomining oksidlanish darajasini toping.
A) 0 B)-2 C) +3 D)-3
V. Alkanlarning umumiy formulasi va gomologik qatori. Ratsional nomenklatura
1. Alkanlarning umumiy formulasini toping.
A) CnH2n+2 B) CnH2n+1 C) CnH2n D) CnH2n-2
2. Faqat alkanlar formulasi keltirilgan qatorni ko’rsating.
A) C2H4, C7H12, C6H14 B) C3H8, C4H6, C2H2 C) C4H10, C2H6, C5H12 D) C2H2, C5H12, C4H6
3. Geptandagi δ bog’lar sonini aniqlang.
A) 22 B) 25 C) 20 D) 23
4. Propanning tarkibidagi uglerodning massa ulushini toping.
A) 85 % B) 81 % C) 70 % D) 8 %
5. CH3-CH(CH3)- CH(CH3)- CH3 ushbu modda nomi ko’rsatilgan qatorni ko’rsating.
A) 2,5 dietil butan B) 2,3 dimetil geksan C) 2,3 dimetil butan D) 2,3 dietil pentan
VI. Alkanlarning xalqaro nomenklatura bo’yicha nomlanishi. Izomeriyasi.
1.Nazariy va amaliy kimyo xalqaro ittifoqi komissiyasi ishlab chiqilgan yangi nomenklatura nechanchi yili e’lon qilingan?
A) 1980-yil B) 1960-yil C) 1970-yil D) 1990-yil
2. 2-metilbutandagi birlamchi uglerod atomlari sonini toping.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
3. 2,2-dimetilpentanning struktur formulasi to’g’ri yozilgan qatorni ko’rsating.
A) CH3-CH(CH3)-CH2-CH3 B) CH3-CH(CH3)2-CH3 C) CH3-C(CH3)2-CH2-CH2-CH3
D) CH3-CH(CH3)-CH(CH3)-CH2-CH3
4. 4 mol propandagi uglerod va vodorod atomlari ayirmasini toping.
A) 6,02*1023 B) 12,04*1023 C) 12,04*1024 D) 6,02*1024
5. 2,2-dimetilpropanning birinchi va ikkinchi uglerod atomlarining oksidlanish darajasini toping.
A) -3,0 B) -4,-4 C) +3,+2 D) -2,-2
Dostları ilə paylaş: |